Xalq ta’limi vazirligi


Elektron darsliklarga qo’yiladigan talablar


Download 40.85 Kb.
bet13/15
Sana05.01.2022
Hajmi40.85 Kb.
#207240
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Kosimova Dilnavoz Nozimovna Malaka Ishi (2)

Elektron darsliklarga qo’yiladigan talablar. :

  1. Barcha foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan tushunarli darslik yaratish .

  2. Darslik ko’rgazmali materialga boy bo’lib bu orqali ko’proq bilim olish.

  3. Darslikda mustaqil ishlash uchun yetarli ma’lumotlar bo’lishi kerak.

  4. Bilim va o’zlashtirish darajasini tekshirish uchun ma’lumotlar bo’lishi kerak.

Hozirgi kunda Respublikamizdaham masofadan o’qitish uslubiy materiallari ayrim fanlarni o’qitishda foydalanilmoqda va yaxshi natijalar bermoqda. Elektron kutubxonalar, elektron darsliklar, online darsliklar rivojlanib bormoqda. Misol sifatida “ Zamonaviy informatsion “ elektron darsligi bilan tanishib chiqishi mumkin.

Ya’ni, sizga qulay bo’lgan vaqtda bu kursni o’rganib chiqishingiz mumkin.

Multimedia darslik o’ziga ko’pgina ma’lumotlarni mujassamlik bilan birga, bu ma’lumotlarni ekranga namoyish etadi, hamda ovoz yordamida izohlaydi. Multimedia darslikning xususiyati u voqea va ma’lumotlarni yaqqol aks ettiradi. Ya’ni multimedia voqea va ma’lumotlarni hayotiylashtiradi. Bu matn video tasvir multiplikatsiya, ovoz va musiqa yordamida amalga oshiriladi. Internetning ikkita asosiy funksiyasi bor. Buning birinchisi informatsion funksiya bo’lsa, ikkinchisi esa komunikatsion funksiyadir.

Internetning informatsion funksiyasi birinchi navbatda tarmoq foydalanuvchilariga talab etilayotgan axborotlarni tezkorlik bilan yetkazib berish bo’lsa, ikkinchidan u axborotlarni keng ommaga, jahon miqiyosidagi nihoyatda tez suratda e’lon qilish imkoniyatini mavjudligi bilan ifodalanadi.

Internetning yuqori sifatlar bilan rivojlanishi ommaviy axborot faoliyatida va nashirchilikda keng imkoniyatlar ochib beradi. Masalan, internet yordamida New York dagi yoki Frantsiyadagi eng so’ngi xabarni Toshkentga yetkazib berish, o’quv darsliklarini tayyorlash, nashr qilish, hamda ularni keng o’quvchilar ommasiga tarqatish, hozirgi mavjud usullardan bir necha barobar arzon, tez va samaradorliroq bo’ladi.

Internetning komunikatsion funksiyasi foydalanuvchilarning uzoqdan turib o’z aro muloqot qilish imkoniyatlarini berish bilan ifodalanadi. Bunda misol tariqasida internet elektron pochtasi, internet – telefon va real vaqt oralig’idagi bevosita xabar almashish, Chat – Konfirentsiya yordamida amalga oshirilayotgan muloqotlarni keltirishimiz mumkin.

Bundan tashqari internetning komunikatsion funksiyasi uning foydalanuvchilariga video muloqot qilish, video konfirensiyalar qilish, bir shahardan turib ikkinchi shahar ko’chalarini tomosha qilish va muzeylarga tashrif buyurish, hamda tabiat manzaralaridan rohatlanish imkoniyatlarini beradi.

Ushbu uslubning ko’plab avfzallik tomonlari borligi ko’p chilikga ayon. Barcha oliy o’quv yurtlarida masofadan o’qitish, texnika va texnologiyalarini amalga oshirish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Axborot texnologiyalarini rivojlanishi masofadan o’qitishni tashkil etishga yangicha yondoshuvni taqozzo etadi. Masofadan o’qitishni tashkil etishni hozirgi zamon modellarning asosida komunikatsiya va tarmoq texnologiyalari yotadi. Ushbu texnologiyalar axborotdan foydalanuvchilarga keng qamrovli yo’l ochib berish bilan birga ularni muhofaza etish muammosini keltirib chiqaradi.

Masofadan o’qishda o’qituvchi bilan tinglovchining orasida to’g’ridan – to’g’ri muloqotning yo’qligiham ba’zi muammolarni keltirib chiqaradi.

Masalan, muammoli o’qitish jarayonini tashkil etishda ma’lum qiyinchiliklar paydo bo’ladi. Tinglovchini yetuk mutaxasis qilib tayyorlashda muammoli o’qitishni tashkil etish muloqotni telekonfirensiya orqali amalga oshirish mumkin. Ammo, bu bilan muammoni to’la hal etib bo’lmaydi. Ushbu muammoni hal etish uchun qo’shimcha o’quv materiallarini ishlab chiqish lozim bo’ladi. Bular qatorida turli darajadagi muammoli topshiriqlar, muammoli vaziyat hosil qiluvchi ko’rsatmalar bo’lishi maqsadga muvofiq.

Masofadan o’qitishning yangi bir usullaridan biri bu bilim dargohlarida, maktablarda tashkil qilinadi. Bu usulda bir maruzachi yuzlab boringki minglab tinglovchilarga bir vaqtning o’zida ma’ruza o’qishi va shu vaqtning o’zida tinglovchilar bilan fikr almashishi, savollarga javob berishi mumkin. Bu usul yuqori texnikalardan samarali foydalanishni taqozzo etadi. Ya’ni har bir o’quv xonalari mikrafon, video kamera, video proektor va video – audio uskunalari bilan ta’minlangan bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Bu usulda ishlash nafaqat bir bilim dargohi, nafaqat bir davlat, boringki butun bir davlatlar orasidaham qo’l keladi. Ya’ni bir ma’ruzachini ma’ruzasini komunikatsiya yordamida boshqa davlatlar tinglovchilariham tinglashi mumkin bo’ladi.

Oddiy darslikdan elektron darslikning avfzallik tomonlaridan biri “Intelektual” kuchiga ega bo’lishi bilan bir qatorda kerakli ma’lumotlarni o’z vaqtida va joyida taqdim etish imkoniyatlari bilan farqlanadi. Elektron darslik ma’lum bir predmet bo’yicha hamma tegishi o’quv materiallarini o’ziga ifoda etgan bo’lishi kerak. Buning intelektual darajada bo’lishi esa o’z navbatida, oddiy darslikga nisbatan bir qator afzalliklarni tug’diradi. Masalan, ma’lumotlarni tez izlab topish, mavzularni o’zlashtirish darajasini multimedia elementlari yordamida amalga oshiriladi. Har bir elektron darslik alohida ko’rinishda bo’lishi va ma’lum bir standart talabga javob berishi lozim.

Avtomatlashtirilgan tizimlarning uskunaviy vositalar asosida yaratilayotgan darslikning strukturasiga to’xtalib o’tamiz. Elektron kitobning strukturasi. Elektron darslikning bahosi uning mavzularda berilayotgan ma’ltmotlarning mavzularini boyitishga bog’liq. Elektron darslik bo’yicha berilayotgan materiallarni quyidagi uch ko’rinishda amalga oshirish mumkin:


  • Matn ko’rinishida bayon qilish. Bu yerda qog’ozdagi darslikdan farqli ravishda rasmlar, grafiklar, jadvallar. Ya’ni ularning animatsiya ko’rinishidagi elementlari qatnashishi mumkin.

  • Elektron darslikning strukturasini tushunib olishga imkoniyatlar yaratadigan vositalar orqali;

  • O’quv materiallarini savollar ko’rinishida ifoda etish va ular asosida o’z bilimini nazorat qilish vositalari bazasida

  • (ED) ning strukturasi quydagi elementlari o’z ichiga ifoda etish lozim muqova, mundarija

  • Qisqacha annotatsiyasi;

  • ED ning “To’liq bayoni”

  • ED ning qisqacha bayoni (Masalan, sxema ko’rinishida);

  • Asosiy adabiyotlar va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati ;

  • Bilimni nazorat qilish mexanizmi;

  • Matn fragmenti bo’yicha izlash amalini bajarish;

  • Mualliflar ro’yxati va ular haqida ma’lumot;

  • ED bilan ishlash uchun ma’lumotlar tizimi.

Edning muqovasi imkoniyat darajasida chiroyli bo’lishi kerak. Buning uchun uni grafika va multimedia, animatsiya kabi elementlar bilan boyitish maqsadga muvofiq. ED ning muqovasida darslikning nomi, yuqori tashkilot haqida ma’lumot, mualliflik huquqi, yaratilgan vaqti, ED ni yaratgan tashkilotni nomi, mualliflari haqida qisqacha ma’lumot. Bu ma’lumotlarni ma’lum bir qismi maxsus tugmalar yordamida amalga oshiriladi. Zamonaviy elektron qo’llanmalardan biri bo’lgan elektron darslik multimedialik maxsulot bo’lib, mustaqil ta’lim va mustaqil ishlarni bajarishda o’qitishni samarali tashkil etish va tinglovchilarni ijobiy fikrlash doirasini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Bunday darsliklardan uzluksiz o’qitish rejimida foydalanish tinglovchilar bilimini oshirishda yordam beradi. Elektron kutubxonalardan foydalanishni tashkil etish.


Download 40.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling