10.Bazel qo'mitasining bank faoliyatini tartibga solish bo'yicha asosiy talablari va ularning rivojlanishi
JAVOB:
Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi-bank faoliyatini tartibga soluvchi milliy nazorat institutlarini birlashtiruvchi tashkilot. Bazel qo'mitasi - dastlab Banklarni tartibga solish va nazorat qilish bo'yicha qo'mita deb nomlangan bo’lib- G10 markaziy banklari raislari tomonidan 1974 yil oxirida xalqaro valyuta va bank bozorlaridagi keskin notinchlikdan so'ng (xususan G'arbiy Germaniyadagi Bankhaus Herstattning muvaffaqiyatsizligi sababli) Shveysariyaning Bazel shahrida tashkil etilgan. Bazel qo'mitasi tashkil etilganidan beri o'z tarkibini G10 dan 28 ta yurisdiksiyadagi 45 ta tashkilotga kengaytirdi. Bazel qo‘mitasi a'zolari Argentina, Avstraliya, Belgiya, Braziliya, Kanada, Xitoy, Fransiya, Germaniya, Gonkong, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Yaponiya, Lyuksemburg, Meksika, Niderlandiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Aqsh, Singapur, Turkiya, Shvesiya, Shveysariya, Janubiy Afrika Respublikasi, Koreya Respublikasi va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarning Markaziy banklari va moliyaviy tartibga solish organlari vakillari. Bazel qo'mitasida kuzatuvchilar sifatida Evropa bank nazorati xizmati, Evropa Markaziy banki, Evropa komissiyasi, Moliyaviy barqarorlik instituti va Xalqaro valyuta fondi ishtirok etadi.
Bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasi faoliyati to'rtta asosiy kichik qo'mitalar asosida tashkil etilgan:
Standartlarni tatbiq etish guruhi dastlab Bazel II asoslarini amalga oshirish to'g'risidagi ma'lumotlarni almashish va izchillikni ta'minlash uchun tashkil etilgan. 2009 yilda standartlarni tatbiq etish guruhining maqsadlari Bazel qo'mitasining umumiy ko'rsatmalari va standartlarini amalga oshirishga yo'naltirilgan holda guruh vakolati kengaytirildi.
Siyosatni ishlab chiqish guruhi nazoratda paydo bo'layotgan muammolarni aniqlaydi va ko'rib chiqadi. Siyosatni ishlab chiqish guruhi, shuningdek, ishonchli bank tizimlari va nazorat standartlarini yaratish uchun ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |