Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili


Muloqot– islohotlar samaradorligining kafolati


Download 64.56 Kb.
bet4/7
Sana26.04.2020
Hajmi64.56 Kb.
#101611
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi 1 kurs

18.04.2017. Muloqot– islohotlar samaradorligining kafolati


Toshkent viloyati Piskent tumanida Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilining maqsad-vazifalariga, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazishning ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi, tuman hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, partiya va mahalla faollari, tadbirkorlar, o‘qituvchilar, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.


Joriy yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilinishi yurtimizda “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan ezgu g‘oyani yangi bosqichda davom ettirish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal qilishning yangi mexanizmlari, samarali usullari joriy etilishida muhim dasturilamal bo‘layotgani ta’kidlandi.

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida xalq bilan muloqot qilish va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha yangi tizimga asos solingani hayotimizda adolat tamoyillari yanada mustahkam qaror topishi, inson huquq va manfaatlarini ta’minlashda yuksak samaralar bermoqda4.

– Shundan kelib chiqib, joylarda partiya tashkilotlari tomonidan odamlarni o‘ylantirayotgan masalalarni tizimli o‘rganib borish, deputatlik birlashmalari orqali mahalliy Kengashlar doimiy komissiya va sessiyalarida muhokama etib, tegishli qarorlar qabul qilish, ularga yechim topish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi uchrashuvlar xalq vakillarining joylardagi muammolarni o‘rganishi, odamlar bilan yanada yaqindan muloqot qilishida muhim ahamiyatga ega. Ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

__________________________



4O’zbekiston kelajagi buyuk davlat “Xalq so’zi” gazetasi 2018-yil 14-fevral №30(6988) 1-bet

Odamlar ko‘ngliga yo‘l topib...

Milliy matbuot markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlarini himoya qilish – davr talabi” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.


Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari A.Mavrulov, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Sh.Rizayev, “Ma’naviyat” nashriyoti direktori S.Ahmedov va boshqalar davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalqimiz o‘y-xayollari, orzu-maqsadlariga ko‘makdosh bo‘lish, inson manfaatlariga ustuvor ahamiyat qaratish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturida jamiyat hayotining barcha jabhalarini isloh etish yuzasidan keng qamrovli vazifalar belgilangan.

Bu borada Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan bir qator tashkilotlar bilan birgalikda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning kitobga bo‘lgan mehrini kuchaytirish, bugungi kunda jamiyatimizda kechayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga keng tushuntirish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizning barcha hududlarida, ta’lim maskanlarida, mahallalarda, mehnat jamoalarida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ning falsafasi”, “Inson manfaatlari – oliy qadriyat” kabi mavzularda davra suhbatlari o‘tkazildi.

"Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturining mazmun-mohiyatini targ‘ib etishga oid “Xalq ishonchini oqlash har birimizning zimmamizga ulkan mas’uliyat yuklaydi”, “Davlat va xalq bir-biriga tayanuvchi kuchdir” kabi mavzularda ma’rifiy materiallar, maqolalar tayyorlanib, ommaviy axborot vositalarida chop etildi. Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markaziga targ‘ibot jarayonida foydalanish uchun “Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi – oliy ne’mat”, “Mahalla obodligi – ko‘ngil obodligi”, “Hushyorlik – osudalik mezoni” kabi mavzularda mediataqdimot materiallari taqdim etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni sharhi bo‘yicha mediamateriallar markazning mgm.uz saytiga joylashtirildi. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” falsafasi” nomli risola nashrga tayyorlandi. “Mustaqillik me’mori haqida” mavzuida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ma’ruzalar matni va mediamateriallar tayyorlanib, joylarga yetkazildi. “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, “O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Respublika Ta’lim markazining ma’rifiy-rejaviy loyihalariga tegishli tavsiyalar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolaridan bir guruhi Jizzax viloyati Paxtakor tumanida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yuksaltirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

O‘rganish yakunlari O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatlari va senatorlar, mahalliy hokimiyat boshqaruvi organlari, faollar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida muhokama qilindi. Prezidentimizning joriy yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni asosida tumanda 2017-2021-yillarda umumiy qiymati 196,7 milliard so‘m bo‘lgan 212 loyiha amalga oshirilishi va 1 ming 546 yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.


Tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 2017-yilning 1-mayiga qadar Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tuman filiali tomonidan 625 fuqaroga 3,5 milliard so‘m, “Agrobank” tuman filiali tomonidan 246 fuqaroga 1,07 milliard so‘m, Xalq bankining tuman filiali tomonidan 295 fuqaroga 1,75 milliard so‘m kredit mablag‘i ajratildi. Ushbu kreditlarning asosiy qismi chorvachilik, quyonchilik, bog‘dorchilik, asalarichilik, tikuvchilik tarmoqlarini rivojlantirish, tomorqada issiqxona qurish ishlari uchun yo‘naltirildi.
Deputatlar 10 kun davomida tumandagi 314 xonadonda bo‘lib, 1 ming 508 fuqaro bilan bevosita muloqot qildi. Aholi bilan bo‘lgan uchrashuvlar davomida turli soha bo‘yicha 162 masala ko‘tarilib, ularning 48 tasi joyida hal etildi. 78 masala ijrosi bo‘yicha mahalliy idora va tashkilotlarga tegishli ko‘rsatma berildi. 5 masalani respublika idoralari bilan muhokama qilish rejalashtirildi.
Parlament vakillari tomonidan o‘rganishlar davomida sog‘liqni saqlash sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratildi. Prezidentimizning 2017-yil 29-martdagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi 5 qishloq vrachlik punkti tugatilib, ularning negizida 2 qishloq vrachlik punkti va 1 oilaviy poliklinika tashkil etilgan. Sessiyada tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida qishloq vrachlik punktlari ishini tubdan qayta ko‘rib chiqish, ularni malakali tibbiy xodimlar va zarur dori-darmonlar bilan ta’minlashdagi kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi. Tumandagi tibbiyot muassasalari EKG apparati, nafas oldirish qopchasi, umurtqa pog‘onasini ushlab turuvchi shit va shu kabi 11 turdagi oddiy tibbiy jihozlar bilan ta’minlanmagani, avtotransport vositalari yetarli emasligi tanqid qilindi. Tuman markaziy shifoxonasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limi binosi, 1 qishloq oilaviy poliklinikasi va 2 qishloq vrachlik punkti mukammal ta’mirga muhtoj. Tuman tibbiyot muassasalarida 33 shifokor yetishmaydi. Shunday kamchiliklar umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatida ham mavjud. 13 maktabgacha ta’lim muassasasiga bog‘cha yoshidagi 6 ming 530 bolaning 1 ming 875 nafari qamrab olingan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida oliy ma’lumotli mutaxassis pedagog kadrlar yetishmaydi. Sohada ishlayotgan xodimlarning 11 foizi oliy, 89 foizi o‘rta maxsus ma’lumotga ega.
Umumta’lim maktablari kutubxonasi talab darajasida emas. 5 umumta’lim maktabida tibbiyot xonasi, 7 umumta’lim maktabida oshxona yoki bufet, 3 umumta’lim maktabida sport zali umuman yo‘q. Sessiyada aholi e’tiroziga sabab bo‘layotgan ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, obodonlashtirish, uy-joy va kommunal xizmati ko‘rsatish sohasidagi ahvol keskin tanqid qilindi. Bu sohalarda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, muammolar tahlil etilib, ularni keltirib chiqargan sabablar va bartaraf qilish yo‘llari haqida aniq takliflar bildirildi.

– Bunday uchrashuv va muloqotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad kamchiliklarni qayd etish emas, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirishga amaliy yordam ko‘rsatishdir, – dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A.Qodirov. – Muhokama davomida barcha masalalarni hal etish bo‘yicha aniq choralar, ularning ijrochilari, muddatlari belgilandi. Shu o‘rinda xalq deputatlari tuman Kengashi, doimiy komissiyalar, partiya deputatlik guruhlari faolligini, jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidlash kerak. Shunda aholini o‘ylantirayotgan muammolar o‘z yechimini topadi.



Download 64.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling