Xalqaro huquq
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
E’tibor bering!
“Har qanday milliy, irqiy, etnik yoki diniy guruhlarni qisman yoki to'liq yo‘q qilish niyatida amalga oshiriladigan harakatlar genotsid deb tushuniladi”. Genotsidga miso! qilib Germaniya, Chili, Janubiy Afrika, Kampuchiya va boshqa mamlakatlarda totalitar rejim hukm surgan paytdagi qirg'inbarotlarni keltirish mumkin. “Aparteid” (tarjimasi — alohida yashash) irqiy kamsitilislming keskin shakllaridan biri bo'lib, davlatlarning butun bir aholisining guruhi, irqiga ko’ra davlatdagi boshqa aholiga nisbatan huquqlari kamsitiladi. ular siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va fuqarolik huquqlaridan mahrum qi I inadiiar. Bir irqning ikkinchi bir irq usridan hukmronlikni o‘matish va ushlab turish hamda ularga doimiy ravishda zulm o'tkazish uchun aholi maxsus ajratilgan joylarda saqlanadi. 1973-yilda BMT Bosh Assainbleyasi Aparteid jinoyatining oidini olish va buning uchun jazolash to'g‘risida konvensiya qabul qildi. Unga ko‘ra aparteid xalqaro tinchiik va xavfsizlikka tahdid soluvchi, xalqaro huquqqa, insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyat deb topildi. Bunday jinoyatning subyektlarini, qayerda sodir etilganidan va qanday sababga ko‘ra sodir etilganidan qat’i nazar, davlat vakillari, tashkilotlar, tashkilot a’zolari vajismoniy shaxslar tashkil qiladi. Ijrochilardan tashqari aparteid aktlarini amalga oshirishda hamkorlik qilgan yoki qoMlab- quvvatlaganlar, bevosita yordam bergan shaxslar va tashkilotchilar ham jazoga tortiladi. Bunday jinoyatlarga nisbatan ham universal yurisdiksiya o‘matilgan. Aybdorlar Konvensiya ishtirokchisi bo‘lgan biron-bir davlatning sudiga tortilishi mumkin. Zarur holda jinoyatchi biron-bir davlatga beriladi, chunki aparteid siyosiy jinoyat hisoblanmaydi. Shutting uchun jinoyatchilami biron-bir davlatga ushlab berish (ekstraditsiya) o‘sha davlatning milliy qonunchiiigi yoki xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi (Aparteid jinoyatining oidini olish va uni sodir etganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi konvensiyaning 9-moddasi). Konvensiyada davlatlar rozilik bergan taqdirda xalqaro jinoiy tribunal tashkil etish muinkinligi nazarda tutilgan. “Ekotsid” (tarjimasi - uy, turar joyiarni yo’q qilish) xalqaro harbiy jinoyat bo'lib, atrof muhitga, tabiatga sivilizatsiya uchun. ijtinioiy xavfli tajovuz qilishn: bildiradi. Lining tarkibiy qismi harbiy ekosid, ya’ni urushda dushmandan harbiy ustunlikka erishish va g‘alabani ta’minlash uchun tabiiy shart- sharoitlardan majburiy foydalanish hisoblanadi. Bunda quyidagilaming farqini bilish kerak: geofizik urushlar - vulqonlar, zilzilalarni majburiy ravishda o‘z foydasiga o‘zgartirish, ozon qatlamini vayron qilish, abadiy muzliklarga ta’sir o‘tkazish va boshqacha shaklda Yer sharining tuzilishi yoki tarkibini sun’iy o‘zgartirib, urushda g'alaba qilish; meteorologik urushlar, texnik va boshqa vositalar yordamida bo'ron, dovuh sunami, momaqaldiroq, ko'chkilar vujudga keltirish, qor, yomg‘ir yog'dirish va boshqa usullar bilan iqlimni o‘zgartirish; d) yadro quroli, radiatsion, bakteriologik, zaharli, yondiruvchi. infratovushli, radiochastotali va shu kabi ommaviy qirg'in qurollari (OQQ) va boshqa taqiqlangan qurollardan foydalanish. Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar kodeksi loyihasida bu jinoyatlar “oldindan o‘ylab va atrof-muhitga jiddiy zarar” yetkazadigan jinoyat deb ataladi, bunda atrof-muhitga, tabiatga uzoq vaqt va jiddiy zarar yetkazishga qasd qilinganligi tushuniladi. Bu moddaga berilgan sharhda atrof-muhitni himoya qilish insoniyat uchun katta ahamiyatga ega ekanligi, shuning uchun sivi I izatsiyaning asosiy manfaatlariga jiddiy qasd qilgan ijrochilarni xalqaro jinoiy javobgarlikka tortish ko‘rsatib o'tiladi. Shunday qilib, ekotsid insonni o‘rab turgan tabiatni tuzatib bo‘lmas darajada 0‘zgartirishga olib kelish bilan bog'liqdir. Ekotsidning xalqaro xavfi shundaki, uning oqibatlari chegara bilmaydi, bir davlatning ekologik muvozanati buzilishi undan ancha uzoqda bo’lgan boshqa bir davlatning atrof-muhitiga ham ta’sir ko'rsatadi. “Biotsid” (tarjimasi - hayotni tugatish) xalqaro jinoyat sifatida ekosiddan oxirgi o’n besh yil ichida ajralib chiqdi. Biotsidning ekosiddan farqi shundaki, u faqat insoniyatga qarshi qaratilgan bo'ladi. lining manbai agressiv urush va qurolli to'qnashuvlar hisoblanadi va shujarayonda bu jinoyat amalga oshiriladi. Tinchlik davrida biosid amalga oshirilmaydi. Keng ma’noda, “biotsid” so‘zi qurolli mojarolarda g'alaba qozonish va dushman ustidan harbiy ustunlikka erishish uchun ommaviy qirg‘in qurollari yordamida biosferani, ya’ni tirik organizmlar, tirik tabiat, odamlar va boshqa tirik mavjudotlarni maqsadli ravishda yo‘q qilishni anglatadi. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling