Xalq qushiqlari va ularni tarbiyaviy ahamiyati


Download 40.45 Kb.
bet6/8
Sana26.09.2023
Hajmi40.45 Kb.
#1688234
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xalq qushiqlari va ularni tarbiyaviy ahamiyati-fayllar.org (1)

CHarx qo`shiqlari to`quvchilik qo`shiqlari silsilasida keng tarqalgan bo`lib, ularda ip yigirish quroli bo`lgan charxning tavsifi, charx yigirishning mashaqqati, charx yigirmasa, tirikchilikning o`tmay qolishi, charx yigiruvchi ayolning o`z mehnati samarasidan bahramand bo`lish orzusi kuylanadi.
O`tmishda turli matolarga bo`lgan ehtiyoj faqat qo`l mehnati orqali, oddiy to`qish dastgohlari vositasida qondirilgan. Hozirgidek to`qimachilik sanoati mavjud bo`lmagan. Mehnatkash, hunarmand kishilar oddiy dastgohlarda atlas, kimxob kabi matolar bilan bir qatorda bo`z ham to`qiganlar. Bo`z arzon va pishiq, qishda issiq, yozda esa salqin bo`lishi tufayli atlas va kimxobga nisbatan ancha xaridorgir bo`lgan. Uni ko`pincha mehnatkash xalq olib kiygan. Atlas va kimxobni to`yda kiyish o`rinli bo`lsa, bo`zni kundalik mehnat jarayonida kiyish ancha qulay bo`lgan.
Bo`z to`qish dastgohlari zax va qorong`i hujralarda joylashgan. Bo`z to`quvchini bo`zchi deb aytganlar. Bo`z to`qish nihoyatda qiyin hmush bo`lgan. Bo`z to`qish uchun kecha-kunduz dastgohlar oldidan jilmay ishlashga to`g`ri kelgan. SHunday qiyinchilikni engish, charchoqni unutish maqsadida bo`zchilar ko`plab qo`shiqlar yaratganlar. Ular tomonidan yaratilgan qo`shiqlar bo`zchi qo`shiqlari deb hritiladi.
Bo`zchi qo`shiqlarida unumsiz va mashaqqatli bo`lgan bo`z to`qish mehnatining qiyinchiligi, bo`zchi bozorining kasodligi, to`quvchilarning oilalaridagi muhtojlik va qashshoqlik xususida kuylanadi:
Go`sht ololmay gurda olgan bo`zchi,
Qiz ololmay beva olgan bo`zchi.
Munchalar shildirab o`tar nochasi,
Qip – qizil shalg`omga o`xshar pochasi.
Hozirgi paytda mato to`qish ishlarining texnik jihatdan avtomatlashtirilishi oddiy to`qish dastgohlarini siqib chiqarmoqda. Faqat Farg`ona vodiysining ayrim joylarida (ayniqsa, atlas o`lkasi hisoblanmish - Marg`ilonda) atlas to`qish dastgohlari kam miqdorda saqlanib qolgan, xolos. SHundamikin, bo`zchilar qo`shiqlari ham asta-sekin unutilib bormoqda.
O`tmishda gilam, shol va boshqa jun matohlarni tayyorlashda jun ipdan foydalanilgan. Jundan ip yigirishda urchuq asbobi ishlatilgan. Urchuqda ip yigirish, asosan, xotin-qizlar mashg`uloti sanalgan. Xotin-qizlar urchuqda ip yigirishday og`ir va mashaqqatli mehnatni bajara turib, o`zlarining ayanchli turmushlaridan, erksiz hayotlaridan qalblarida tug`ilgan iztirobu alamlarni qo`shiqqa solganlar va shu qo`shiqlarni kuylash asnosida bir lahza bo`lsa-da, turmush mashaqqatlarini unutganlar. Bu qo`shiqlar urchuq qo`shiqlari deb hritiladi.
Xalqimiz orasida keng tarqalgan hunarlardan biri gilam, sholcha to`qish, ya`ni o`rmak o`rishdir. SHu jarayonda ijro etilgan qo`shiqlar o`rmak qo`shiqlari deb hritiladi. Gilam va sholcha to`qish bo`z to`qishdan ham og`ir va mashaqqatli bo`lgan. U kishidan katta sabr-toqatni va matonatni talab qilgan.
Tikuvchilik qo`shiqlari xalqimizning uzoq asrlar davomida shakllangan tikish-bichishga aloqador an`analarini ifodalaydi. Ular, aksar hollarda, tikiladigan kiyimlarning turlari va ularga daxldor e`tiqodlarga qarab ichki xilma-xillik hosil qilgan. SHu sababli bir kiyimga atalgan namunasi boshqa kiyimni tikayotganda aytilmaydi. SHu zaylda bir-biridan farq qiluvchi kashtachilik, do`ppido`zlik, to`ndo`zlik, zardo`zlik va boshqa turkumlarga mansub qo`shiqlar paydo bo`lgan.
O`zbek kashtachiligi dunyoga mashhur. Xalqimiz bu hunar bilan juda qadim zamonlardan beri shug`ullanib keladi va uni san`at darajasiga ko`tarishga erishgan. Kashtachilikning bir necha turlari mavjud. Bular bosma, jimalay, sanama, ilma deb hritiladi. Ularning xar biri kashtachidan alohida mehnat va mahoratni, bilim va qobiliyatni talab etadi.
Kashta tikish bilan ayollar shug`ullanishadi. O`tmishda har bir qizdan kashta tikishni bilish talab etilgan. CHunki u o`z sepini o`zi tikkan kashtalari bilan to`ldirishi lozim sanalgan. Kashtaning turiga qarab, uni tikkan qizning qandayligiga, fe`l-atvoriga, qobiliyatiga baho berishgan va bu hol kashtachilik qo`shiqlarida o`z ifodasini topgan:
Bosma tikkan botir qiz,
Jimaloy tikkan chevar qiz.
Sanama tikkan sardor qiz,
Ilma tikkan ilgir qiz.
O`tmishda mahalliy boylar uy bekalarini, qiz-juvonlarni, cho`rilarni kashta tikishga yollab ishlatganlar va ularga og`ir mehnati evaziga arzimas haq to`laganlar. SHu sababli ba`zi kashtachilik qo`shiqlarida kashtado`z ayollarning rahmsiz boylardan shikoyati yangraydi:
Kashta tiktiradi boy,
Kashta guliga gadoy.
Kecha-kunduz tik deydi,
Nega hribdi o`lmay?
Tikuvchilik ishlari orasida kashta tikish to`n, ko`rpa, ko`ylak kabi narsalarni tikishga qaraganda bir muncha qiyin va mas`uliyatlidir. Bu kashtachilik qo`shiqlarida alohida tilga olib o`tilgan:
Jomovdi jonli tikadi,
To`rmagin egri tikadi.
To`n tikish, ko`rpa tikish-
Uni ko`r ham tikadi.
Hozirgi paytda kashtachilik san`ati milliy qadriyatlarimizdan biri sifatida nihoyatda qadrlanadi. Uni yanada rivojlantirish, kashtado`zlikni rag`batlantirish uchun qator chora-tadbirlar ko`rilmoqda. Har yili kashtachilarning an`anaviy ko`rik-tanlovlari o`tkazilib turilibdi. Eng yaxshi kashtado`zlar uchun maxsus sovrinlar tashkil etilmokda.

Download 40.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling