Xalq qushiqlari va ularni tarbiyaviy ahamiyati


Download 40.45 Kb.
bet3/8
Sana26.09.2023
Hajmi40.45 Kb.
#1688234
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xalq qushiqlari va ularni tarbiyaviy ahamiyati-fayllar.org (1)

d) Sog’im qo’shig’i. Sigir, qo’y, echki, biya, tuyalarni sog’ishda erkalash ohangida aytiladigan qo’shiqlarni sog’im qo’shiqlari deyiladi. Sigir sog’ish bilan bog’liq qo’shiqlar – «ho’sh-ho’sh» yoki «ho’shim» deyiladi. Ular ham boshdan-oyoq govmish sigirga murojaat shaklida to’qilgan bo’lib, sutli sigir mehnat ahli ro’zg’orini to’kin qiladigan xazina deb ardoqlanadi, sog’ish paytida silab-siypab aytilgan qo’shiq govmishni iydiradi:
Saralab eding o’tingni, ho’sh-ho’sh,
Iyib bergin sutingni, ho’sh-ho’sh,
Olmazor buloq o’ting bor, ho’sh-ho’sh,
Oqar buloq suting bor, ho’sh-ho’sh.
e) Hunarmandchilik qo’shiqlari. O’zbek xalq qo’shiqlari orasida hunarmandchilik qo’shiqlari anchagina salmoqli o’rin egallaydi. Bunday qo’shiqlarda hunarmand yoki kosibning uzoq tarixiy sharoitlardagi moddiy va ma`naviy hayoti, ichki ruhiy kayfiyati ibtidoiy ish qurollari tufayli tug’ilgan mehnat mashaqqati bilan qo’shilib tasvirlanadi:
Bo’z to’qiymiz qirog’ini o’xshatib,
Moki otaman dastginamni qaqshatib,
Bozordagi shoyilardan yaxshi etib,
Nafisdan o’xshagan bo’zim yaxshidir.
2. Mavsum-marosim va urf-odat qo’shiqlari. Insonning yashash va hayot kechirish tarzi, yilning to’rt fasli, mehnat oylari, bayramlar, urf-odatlar, marosimlar, mavsumiy ish-harakatlar bilan bog’liq ravishda juda ko’p qo’shiqlar yaratilgan. Marosimlar, odatlar, turli-tuman bo’lganidek, bularga bag’ishlangan qo’shiqlar ham xilma-xildir: boychechakning ochilishi, yangi yil – navro’zning kelishi, bahor yomg’iri, laylak kelishi, ekinlarning pishishi, xirmon quvonchi, donlarni qushlardan saqlash singari voqealarga qo’shiq bag’ishlangan. Qo’shiqlar xalqning oila bayramlarini, marosimlarini bezab kelgan. Mavsum va marosim bayramlarida kishilar o’yin-kulgi qilgan, dam olishgan, yangi mehnat faoliyatiga ilhomlanganlar.
a) Alla. Bolalarni uxlatish vaqtida onalar tomonidan kuylangan qo’shiqlar alla deb ataladi. O’tmish alla qo’shiqlarida zahmatkash, mushtipar, ezilgan mazlum sharq onasi obrazi gavdalanadi. Uning betinim xatti-harakati, beminnat mehnati tufayligina murg’ak go’dak ulg’ayadi, voyaga etadi.
b) YO, ramazon. eski yil kalendaridagi ramazon oyida bolalarning (ilgarigi zamonda kattalarning ham) hovlima-hovli yurib aytadigan qo’shiqlari edi.
v) Sus xotin. Qurg’oqchilik munosabati bilan yomg’ir chaqirish marosimida aytiladigan «Sus xotin», «Talabi boron» («YOmg’ir talab») qo’shiqlari turli irimlar qadimdan qolgan animistik tushunchalar bilan bog’langan.

Download 40.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling