Xalq qushiqlari va ularni tarbiyaviy ahamiyati


Download 40.45 Kb.
bet5/8
Sana26.09.2023
Hajmi40.45 Kb.
#1688234
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xalq qushiqlari va ularni tarbiyaviy ahamiyati-fayllar.org (1)

O`rim qo`shiqlari–dehqon mehnatining samarasi hzaga chiqayotgan o`rim lahzalarida kuylanadi. O`roqchi hasharchilarning o`rim-yig`im paytida o`zlarini ovutish uchun maxsus to`qigan qo`shiqlari o`rim qo`shiqlari deb hritiladi. Bu xil qo`shiqlarda dehqonning bilak kuchi, uning asosiy mehnat quroli-o`roq maqtaladi. Arpa, bug`doyning xalq tirikchiligi uchun naqadar qimmatliligi, ro`zg`orning qut-barakasini ta`minlovchi vosita ekanligi tarannum etiladi.
Hozirgi paytda donni, asosan, kombaynlar yordamida o`rib-yig`ib olish tufayli o`rim qo`shiqlarini ijro etish deyarli so`nib, ular unutilib bormoqda.
YAnchiq qo`shiqlari yoki ho`p –maydalar. Bu turkumga kiruvchi mehnat qo`shiqlari xalq o`rtasida «Ho`p qo`shiqlari», «Maydalar», «Ho`p maydalar» yoki «Maydagul» deb hritiladi. Ularni o`rilgan donni xirmon qilib yanchayotganda, mungli baland ovoz bilan cho`zib ijro qiladilar. Bu xil qo`shiqlarda dehqonning yoz bo`yi qilgan og`ir mehnati natijasida etishtirilgan hosilni tezroq yanchib olish istagi bayon etiladi. YAnchiq qo`shiqlari galagov tashkil qilingan maxsus maydonda kuylanadi. SHuning uchun yanchiq qo`shiqlarida “galagov” so`zi ko`p uchraydi:
Mayda dedim, xo`p deding, mayda-yo, mayda,
Ho`pga maylim yo`q deding, mayda-yo, mayda,
Galagovga qo`shganda, ho mayda-yo, mayda,
Ko`rgiligim ko`p deding, mayda-yo, mayda.
Galagov maydonida doni ajratilmagan bug`doy doira shaklida yoyib qo`yiladi va doira markaziga yo`g`on yog`och ustun o`rnatilib, unga bir necha ishchi hayvonlar: ot, ho`kiz, eshak kabilar bir-biriga yonma-yon matab bog`lanadi. Mana shu matalib bog`langan hayvonlar to`dasi galagov deyiladi. Galagovga donni bir tekis yanchishi uchun tut, qayrag`och kabi qattiq daraxt shoxlaridan to`qilgan chokar bog`lab qo`yilgan.
G`allani o`rish va yanchish ishlari texnika yordamida amalga oshirila boshlangach, mayda qo`shiqlari ham asta-sekin unutilib bormoqda.
YOrg`ichoq qo`shiqlari. YOrg`ichoq qo`l tegirmoni bo`lib, u suv va shamol tegirmonlari kashf etilmasdan oldin paydo bo`lgan. Uni ko`l yordamida aylantirganlar. YOrg`ichoq aylantirish-og`ir va unumsiz ish. Bu ishni, asosan, ayollar bajarishgan. SHu sababli yorg`ichoq qo`shiqlarining ijodkorlari ham ayollar hisoblanadilar.
YOrg`ichoq qo`shiqlarida kun bo`yi yorg`ichoq tortishning jismoniy va ma`naviy mashaqqati, og`ir toshni aylantirish ayol kishi uchun naqadar qiyin ekanligi, binobarin, tegirmonning undan afzalligi, ayollarning turmush tashvishlari mungli nidolar bilan kuylanadi.
YOrg`ichoqni taq-taqijon deydilar-o,
Tegirmonni rohatijon deydilar-o.
YOrg`ichoq tortmas edim,
Och qolganimdan tortaman…
YOrg`ichoq qo`shiqlaridan olingan bu parchadan yorg`ichoq tortish mashaqqatining butun dahshatini to`la his etish mumkin.
Hozirgi paytda yorg`ichoqdan foydalanilmayotgani bois unga aloqador qo`shiqlar ham kuylanmay qoldi.
Hunarmandchilik kasbi ibtidoiy jamoa tuzumining emirilish davrida, ov hamda boshqa mehnat qurollarini yasashga nisbatan ehtiyojning tug`ilishi tufayli paydo bo`lgan. Hunarmandchilikning paydo bo`lishi shahar hayotining taraqqiy etishi bilan ham bog`liq. Hunarmandchilik mahsulotlarini sotish esa yana bir mehnat turi-savdo-sotiqni ham keltirib chiqargan. Hunarmandchilik ishlarini bajarish jarayonida kuylanilgan qo`shiqlar hunarmandchilik qo`shiqlari deb hritiladi. O`zbek xalq hunarmandchilik qo`shiqlari orasida charx yigirish, urchuq yigirish, o`rmak o`rish, kashta, to`n tikish, gilam, bo`z to`qish bilan bog`liq qo`shiqlar asosiy o`rin tutadi. SHular orasida ip yigirish, kashta, do`ppi, to`n tikish, gilam to`qish kabi mehnat turlarini, asosan, ayollar bajargan. SHu bois bu jarayonda aytiluvchi qo`shiqlarni ham xotin-qizlar yaratib, ijro etishgan.
Hunarmandchilik qo`shiqlarida hunarmandlarning og`ir turmush tarzi, mashaqqatli mehnat sharoiti, ruhiy olami, o`z aksini topgan. Ularni to`quvchilik va tikuvchilik qo`shiqlari tarzida ikki katta guruhga bo`lish mumkin.
To`quvchilik qo`shiqlarida, asosan, xomashyoni tayyorlash va shu jarayonni amalga oshiruvchi mehnat qurollari ta`rifi etakchi motivga aylangan. Ip yigirish va bunda charxning, jundan ip tayyorlash va bunda urchuqning vazifasi, shuningdek, bevosita bo`z, to`r, gilam va sholcha singarilarni to`qish jarayonlariga aloqador mehnat mashaqqatlari ifodalangan.

Download 40.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling