14.Islom bank faoliyatida risklarni boshqarish
JAVOB: Ислом банклари рискларни бошқаришда шариат тамойилларидан келиб чиқиб фаолият юритади. Масалан, кредит рискида корхона билан кредиторнинг бирга қатнашиши шарти билан қўйилган капиталдан ўзаро фойда олишга рухсат беради. Фойда ва зарарларни тақсимлаш асосига қурилган банк тизимининг иқтисодий ривожланишида таклиф этилаётган хатарли капиталларнинг кўпайиши ҳисобига кучли қоқилиш юз бериши мумкин. Банк томонидан лойиҳанинг бажарилиши устидан доимий ва қаттиқ назорат ўрнатилади. Агар лойиҳани амалга оширувчи томонидан йўл қўйилган хато ёки эътиборсизлик оқибитида зарар кўриладиган бўлса сўзсиз, ушбу зарарни қоплаш иш юритувчи зиммасига юклатилади.
Ана шундай вазиятларни назарда тутган ҳолда ислом банклари талабгордан маълум қийматга эга бўлган мулкни гаров сифатида қўйишни талаб қилиши мумкин.
15.Islom banklarining paydo bo`lishi va rivojlanishi
JAVOB: Islom taraqqiyot banki(ITB) 1975 yilda IHT mamlakatlari moliya vazirlari yig‘ilishining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan. ITBning shtab-kvartirasi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan. ITBning Hududiy ofislari 1994 yili Rabot(Marokash)da, shu yili Kuala-Lumpur(Malayziya)da, 1997 yili Olma-Ota(Qozog‘iston)da va 2008 yili Dakar(Senegal)da ochildi.Bank shuningdek 12 ta a’zo mamlakatda mahalliy vakolatxonalarga ega: bular Afg‘oniston, Ozarbayjon, Bangladesh, Gvineya, Indoneziya, Eron, Nigeriya, Pokiston, Serra-Leona, Sudan, O‘zbekiston va Yamandir.
Maqsadi:Aʼzo mamlakatlarning, shariatga asoslangan musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga taʼsir oʻtkazish.Tashkilotga 56 ta mamlakat a`z o bo`lib , quyidagi davlatlar bankni asosiy moliyalashtiradigan mamlakatlar hisoblanadi(Saudiya Arabiston , Liviya , Eron ,Nigeriya ,Qatar , Misr ,Turkiya ,Birlashgan Arab Amirligi , Quvayt) . Ma’lumotlarga ko‘ra, Bangladeshning iqtisodiy o‘sish sur’ati 5,57 foizdan (2010 yil) 7,9 foizga (2018 yil) yetdi. Tadqiqotlarga ko‘ra, islom banklari kichik va o‘rta biznes sub’ektlarining moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan talabini qondirish orqali Bangladeshning iqtisodiy rivojiga katta hissa qo‘shdi. Bugun islom banklari ushbu davlat bank tizimida 24 foiz ulushiga ega.
2012 yil Omon davlatida islom moliyasi tamoyillari tatbiq etilgan bo‘lib, o‘tgan yillar mobaynida islom moliyasi aktivlari hajmi 12,6 mlrd. AQSH dollarga, bank tarmog‘idagi ulushi esa 13,7 foizga yetgan. Bu davlat hozirda islom moliyasi bozori ko‘lami jihatdan dunyoda 15 o‘rinda turadi. Umuman, bugungi kunga kelib, 300 dan ziyod islom banki va moliya muassasalarining yalpi aktivlari 2,5 trillion AQSH dollaridan oshib, yiliga 15-20 foizga o‘smoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |