Xalqaro huquq


Korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha Iqlisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkilotiniug (IHTT) Konvensiyasi


Download 3.36 Mb.
bet128/154
Sana18.06.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1587738
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   154
Bog'liq
Xalqaralıq huqıq, 2018

Korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha Iqlisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkilotiniug (IHTT) Konvensiyasi. IHTT hujjatlari qoidalarinining ushbu tahlili doirasida korrupsiyaga qarshi kurash masalalarini tartibga solish borasida ahamiyatga ega. Mazkur tashkilotning korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi huquqiy tashabbuslari asosan ikkita hujjatga - 1997-yil 23 -mayda IHTT Kengashi tomonidan tasdiqlangan, Xalqaro tijorat operatsiyalarida poraxo’riikka qarshi kurash ynzasidan qayta ko’rib chiqilgan Tavsiyalar hamda 1997-yii 21-noyabrda qabul qilingan, xalqaro tijorat operatsiyalarini o’tkazish chog’ida xorijiy davlat organlarining mansabdor shaxslarini рога berib sotib olishga qarshi kurash bo’yicha Konvensiyaga asoslangan.
Birinchi hujjat - ham jinoyat-huquqiy, ham nojinoyat-huquqiy xarakterdagi oldini olish va jazo choralarini hamda Tavsiyalaming amalga oshirilishining borishini kuzatib borishga yo’naltirilgan ijroning nazorati va tah'ili metodikasini o’z ichiga oluvchi yaxlit dasturdan iborat manba. Ikkinchi hujjat muayyan masalaga - tijorat faoliyatini amalga oshirish chog’ida xorijiy davlat amaldorlariga рога berishni jinoyat deb e’lon qilishga bag’ishlangan. Maqsadlardan biri xalqaro ishchan operatsiyalarni amalga oshirish chog'ida alohida shaxslardan va kompaniyalardan рога undirish holatlarini bartaraf etishda hukumatlarning rolini oshirishdan iborat.
1HTT bevosita iqtisodiyotga taalluqli korrupsiyaga e’tiborni qaratadi, ya’ni ko’rib chiqilayotgan sohada faqat cheklangan, tijorat uchun teng “o’yin maydoni” yaratishga taalluqli nafsoniyatga ega,
IHTT Konvensiyasining maqsadi “funksional ekvivalent”ni o’rnatishdan iborat. Konvensiya a’zo davlatlar oldida — huquqiy sanksiyalami joriy etish uchun choralarni mustaqil tanlash huquqini anchayin bir xi 1 lashtirishga da vogarlik qilmaydi.
Masalan, Konvensiyaning 3-modda 3-bandiga muvofiq Tomonlar xorijiy davlatning mansabdor shaxsi рога berib sotib olingan рога summasi va daromadlari hamda qiymati ko’rsatilgan daromadlarga muvofiq bo’lgan mol-mulkning olib qo’yilishi yoki musodara etilishi yoki mutanosib samarasni ta’minlovchi moliyaviy sar.ksiyaiar qo’llanishi bo’yicha tegishli choralar ko’rishga majburdirlar. Bu o’rinda Konvensiya o’zining egiluvchanligini namoyon etadi, harakatlar erkinligi zarurligini ko’zda tutadi.
IHTT Konvensiyasida umumjahon miqyosidagi mezonlardan fbydalanish orqali “chet el korxonasining mansabdor shaxsi” tushunchasi ochib beriladiki (1-modda 4-band), bu IHTTning tijoratning teng “o’yin maydoni”ni yaratish maqsadiga mos keladi.
IHTT Konvensiyasida hamda Yevropa Kengashining Konvensiyasida ham yuridik shaxslaming javobgarligi ko’zda tutiladi (2-modda). Biroq ham jinoiy, ham ji.noiy xarakterga ega bo’Jmagan sanksiyalar ko’zda tutilgan. Mazkur holatda jazo jinoyatning kelib chiqishi manbayining tavsifidan ko’ra ko’proq aybdorlik darajasi tavsifidan kelib chiqib beriladiki, bu jazo miqdori haqida qaror qabul qilishda katta tanlash erkinligini yaratadi. Bundan tashqari, tomonlardan har biri uchun xorijiy davlatning mansabdor shaxsini рога berib sotib olganlik uchun jazolanishi lozim bo’lgan shaxslarga nisbatan qo’shimcha grajdaniik-huquqiy yoki ma’muriy sanksiyalar qo’llash imkonini ko’zda tutadi (3-modda 4-band).
IHTTning korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan, tavsiflangan huquqiy tashabbusining muhimligi uchta jihat bilan belgiianadi:
Birinchidan, u mamlakatga korrupsiyaviy to’lovlar oqimini qisqartirad i;
Ikkinchidan, u xalqaro bukumat tashkilotlari. xususiy sektor va umuman fuqarolik jamiyati faoliyatini rag’batiantiruvchi o’ziga xos katalizator rolini o’ynadi hamda so’nggi 10 yilda siyosatning tubdan o’zgarishiga ko’maklashdi;
Uchinchidan, u global miqyosda boshqaruv normalarini ishlab chiqish uchun namuna bo’Iib xizmat qilishi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurashda J ah or Bankining roli. To’qsoninchi yillarning o’rtalariga qadar Jahon Banki korrupsiyaga qarshi kurashda yordam ko’rsatish imkoniga ega emasdi, modomiki u sof ichki siyosiy muammo hisoblanardi. Boz ustiga, to’qsoninchi yillarning o’rtalariga qadar “korrupsiya’’ so’zining o’zini qo’llashni cheklovchi qoidalar amal qilardi. Biroq Djeynis Vulfenson Jahon Bankining Prezidenti bo’iganidan so’ng korrupsiya taraqiyofga naqadar to’sqinlik qilayotganligidan dalolat beruvchi yangi ma’lumotlar paydo bo'ldi, vaziyat o’zgardi hamda 1997-yildan boshlab Jahon Banki mazkur sohada muhim rol o’ynab kelmoqda.
2007-yilning mart oyida Direktorlar kengashi tomonidan Jahon Banki tashkilotlari guruhining Strategiyasi bir ovozdan ma’qutlandi, u mijoz mamlakatlarga davlat boshqaruvini takomillashtirishda va korrupsiyaga qarshi kurashda ko’maklashish miqyoslarini kengaytirishga qaratilgan.
2007-yilning dekabrida Strategiyani amalga oshirish rejasi e’lon qilindi hamda Davlat boshqaruvini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurash masalalari bo’yicha Kengash tuzildi.
Strategiya to’rtta muhim yo’nalishlar bo’yicha harakat qilishga chaqiradi:

  • mamlakat miqyosida munosib boshqarishni qo’llab-quwatlash va korrupsiyaga qarshi kurash;

  • bank tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarda korrupsiyaning oldini olish;

  • davlat sektorida amalga oshiriladigan boshqaruvni takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha tadbirlarda xususiy sektoming rolini kuchaytirish;

  • hamda korrupsiyaning ko’lamini qisqartirish bo’yicha global zo’r berishlarni qo’llab-quwatlash. Global miqyosda Bank daviat sektori tomonidan boshqarish samaradorligini oshirishga ko’mak beruvchi yetakchi donor hisoblanadi.

2011-yilda Jahon Banki tarkibida mustaqil tergov bo’linmasi sifalida Korrupsiya, tovlamachilik va korporativ qoidabuzarliklarga qarshi kurash departamenti (INT) tashkil etildi. Ushbu departament Bank tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar doirasida tovlamachilik va korrupsiyada ayblovlar bo’yicha hamda muassasa xodimlari tomonidan yo’l qo’yiiadigan qoidabuzarliklardagi ayblovlar bo’yicha tergovlar o’tkazadi hamda o’z xulosalarini kelgusida choralar ko’rish uchun Bank rahbariyatiga taqdim etadi. Zarurat bo’lgan chog’da Departament o’z tergovi natijalari xususida tegishli a’zodavlat hukumatiga ham xabar qiladi.
Korrupsiya. tovlamachilik va korporativ qoidabuzarliklarga qarshi kurash departamentining bosh vazifasi quyidagilardan iborat:
Bank loyihalari doirasidagi tovlamachilik va korrupsiya to’g’risidagi xabarlarni, xodimlaming odobdan tashqari fe’l-atvori haqidagi, shu jumladan ular tomonidan sodir etilgan tovlamachilik va korrupsiya holatlari va boshqalar to’g’risidagi xabarlarni tergov qilish.
Bankning boshqaruv va korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi Strategisida Departamentga bo’ig’usi kredit operatsiyalari doirasida riskiarni kamaytirish masalalari yuzasidan yanada kengroq maslahatlar, yo’l-yo’riqlar va tavsiyalar taqdim etish vazifasi topshirilgan.
2007-moliyaviy yi'da Departament yangi Axborotni ixtiyoriy fosh etish dasturini (A1FED) joriy etdi. AIFED Bank loyihalarini amalga oshirish kontraktlarida ishtirok etayotgan kompaniyalarga korrupsiya amaliyotidan voz kechish; Bankning sanksiyasi ostiga tushuvchi odobdan tashqari fe’l-atvor haqidagi axborotni ixtiyoriy ravishda fosh etish: talablarga rioya etish dasturini qabul qilish, uning doirasida Mas’ul kuzatuvchi uch yil mobaynida talablarning bajarilishi monitoringini olib boradi; o’tgan qoidabuzarliklar haqidagi axborotlarni fosh etganlik uchun litsenziyasining oshkora chaqirib olinishidan qochish imkoniyatini taqdim etadi. Kompaniya to’liq va faol hamkorlik evaziga maxfiylikdan foydalanadi.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling