Xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarda axloqiy tarbiyani shakllantirish. Mundarija Kirish i-bob. Xalq pedagogikasi vositasida o’quvchilarda axloqiy tarbiyani shakllantirishning nazariy asoslari


Download 159.68 Kb.
bet15/18
Sana06.02.2023
Hajmi159.68 Kb.
#1169760
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Xalq pedagogikasi 1-2-bob

Jismoniy jazo O`zbek xalq pedagogikasi tarixida bolalarga jismoniy jazo berish tarbiya sifatida juda uzoq zamonlardan beri davom etib kelayotgan va ko`p shaklga ega bo`lgan metodlardan biridir. Tarixda bolalarga nisbatan qo`llaniladigan juda og’ir jismoniy jazo shakllari bo`lgan. Shuningdek, oilada ota-ona va umuman kattalar tomonidan, tarbiya nuqtai nazaridan qo`llaniladigan jismoniy jazo — shapaloq bilan (tarsaki) urish, quloq cho`zish, xivchin yoki qamchi bilan urish, mushtlash, tepish va boshqa og’ir jazo turlari bo`lganligi ma'lum. Biroq xalq og’zaki ijodida tarbiya yuzasidan faqat shapaloq (tarsaki) urish shakligina uchraydi. Shunda ham uning yomon oqibatlari ochib tashlanadi. Umuman xalq ijodida jismoniy jazo tarbiyaviy ta'sir ko`rsatuvchi vosita sifatida aslo uchramaydi.
Masalan, «Sirli gilamcha» ertagida, mamlakat podshosi bir yigitga bir-biriga bog’liq bo`lgan besh shart qo`yib, shu shartlarni bajarishni buyuradi. Ulardan biri - uzoq shaharlardan birida bir egarchi yashashi, har yili bittadan egar qilishi va egarga haridor kelishi bilan urib sindirishini; ikkinchidan, bir mamlakatdagi katta qabristonda uzoq yillardan beri bir mo`ysafidni yolg’iz va doimo yig’lab yashashligining sababini bilib kelishini shart qilib qo`yadi. Nihoyat, bola egarchini topib gaplashadi. U: «...turmushimiz yaxshi o`tar, urush-janjalimiz yo`q, rohat va farog’atda yashar edik. O`g’limiz ikki yoshga to`lganda xotinim yana bir o`g’il tug’di. Katta o`g’lim to`rt yoshga, ikkinchisi ikki yoshga kirdi». Shu orada arzimagan narsa ustidan janjal chiqib, egarchi ularni uradi. Qechqurun hovliga kelsa hech kim yo`q emish. Qidirmagan joyi qolmaydi. Biroq ularni topa olmaydi. «shundan buyon kunim o`tsin, shu bilan ovunay, ermak bo`lsin deb egar yasayman. Egarni sotib pulini olishim bilan, xotinim, o`g’illarim bilan kechirgan kunlarim ko`z oldimdan o`taboshlaydi, yaram yangi bo`ladi, yaramga tuz sepgandek bo`ladi-yu, rangim o`zgarib ketadi. Pulni egasiga qaytarib, egarni sindirib tashlagandan keyin hovurim bosilib, bir oz tinchlanaman», — deb egarchi o`z sarguzashtini tamom qilibdi. So`ng yigit qabristondagi cholning oldiga boradi. U: «Bir kun nomoz o`qiyotganimda nabiram kelib nomozimni buzdi. Bolam, sen bir oz tashqarida o`ynab yurgin, men nomozimni o`qib olay, keyin ikkalamiz bir joyga boramiz, deb aldab yubordim. O`zim nomozni o`qiy boshlagan edim, yana kelib nomozimni buzdi... Yana buzdi. Ming aqlli bo`lsa ham, bola bolaligiga boradi-da, bolaga qo`shilib o`zim ham bola bo`lib qolibman... Bir shapaloq urdim. ...mana shu go`rga ko`mganman. Endi pushaymon qilamanki, nima uchun men uni urdim, nomozimni yuz martaba buzsa ham, ming marta buzsa ham mayli edi, men nima qildim,— deb yig’layman, foydasi yo`q», deb sirini aytib beribdi. Ko`rinadiki, tarbiya nuqtai nazaridan qo`llangan jismoniy jazo yaxshi oqibatlarga olib kelmadi. Bolaga nisbatan qo`llangan jismoniy jazo tarbiyada hech qanday foyda keltirmasligi xalq og’zaki ijodi asarlarida ham o`zining badiiy ifodasini topgan. Bir tomondan, jazo jazolanayotgan bolaga g’oyat og’ir ruhiy va jismoniy azob bersa, jazolovchining ham ruhiy azob va vijdon qiynog’iga tushishiga sabab bo`ladi.

Download 159.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling