Xalqaro huquq


Download 3.36 Mb.
bet7/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Dualistik nazariya (uning ko‘zga ko'ringan vakillari — Tripsl, Ansilotti, Kamarovskiy) XIX asr oxirida paydo bo;lgan ЬоЧіЬ. bu nazariyada xalqaro va davlat milliy huquqining o‘ziga xos jihatlari inobatga olingan holda tartibga solish obyekti, huquqiy munosabatlar subyektlari tarkibi. yuridik normalaming paydo bo:lish manbalari jihatdan bu ikki tizim bir-biriga bo'ysunmasligi ta’kidlanadi. Dualizrn tarafdorlari ikki huquqiy tizim o:rtasida hech qanday to‘qnashuv kelib chiqmasligini, ular turli darajada tartibga solish bilan shug'ullanadi, har birining tartibga solish sohasi turlicha ekanligini bildirishadi.
Faqat vaqt o‘tishi bilan ikki tizim ohtasida o'zaro aloqaning mavjudligi va usiz bu tizimlaming hech biri o‘z vazifaiarini muvaffaqiyatli bajara olmasligi haqida fikrlar ilgari surila boshiandi Bunday qayta yo‘nalish olish “dialektik dualizrn” deb ta’riflandi. U xalqaro huquqning ichki huquqdan ustunligini tan olgan holda. xalqaro huquq va davlat ichki huquqining uzviy bog‘liqligini e’tirof etish bilan tavsiflanadi
Dualistik nazariyadan farqli o‘laroq, monistik konsepsiya (Lasson, Kaufman, Kelzen, Russo v. b.) ko‘rilayotgan ikki tizimning^JjixligiQi asoslaydi, ammo ulaming biri ikkinchisidan ustuvoriigixi<$SlJlfii^b^^ Monistik yo'nalishlardan birining qarashiga ko'ra xalqaH^fitfquq go'yo
milliy huquqiy tizimlarning davcmi yoki yig‘indisi sifatida namoyon bo'ladi yoxud normalari faqat davlat ichki huquqiga u yoki bu tarzda kiriti 1 gandagina yuridik kuchga ega bo‘ladigan “davlat tashqi huquqi”ning davomi hisoblandi. Monistik nazariyaning boshqa yo‘nalish vakillari esa, aksincha, xalqaro huquqni faqat ichki huquqning harakat doirasinigina emas. balki uning butun normativ qoidalari mazmunini ham belgilovchi yuqori huquqiy tizim sifatida tan olish tarafdorlaridir.
Xalqaro huquq va davlat ichki huquqi tizimlari o‘rtasidagi munosabatlar sohasidagi hodisalaming aniq holatini ko'rib chiqish xronologik nuqtayi nazardan milliy huquqning xalqaro huquqqa ta’siri birlamchi ekanligi to‘g‘risidagi xulosaga olib keladi. Bu keyinchalik xalqaro huquq tarkibiga kirgan yuridik normalarning aksar qismi avval davlat ichki huquqi qoidalari sifatida shakllanganligi bilan izohlanadi. Xuddi shunday norma yaratish jarayonining amalga oshishi va huquqning ko'rib chiqilayotgan ikki tizimining o'zaro ta’siriga shaxs huquq va erkinliklarini tartibga solish sohasi misol bo‘la oladi. Bu soha avvaldan turli mamlakatlarning qonunchiligida mustahkamlangandir.
Zamonaviy xalqaro huquqning ko'pgina asosiy prinsiplari ham shunga guvohlik beradi. Ular dastavval xalqlarning o‘z taqdirini o'zi belgilash, davlat hududining yaxlilligi, chegaralarning buzilmasligi bo‘yicha shartnoma majhuriyatlarini va boshqa shartnomalarni sidqidildan bajarish prinsiplarini o‘z ichiga olgan davlat ichki huquqiy tizimlari doirasida shakliangan va samarali amal qilgan. Xalqaro huquq tomonidan milliy huquqiy tizimlar doirasida paydo bo‘ladigan va davlatlar faoliyatining turli maxsus sohalarini tartibga solishga qaratilgan: milliy tabiiy resurslar va boyliklar ustidan davlat ustunligining ajralmasligi. chegaralar o'matish va chegara tartibini qo'llab-quvvatlash, chegaraoldi hududlardan foydalanishni tartibga solish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va boshqa ishlarda xalqaro hamkorlik kabi normativ mazmundagi qoidalarni qabul qilish asosli ra.vishda ta’kidlanadi.
Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasida ichki davlat huquqi eslatib o‘tiladi. Amaldagi bar bir shartnoma uning ishtirokchilari uchun majburiy hisoblanadi va ular tomonidan vijdonan bajarilishi kerak. Ishtirokchi shartnoma bajarmasligini oqlash uchun o‘z ichki huquqi qoidalarini ko'rsatishi mumkin emas. Davlat uning roziligi haqiqiy emasligi asosida shartnoma u uchun majburiy ekanligiga roziligi ichki huquqining shartnoma tuzish vakolatiga doir u yoki bu qoidasini buzgan holda ifoda etiiganligi holatini, agar ushbu qoidabuzarlik shubhasiz va ichki huquqining alohida muhim ahamiyatdagi normasiga tegishli bo'lmasa, ko'rsatishga haqli emas.
Agar qoidabuzarlik ushbu masalada vijdonan va oddiy amaliyotga muvofiq faoliyat ko'rsatuvchi har qanday daviat uchun xolisona ayon bo'lsa, qoidabuzarlik shubhasiz hisoblanadi1.
Xalqaro va milliy huquq manbalarining qiyosiy tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, ular o'rtasida umumiylik va alohidalik mavjud. Xalqaro va milliy huquq manbalarining umumiyligini ularning tabiati, xarakteri va hatto nomlanishida ham ko'rish mumkin. Masalan, huquqiy shartnomalar, doktrina, odat va sud qarorlari. Xalqaro va milliy huquq manbaalarining alohidaligini ularning mazmuni, qabul qilinishida ko‘rish mumin. Xalqaro va milliy huquqni xarakterlaydigan yuqoridagi umumiylik va alohidalik boshqa xususiyatlar mavjudligini inker etmaydi. Xalqaro va milliy huquqning o'ziga xos jihatlari turli sohalarda ularning institutlari va normalarning amaliyotda qo‘llanishi, inson huquqlarini huquqiy. himoya qilish bilan bog‘liq masalalarda ko‘rinadi2 3.
Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq
Ikkinchi Jahon urushiga qadar xalqaro huquq xalqaro ommaviy va xususiy huquq normalarini o'zida jamlagan. Sbunga qaramasdan XX asming boshlarida xalqaro xususiy huquqning sohalari va prinsiplari paydo bo‘lish jarayonlari boshlangan. Ikkinchi Jahon urushidan keyin xalqaro huquq ikki qismga ajraldi: xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq. “Xalqaro ommaviy huquq” atamasi BMT Xalqaro Sud Satutining 38-moddasida va 1946-yil 11-dekabrdagi BMT Bosh Assambleyasining “Xalqaro huquqni rivojlantirish va uning kodifikatsiyasi to‘g‘risida”gi Rezolyutsiyasi bilan mustahkamlandi. Rezolyutsiyaning muqaddima qismida, xalqaro huquq va uning kodifikatsiyasi sohasida har tomonlama puxta tadqiqot olib borish va xalqaro ommaviy va xalqaro xususiy huquq shakllanishi va rivoji yo‘lida rasmiy va norasmiy muassasalar faoliyatini qo'llab-quwatlash lozimligi ta’kidlangan edi.
Xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquq bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir. Xalqaro ommaviy huquq alohida huquqiy tizimni o‘zida aks ettiradi. Xalqaro ommaviy va xususiy huquq normalari turli sohalarda xalqaro munosabatlarni ko‘p tomonlama rivojlantirishning huquqiy shartlarini belgilashga qaratilgan. Xalqaro xususiy huquq xalqaro xarakter kasb etuvchi xususiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalami qamrab oladi.
Xalqaro ommaviy va xalqaro xususiy huquq o'rtasidagi farqlarni quyidagi asoslar bo‘yicha aniqiash mumkin:


  1. Download 3.36 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling