Xalq qushiqlari va ularni tarbiyaviy ahamiyati


Do`ppido`zlik qo`shiqlarida


Download 40.45 Kb.
bet7/8
Sana26.09.2023
Hajmi40.45 Kb.
#1688234
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xalq qushiqlari va ularni tarbiyaviy ahamiyati-fayllar.org (1)

Do`ppido`zlik qo`shiqlarida bosh kiyimni e`zozlash, Vatan va yorga sadoqat motivlari kuylanadi.
Do`ppi tikdim childirma,
CHo`pu-xasga ildirma.
Hrtingni chindan sevsang,
Dushmaningga bildirma;
To`ndo`zlik qo`shiqlarida lirik qahramonning o`z kasbiga muhabbati, yorga muhabbat tuyg`usiga singishib, o`zgacha joziba kasb etib keladi:
Banorasdan to`n tikay,
Oldiga po`pak tutay.
YOqasiga gul solay,
Arabiyning xatiday.
Sarboz qo`shiqlarida o`tmishdagi amirlik navkarlarining nojo`ya xatti-harakatlaridan norozilik kayfiyati etakchidir:
Karmana hrtidan chiqdim dalaga,
Bir to`da sarbozdan qoldim baloga.
Bir to`da sarbozga gel berib qochdim,
Buxor darvozasin nayzalab ochdim.
O`zbek xalq mehnat qo`shiqlari juda boy va janr e`tibori bilan rang-barang bo`lib, ular orasida qandolatchilik va pazandachilikni ifoda etuvchi namunalar ham bor. CHunonchi, taomlarimiz sultoni sanaluvchi palov ta`rifidagi mana bu qo`shiq hamon el og`zidan tushmay kelayotir:
Nimcha guruchdan osh bo`lur,
Qozonga solsam-chosh bo`lur.
Mehmonni ko`ngli xush bo`lur,
Vaqosiz ko`rsa- tush bo`lur.
SHuningdek, moshova, chuchvara, atala, sumalak, ugro, sho`rva, piyoba, chalpak va boshqa qator milliy taomlarimiz bilan bog`liq kechinmalarni ifodalagan qo`shiqlar hali – hanuz uchrab turadi. Lekin ular juda kam miqdorda bizgacha etib kelgan. Keyingi vaqtlarda mehnat jarayonining mexanizatsiya va avtomatizatsiyalashtirilishi natijasida mehnat turlarining tabiatida turli o`zgarishlar hz bermoqda yoki muayyan mehnat turi batamom yo`qolib bormoqda. Natijada o`tmishda ular bilan bog`liq tarzda yaratilgan ayrim mehnat qo`shiqlari ham unutilib, yo`qolib bormoqda.
Oilaviy munosabatlar, ishq-muhabbat mavzusi, oshiqning ma`shuqaga dil izhori yoki sevib sevilmagan oshiq yoki ma`shuqaning dil o`rtanishlari, muhabbatni baxtsizlik tomon olib boradigan feodal munosabatlaridan norozilik, turmushdan nolish, xotinlarning qiyin ahvoli, adolatsizlikdan shikoyat, vafodorlikni talab etish, visol onlariga intiqlik, hijron kulfatlari, yorni sog`inish, uning yo`liga intizorlik kayfiyatlari, bevafolikni qoralash, saodatli sevgi va turmushga intilish g`oyalari lirik qo`shiqlarda tarannum etiladi.
Lirik qo`shiqlar professional ijroga moslanmagan. Ularni istagan shaxs istalgan joyda ijro qilib ketaverishi mumkin. Lirik qo`shiqlarni, odatda, matnni yaxshi biluvchi, hofizasi kuchli, yoqimli ovozga ega bo`lgan kishilar xalq o`rtasida kuylashi odat tusiga kirgan. Bunday shaxslar xalq orasida qo`shiqchi, ashulachi, hofiz yoki g`azalxon deb hritiladi. Biroq bundan lirik qo`shiqlarning ijrosi professional ijrochilar bilan bog`liq degan qat`iy fikrga kelib bo`lmaydi.



Download 40.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling