Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili


ming 300 dan ortiq murojaatning 1 ming 596 tasi to‘liq qanoatlantirilgan


Download 64.56 Kb.
bet7/7
Sana26.04.2020
Hajmi64.56 Kb.
#101611
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi 1 kurs

14.11.2017. 2 ming 300 dan ortiq murojaatning 1 ming 596 tasi to‘liq qanoatlantirilgan


Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlardan aholi mamnun. Xorazm viloyatida joriy yil kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy muassasalarning barqaror ishlashini ta’minlash hamda mavsum davomida iste’molchilarga ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilaridan iborat Respublika ishchi guruhi tomonidan Xorazm viloyatida jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlari bo‘yicha sayyor qabullar o‘tkazilib, davlatimiz rahbarining 2017 yil 22 iyundagi "Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2017/2018 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorining joylardagi ijrosi o‘rganildi.
Viloyatning barcha shahar va qishloqlari, ayniqsa, olis aholi punktlarida kuz-qish mavsumiga qay darajada tayyorgarlik ko‘rilgani, ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasi, ko‘mir, oziq-ovqat zaxirasi bilan nechog‘li ta’minlanganiga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga shu kunga qadar hudud aholisidan mazkur yo‘nalishda 2 ming 300 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Ularning 1 ming 596 tasi to‘liq qanoatlantirilgan. Viloyatda tabiiy gazdan oqilona foydalanish, joylarda iste’molchilar tomonidan nostandart gaz uskunalari ishlatilishining oldini olish va gaz bosimi tushib ketish holatlarini bartaraf qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, tabiiy gazga ulanmagan 120 mingga yaqin xonadonga qish mavsumida 17,3 ming tonna suyultirilgan gaz, 145 ming gaz balloni ajratilgan. Suyultirilgan gazni iste’molchilarga yetkazib berish uchun 50 dan ortiq maxsus mashinalar xizmat qilmoqda.


6.Adliya idolari tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar

Joriy yilning 9 oyi mobaynida adliya idoralariga bu yo‘nalishda 3,2 mingga yaqin jismoniy va yuridik shaxs murojaat qildi. Ularning aksariyati qanoatlantirilib, mingga yaqin shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi. Fuqarolar manfaatlarini ko‘zlab sudlarga 440 da’vo arizasi hamda aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 180 ma’muriy va 11 jinoiy javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar kiritildi.


O‘tkazilgan monitoring va nazorat tadbirlari davomida tegishli idoralarga kiritilgan taqdimnoma va ogohnomalar natijasida 46 noqonuniy hujjat ijrosi to‘xtatildi va bekor qilindi. 527 mansabdor shaxs tegishli intizomiy jazoga tortildi. Shulardan 84 nafari egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Bunda asosiy e’tibor fuqaroning buzilgan huquqlarini tiklashgina emas, balki ularning huquqlari buzilishining oldini olishga qaratilmoqda. Xalq bilan o‘tkazilayotgan ochiq muloqotlar hamda jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilish natijalariga ko‘ra, amaldagi qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Fuqarolarning hayotiy muammolarini, ya’ni yaqin qarindoshlari yoki o‘zining sudlanganligi munosabati bilan ishga qabul qilishni rad etish holatlarining oldini olish maqsadida Mehnat kodeksining 78-moddasiga shaxsni ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etishni taqiqlovchi norma belgilash bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi. Bu esa, vatanparvar, tashabbuskor, bilimli, intiluvchan fuqarolarning mehnat qilish va erkin kasb tanlash kabi konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq ta’minlashga xizmat qiladi.

Fuqarolarimiz FHDYo idoralariga borganida navbat kutib qolmasligi, ularga tez va sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytda tizimda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda tug‘ilganlik, nikoh haqida, nikohdan ajralganlik va boshqa dalolatnoma yozuvlarini elektron shaklda to‘ldirish joriy etildi. Bu esa fuqarolarning tez javob olishini ta’minlash bilan birga huquqiy yordam ko‘rsatishga ketadigan vaqt sarfini qisqartirdi. Masalan, fuqarolik holati dalolatnoma yozuvini qayd etish uchun ketadigan vaqt o‘rtacha 7 daqiqagacha qisqardi hamda dalolatnoma yozuvini to‘ldirishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarning oldi olinishiga erishildi. “FHDYO yagona elektron arxivi” dasturiy ta’minotiga qayd etilgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari kiritilib, yagona baza shakllantirilmoqda. Mazkur dastur kelgusida tegishli manfaatdor tashkilotlar bilan integratsiya qilinadi. Jumladan, Sog‘liqni saqlash va Ichki ishlar vazirliklari elektron bazalari bilan ma’lumotlarni elektron shaklda almashish fuqarolar va FHDYO organlari tomonidan sarflangan vaqtning tejalishi hamda hujjatlarni rasmiylashtirishda turli xil tafovutlarga yo‘l qo‘yilishining oldi olinadi. Hozirgi kunda dalolatnoma yozuvlarini qayd etish bilan bog‘liq davlat boji, gerb yig‘imi va pullik xizmatlar to‘lovlarini billing sistemasi orqali amalga oshirish, fuqarolar tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabineti orqali FHDYO organlariga murojaat qilishi, FHDYO organi mudiri qabuliga onlayn yozilishi mexanizmi yaratilmoqda. Keyingi uch yilda mamlakatimiz bo‘yicha 36 yangi FHDYO organi binosi qurildi, 23 bino kapital ta’mirlandi. Ushbu binolarning qurilishi milliy va zamonaviy me’morchilik an’analarini o‘zida uyg‘unlashtirgani bilan davr talablariga to‘liq javob beradi. Hozir mamlakatimizda 541 davlat notarial idorasida 749 nafar notarius faoliyat ko‘rsatmoqda. Notariuslarga bo‘lgan murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, 2013-2014-yillarda 4,5 million, 2015-2016 yillarda 5 million, 2017 yilning 6 oyi davomida 3 milliondan ziyod notarial harakatlar amalga oshirilgan. Bugungi kunda Adliya vazirligi tomonidan notariat idoralarining kelajagi, ularning 5 yil, 10-15 yildan keyingi istiqbollarini tahlil qilgan holda, boshqa rivojlangan davlatlarning tajribasi, ularning yutuqlari va kamchiliklari o‘rganilib, bu sohada xalqimizni qiynayotgan muammolar va yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzilishlarning oldini oluvchi, notariat idoralarining muammoni sudgacha hal etuvchi institut sifatidagi mavqeini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shunga ko‘ra, notariuslarning o‘z kasb majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga sharoit yaratish, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligining oldini olish maqsadida Davlat notarial idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini navbatma-navbat qayd etish tartibi joriy etildi. Unga asosan, jismoniy va yuridik shaxslar notarial idoralarga bevosita kelib, telefon yoki internet orqali o‘zlari uchun qulay va aniq vaqtda notarius qabuliga yozilishi mumkin. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi qaroriga asosan, notariat idoralari tomonidan ko‘chmas mulkning oldi-sotdi, ayirboshlash va hadya qilish bitimlarini notarial tasdiqlashda idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda ma’lumotlar olishning yangi tartibi “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilib, 2017-yil 1-iyuldan boshlab Toshkent shahrida ishga tushirildi. Bu tartib O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida 2018-yil 1-iyuldan boshlab amalga oshiriladi. Natijada soliqlar, kommunal xizmatlar va elektr energiya bo‘yicha qarzdorlik yo‘qligi, bino va inshootlarning tegishliligi haqidagi ma’lumotlarni fuqarolar tomonidan qog‘oz ko‘rinishida yig‘ish amaliyotiga chek qo‘yildi. Buning o‘rniga esa ushbu ma’lumotlarni notariuslar idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali aniq vaqt rejimida mustaqil olish imkoniyati yaratildi. Notariat sohasidagi islohotlar notarial harakatlarni amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy huquqlarini yanada mustahkamlashga, notariuslarning esa ularga murojaat etgan shaxslar oldidagi majburiyatlarini vijdonan va halol bajarishiga xizmat qilmoqda.

Qonuniylikni ta’minlash va mustahkamlashda yuridik xizmatning rolini oshirish, qonun hujjatlarining aholiga o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlash ham dolzarb masalaga aylandi – Prezidentimiz tomonidan adliya tizimini takomillashtirishga katta e’tibor qaratilyapti. Birgina shu yilning o‘zida adliya organlarini takomillashtirishga qaratilgan 7 ta qaror va farmon qabul qilindi. Jumladan, davlatimiz rahbarining qarori bilan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni yanada mustahkamlash maqsadida yuridik xizmatlarning roli va javobgarligi kuchaytirildi. Davlat organlari va tashkilotlarida, jumladan, ularning hududiy tuzilmalarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan minimal me’yor va mezonlarga asosan majburiy tartibda yuridik xizmatlar tashkil etildi. Har bir davlat organi va tashkilotining yuristlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalari majburiy tartibda adliya organlari bilan kelishilishi belgilandi. Unga muvofiq, adliya organlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining 528 nafar yuristini lavozimga tayinlash va 189 nafarini lavozimdan ozod etish masalasi o‘rganib chiqildi. Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatiga birinchi bor tayinlangan 119 nafar yuristi adliya organlarida stajirovka o‘tadi. Amaliyotda birinchi marta davlat organlari va tashkilotlarining yuristlariga adliya organlari xodimlariga belgilangan martaba darajalari berilishi belgilab qo‘yildi. Unga asosan yuridik xizmat xodimlarining 396 nafariga martaba darajalari berildi. Bu orqali ijtimoiy himoya mustahkamlandi. Mamlakatimizda huquqiy axborotni tarqatish sohasi bo‘yicha ham sezilarli qadamlar qo‘yilganini aytib o‘tish joiz, deb bilaman. Shu maqsadda, “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun hamda Prezidentimiz qaroriga asosan Adliya vazirligi huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi. Shu bilan birga, vazirlik, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni, ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ijrochilarga o‘z vaqtida yetkazishni ta’minlash vazifasi yuklatildi. Bu esa, o‘z navbatida, qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng aholiga tushuntirishga hamda tegishli qonun hujjatlari matnidan hech qanday to‘siqlarsiz foydalanishga imkon yaratadi. Qaror bilan Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengashining hududiy komissiyalarini tashkil etish belgilangani diqqatga sazovor. Adliya vazirligi hamda davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida qonun hujjatlarini tezkor tarqatish maqsadida himoyalangan aloqa kanallari (VPN) orqali idoralararo elektron hamkorlik tizimi tashkil etildi. Birinchi bosqichda joriy yilning 1-yanvaridan 3 noyabriga qadar qabul qilingan 1 ming 883 normativ-huquqiy hujjat “E-xat” elektron pochta tizimi orqali davlat organlari va tashkilotlarining tizimiga kiruvchi 12,5 ming quyi idoraga tarqatilib, 561 ming xodim e’tiboriga yetkazildi. Qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 700 mingdan ortiq targ‘ibot tadbiri o‘tkazilib, unda 17 millionga yaqin aholi ishtirok etdi. Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va internetning shiddat bilan rivojlanib borayotgani barchamizga ma’lum. Bu borada ham huquqiy axborotni internet tarmog‘i orqali yetkazib berish amaliyoti keng yo‘lga qo‘yildi. Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlarining milliy bazasi – “Lex.uz”ning normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiy manbalari qatoriga kiritilgani aholiga huquqiy axborot yetkazib berish borasidagi ishlarni yanada jonlantirdi. Hozir o‘zbek va rus tillaridagi 43 mingdan ortiq hujjat jamlangan ushbu bazadan bir kunda 15 mingdan ortiq jismoniy va yuridik shaxs bepul foydalanmoqda. Aholini tezkor tarzda huquqiy axborot bilan ta’minlash, samarali va konstruktiv muloqotni tashkil qilish, bunda nafaqat adliya organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, balki fuqarolar qonunchilikdagi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga onlayn tarzda javob olishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida Facebook ijtimoiy tarmog‘ida “Adliya bilan muloqot” guruhi va “Telegram” messenjerida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tarmoq xizmatlariga hozirda 20 mingdan ortiq fuqaro a’zo bo‘lgan. Hozirgi kunda vazirlik veb-sayti va www.lex.uz saytida “onlayn-maslahatchi” xizmati faoliyatini kengaytirish, shuningdek, veb-saytda huquqiy axborot “step by step” shaklida joylashtirilgan maxsus rukn yaratish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Huquqiy videoroliklar tayyorlash bo‘yicha maxsus guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilib, tayyorlangan videoroliklarni telekanallar bilan bir qatorda kinoteatrlar, kinozallar va tashqi reklama obyektlarida qo‘yib borish, ijtimoiy masalalar bo‘yicha tayyorlangan huquqiy axborotni flayerlar va bukletlar shaklida tarqatish rejalashtirilmoqda. Joriy yil mamlakatimizda 30 ga yaqin qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 400 ga yaqin hujjati hamda 500 ga yaqin hukumat qarorlari qabul qilindi. Milliy qonunchilikni takomillashtirishga Adliya vazirligi tomonidan ham sezilarli hissa qo‘shildi. Xususan, vazirlik tomonidan 100 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqildi.

6. Sh.M.Mirziyoyevning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturi mohiyati” nomli Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi

2017-yilni biz Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qildik. Bugungi majlisimizning asosiy mazmunini aynan shu talabdan kelib chiqqan holda belgilashni taklif etaman. Majlis ishtirokchilarini ogohlantirib aytmoqchiman: «g‘alaba raportlari» va qilingan ishga doir hisobotlarga berilmasdan, asosiy diqqat-e’tiborni mavjud kamchiliklar va ularning ildizlarini puxta tahlil qilishga qaratish zarur. Shuningdek, mamlakat Prezidenti va hukumati darajasida yechiladigan aniq takliflar va muammoli masalalarga e’tibor berish shart. Majlisni asosan muloqot tarzida o‘tkazishni taklif etaman. Qo‘yilgan savollarga beriladigan javoblar aniq-ravshan va tushunarli bo‘lishi kerak. Bu nafaqat Bosh vazir o‘rinbosarlari, hukumat a’zolari va shu zalda o‘tirgan majlis ishtirokchilariga, balki barcha shahar va tuman rahbarlariga ham birdek tegishlidir. Bu islohotlarning asosiy maqsadi – aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashdir.

Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni – bu Bosh vazir yoki uning o‘rinbosarlari bo‘ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar hokimi bo‘ladimi, ular faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi kerak.

Eng asosiy ustuvor vazifa – «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini amalga oshirish, «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan olijanob g‘oyani izchillik bilan hayotga tatbiq etishdan iborat. Aynan ana shu eng muhim vazifalar iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va ustuvor vazifalariga jiddiy o‘zgartirishlar kiritish uchun poydevor bo‘lishi kerak.

Buning uchun quyidagi vazifalarni bajarishimiz lozim.

Birinchi – fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi samarali usul va mexanizmlarini tatbiq qilish, jumladan, barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimini joriy etish kerak. O‘ylaymanki, ana shu muhim ishda Qonunchilik palatasi va Senat qo‘mitalari faol ishtirok etadi.

Joriy yilning 1-fevralidan boshlab Qonunchilik palatasi Spikeri – Nuriddinjon Mo‘ydinxonovich Ismoilov va Senat Raisi – Nig‘matilla To‘lqinovich Yo‘ldoshev ham joylarga chiqib, mavjud ahvolni shaxsan o‘rganish asosida aholining eng muhim ehtiyojlarini hal etishda amaliy yordam ko‘rsatishlari maqsadga muvofiqdir.

Ikkinchi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, har bir tuman va shahardagi Xalq qabulxonalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash darkor.



Ana shu ishlarning bosh maqsadi – fuqarolarning qonuniy murojaatlarini qisqa muddatda sinchiklab ko‘rib chiqishni va hal etishni ta’minlashdir. Bu borada raqamlar va silliq hisobotlarning orqasidan quvib, navbatdagi kampaniyabozlikni uyushtirish kerak emas.Buni xalq hech qachon kechirmaydi!

Bundan buyon agar arizachi olgan javob xatidagi o‘z qonuniy muammosi yechimidan qanoat hosil qilmasa, bunday murojaat nazoratdan olinmaydi.



Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir.

Makroiqtisodiyot kompleksi rahbari R.Azimov, iqtisodiyot vaziri G.Saidova va moliya vaziri B.Xo‘jayevning joriy yil yakuni bo‘yicha Davlat byudjeti defitsiti prognoziga doir takliflariga qo‘shilib bo‘lmaslikni alohida ta’kidlamoqchiman.

Bu borada faqat byudjet profitsiti haqida so‘z borishi mumkin va zarur. Bu muhokama qilishni emas, balki so‘zsiz bajarishni talab etadigan strategik vazifadir.

Buning uchun joylarga chiqish, har bir xonadonning tadbirkorlik borasidagi imkoniyatini o‘rganish, moliyalashtirishni kengaytirish bilan bog‘liq muammolarni hal etish, tadbirkorlarni ishontirish va ularga amaliy yordam berish – butun Makroiqtisodiyot kompleksi faoliyatidagi kundalik qoidaga aylanishi kerak.

Har bir tuman va shaharda, respublika ahamiyatiga molik yirik korxonalar hissasini e’tiborga olmagan holda, soliqqa tortish bazasini kengaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyatining barcha tumanlarini subvensiyadan chiqarishni so‘zsiz ta’minlash kerak.

Asosiy masala va kamchilik – ko‘pchilik rahbarlarning murakkab muammolarni kabinetdan chiqmasdan, iqtisodiyot tarmoqlari, har bir korxonadagi, shahar va tumanlardagi, ayniqsa, qishloq joylardagi ishlar qanday ahvolda ekanini chuqur o‘rganmasdan hal etishmasligining oldini olish bilan bog’liq.



2017-yilda oldimizda turgan vazifalar to‘g‘risida to‘xtalsak. Bizning vazifalarimiz: Birinchi – 15 kunlik muddatda komplekslar bo‘yicha emas, chunki bu o‘zini oqlamayapti, balki eksportga mahsulot chiqaradigan barcha korxonalar bo‘yicha harakat dasturini puxta ishlab chiqish va U.Rozuqulov rahbarligidagi maxsus komissiya majlisida tasdiqlash kerak.

Ikkinchi vazifa – 2016-yilda Toshkent shahri va xorijda o‘tkazilgan xalqaro sanoat yarmarkalarida jami 7,7 milliard dollarlik mahsulotni eksport qilish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni amalga oshirish zarur.

Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Ukraina va Belarus Respublikasida, shuningdek, boshqa davlatlarda mahsulot sotishning yangi bozorlarini izlash bo‘yicha boshlangan ishlarni yanada faol davom ettirish kerak. Lekin Bolgariya bilan bu borada yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha berilgan topshiriq, afsuski, natijasiz qoldi. Bu ishlarga bizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimiz ham o‘z hissasini qo‘shishi lozim. Buni Senat raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev va tashqi ishlar vaziri A.Komilov nazoratga olsin.

Uchinchi vazifa – «O‘ztadbirkoreksport» va «O‘zsanoateksport» aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek, Milliy bank huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi yo‘nalishi bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksporti bilan bog‘liq. Bu borada kamida 1 milliard 500 million dollarlik eksportni ta’minlash kerak.

To‘rtinchi vazifa – meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish. Bosh vazir o‘rinbosari Z.Mirzayevga 15 kun muddatda o‘tgan yili 650 million dollarlik meva-sabzavot eksport qilinmay qolgani sabablarini atroflicha tahlil qilib, aniq takliflar kiritish topshiriladi.

Shu munosabat bilan quyidagi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi:

birinchi – qishloq vrachlik punktlari, yuqori texnologiyalar asosidagi ixtisoslashgan markazlar va tez tibbiy yordam stansiyalari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ularga doir topshiriqlarni amalga oshirish yuzasidan takliflarni va tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlashni tezlashtirish zarur;

ikkinchi – vrachlar va tibbiyot xodimlari malakasini ham mamlakatimizda, ham yetakchi xorijiy klinikalarda oshirish bo‘yicha ta’sirchan tizim yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish darkor. Zarur bo‘lsa, ularni moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar kiritish kerak;

uchinchi – 340 nomdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlari chegaralangan narx bo‘yicha sotilishini nazorat qiluvchi organlar bilan birga qat’iy tartibga solish zarur. Har bir fuqaro qabul qilayotgan qarorlarimiz real foyda berayotganini sezishi kerak.

Shu bilan birga, o‘tgan yili sentabr oyida tasdiqlangan 2016-2020-yillarda farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha dastur samarali bajarilishini ta’minlash darkor;

to‘rtinchi – qariyalar va nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tasdiqlangan dasturni amalga oshirish alohida nazoratga olinishi kerak. Har bir imtiyoz va ijtimoiy himoya chorasi o‘z egasiga yetib borishi darkor;

beshinchi – Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari O.Ramatov bilan birgalikda ekologiya sohasidagi ishlar ahvolini yaxshilash, eng avvalo, joylarda chiqindilar bilan ishlash sohasida davlat nazoratini kuchaytirish bo‘yicha takliflarni yaqin vaqt ichida taqdim etish zarur;

oltinchi – siz va shaxsan madaniyat va sport ishlari vaziri B.Ahmedovning e’tiborini jismoniy tarbiya va sport sohasida yaratilgan qudratli bazadan samarali foydalanish zarurligiga qarataman.

Hayotning o‘zi va o‘tgan yillar tajribasi hududlarni kompleks rivojlantirishni va infratuzilma faoliyatini tubdan o‘zgartirishni ta’minlashdagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilmoqda. Shu sababli Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari rahbarlik qiladigan yangi kompleks va departament tashkil etildi. Ularning bosh vazifasi quyidagi ikki yo‘nalish bo‘yicha barqaror ishlaydigan tizimni tashkil etishdir:

birinchi – tumanlar, shaharlar, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi kechiktirib bo‘lmaydigan va istiqbolli vazifalarni amalga oshirish yuzasidan hokimlik va tarmoqlarni boshqarish organlarining kuch va harakatini aniq muvofiqlashtirish. Maqsad – iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi, eng muhimi, odamlarning hayot darajasidagi jiddiy tafovutni bartaraf etishdir;

ikkinchi – yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha dasturlarning prognoz parametrlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qilish hamda ularga erishish.

Yakuniy maqsad – iqtisodiyot tarmoqlari uchun ishonchli infratuzilmani shakllantirish, shahar va qishloq aholisiga qulay shart-sharoit yaratib berishdir.
Xulosa

Ishchi guruh faoliyati doirasida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, bandlik, ichki yo‘llarni tartibga keltirish masalalari o‘rganilayotgani, tibbiyot sohasini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar belgilangani odamlarning dunyoqarashini, hayotga munosabatini o‘zgartirmoqda. Aholi bunday muloqotlardan minnatdor bo‘lmoqda. Bularning barchasi “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida” aholi turmush farovonligini yuksaltirish, oilalar mustahkamligi va jamiyatimiz barqarorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasidir.

Bir so‘z bilan aytganda, xalq bilan ochiq muloqot qilish davlat organlarining fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlari tubdan takomillashishiga, fuqarolarning davlat va jamiyatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga hamda inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlashga xizmat qilmoqda. Zero, inson manfaati hamma narsadan ustundir.

Bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning aholi turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganish, milliy manfaatlarimizga va hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish bo‘yicha ham tizimli ishlar bajarildi. Tadbirda rivojlanishning mutlaqo o‘ziga xos yondashuv va tamoyillari asosida ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining maqsadi, mazmun-mohiyati haqida atroflicha tushuncha berilib, mazkur hujjat mamlakatimizni yanada modernizatsiya qilish va jamiyatimizni liberallashtirish, pirovardida xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

  1. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: O`zbekiston. 2014y.

  2. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish- eng oliy saodatdir. T.: O`zbekiston.2015y

  3. Karimov I.A. O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.: O`zbekiston 2012y

  4. Islom Karimov. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.-T.: “O`zbekiston” 2010y

  5. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida ma’ruzasida. Xalq so`zi gazetasi.2017yil 16 yanvar.

  6. 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Xarakatlar strategiyasini “ Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o`rganish bo`yicha ilmiy-uslubiy risola. T.: 2017y

  7. Mirziyoev Sh. Tanqidiy tahlil, katiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik koidasi bo‘lishi kerak // «Xalq so‘zi» gazetasi, 2017 yil 16 yanvar, №11 (6705).

  8. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: O`zbekiston. 2017y.

  9. Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: O`zbekiston. 2017y

  10. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O;zbekiston Respublikasi rivojlanishining beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi kelgusida amalga oshirish chora tadbirlari tp’g’risidagi” Farmoni.2017-yil 15-avgust.

  11. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash- yurt taraqqiyoti va xalq faravonligi garovi.

  12. Mirziyoyev Sh.M Millatlararo totuvlik va xamjihatlik – xalqimiz tinchligi

Va faravonligining hayotbaxsh manbai// Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz

T:”O’zbekiston “ NMIU,2017

13.Islom Karimov “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi” T,O’zbekiston 2010 48-49bet

14. Karimov I.A. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish- bosh yo’limiz” T, O’zbekiston 2000

15. Shodmonov Sh.Sh. G’afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik).T-Fan va texnologiya, 2010 756 bet

Internet saytlari:

1.daryo.uz 2. religions.uz 3.uzsm.uz 4.tuit.uz


5. uza.uz 6.kun.uz 7.sirdaryo.uz 8.navxtb.uz
9.
andstat.uz 10.samgasi.uz 11.1news.uz 12. japan.mfa.uz 13.www.strategy.uz 14.www.buxdu.uz/
15.www.buxstat.uz 16.constitution.uz
17.
lex.uz 18.www.api.uz 19.www.gazeta.uz
20.
gis.uz 21.www.urdu.uz 22.soliq.uz 23.uzbekistonovozi.uz

1“Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini mard va oliyjanob xalqimiz bilan qo`ramiz”. Sh. Mirziyoyevning O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag`ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo`shma majlisidagi nutqi. <> gazetasi, 2016 yil 15 dekabr.


Download 64.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling