Xalqaro bank ishi sessiya javoblari aqshda bank faoliyatini tartibga solish me'yoriy huquqiy asoslari va ularning zamonaviy shariotdagi ahamiyati


Download 106.1 Kb.
bet10/18
Sana25.01.2023
Hajmi106.1 Kb.
#1119548
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
XALQARO BANK ISHI SESSIYA JAVOBLARI (2)

13.CAMELS reyting tizimi
JAVOB: CAMELS AҚШ банкларини баҳолаш бўйича Aмерика рейтинг тизими 1978 йилда Федерал резерв тизими ва Федерал идоралар томонидан яратилган.
2. Tijorat bankining moliyaviy ahvolini aniqlashda aktivlar sifatini baholash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning haqiqiy qiymati buxgalterlik hisobida aks ettirilgan qiymatga to‘g‘ri kelmaydi. Aktivlarning sifatini tahlil qilish uchun muammoli qarzlarni tasniflash asosida berilgan ssudalar va boshqa aktivlarni baholash zarur.Aktivlarni andozaviy, shubhali va zarar keltiradigan turlariga tasniflash tizimi barcha aktivlar reytingini miqdor jihatdan aniqlash, shuningdek, kreditlardan zarar ko‘rish hollariga mo‘ljallangan zaxiralarning yetarliligini baholash imkonini beradi. Asosan uzoq muddatli ssudalar naqd pullar va vakillik hisobvaraqlari, ssudalar va boshqa aktivlar tekshiriladi.Aktivlar sifatining tahlilida asosiy e’tibor aktivlarning qaytishiga qaratiladi. Ularning holati aniqlanganda, haqiqatan ham, kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishi o‘ta muhimdir. Respublikamiz tijorat banklarida mavjud o‘z vaqtida qaytarilmagan kreditlar jami summasi kredit qo‘yilmalarining 1 foizga ham etmagan holda MDH tarkibidagina emas, balki jahon miqyosida ham bu eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. Lekin mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar maqsadi har qanday mablag‘ yuqori darajada samarali bo‘lishiga qaratilgan.Aktivlar sifati bankning kredit tavakkalchiligi bilan ham bevosita bog‘liq va eng yirik kreditlar tekshiriladi.Bank faoliyatining asosiy maqsadi, yuqori daromad olishdan iborat. Odatda, yuqori daromad oladigan banklar samarali faoliyat yuritayotgan bank deb tan olinadi. Biroq aktivlar sifati bilan tushum o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikka unchalik e’tibor berilmaydi. Biron bir bankda aktivlar sifati muammoli bo‘lsa, uning aktivlari bahosi yomonlashadi. Bahodagi bu o‘zgarish tushum hisobiga qoplanadi va natijada bank daromadi kamayadi.Demak, bankning daromadlilik darajasi aktivlarning iqtisodiy mohiyatiga, aniqrog‘i, sifatiga bog‘liq. Unga ko‘ra aktivlar:daromad keltiruvchi; daromadni «yeb qo‘yuvchi» turlarga bo‘linadi.
Daromad keltiruvchi aktivlarga ishlayotgan aktivlar (barcha kredit qo‘yilmalar va qimmatli qog‘ozlar) kiradi. Daromad keltirmaydigan aktivlarga nomoddiy xarajatlar, binolar, kapital xarajatlar va to‘lov muddati 90 kundan oshgan kreditlar, shuningdek, kreditlar va amal qilmaydigan deb tan olingan kreditlar bo‘yicha foizlar taalluqlidir.Daromad keltiruvchi aktivlar kredit salohiyatining asosini va bankning ssuda portfelini tashkil etadi. Shu bois bank kapitalini oshirish va kredit potensialini mustahkamlash ham uning daromadliligiga bog‘liq. Bankning daromadi, asosan, kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi, kredit qo‘yilmalar hajmi va bank likvidliligiga bog‘liq.
Bank daromadlarni quyidagi manbalardan oladi:

operatsiyalardan (olingan foizlar);


qimmatli qog‘ozlar savdosidan;
foizsiz daromad hisobidan;
mulkni va boshqa aktivlarni sotishdan;
boshqa manbalardan.



Download 106.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling