Xalqaro huquq
Yevropa Keiigashining korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi Konvensiyalari
Download 3.36 Mb.
|
Xalqaralıq huqıq, 2018
Yevropa Keiigashining korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi Konvensiyalari. 1996-yilda Yevropa Kengashi Ministrlar Qo’mitasi korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha harakatlar Dasturini qabul qildi, uning doirasida ikkita konvensiya - 1999-yil 27-yanvardagi Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to’g’risidagi Konvensiya va 1999-yil 4-noyabrdagi Korrupsiya uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik to’g’risidagi Konvensiya tayyorlandi va imzolash uchun ochildi.
Hozircha Yevropa Kengashiga kirmaydigan, taklif etilgan Yevropa davlatlari hamda Yevropaga oid bo’lmagan davlatlar (AQSH, Kanada, Yaponiya va boshqa ayrim davlatlar ulaini ishlab chiqishda ishtirok etishdi) ham ikkala konvensiyaning ishtirokchilari bo’lishlari mumkin. Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maqsadida Konvensiyalar ishtirokchilari ichki huquq normalariga quyidagi majburiyatlarini oladi: korrupsiyaga bosh qo’shish, bunday' ishlar bo’yichajinoiy yurisdiksiya; yuridik shaxslarning javobgarligi, sanksiya va boshqa ta’sir choralari; odil sudlov bilan hamkorlik qiluvchi shaxslar va guvohlarni himoya qilish; dalillar to’plash va daromadlarni musodara qilishga ko’maklashish yuzasidan choralar; korrupsiyaga qarshi kurash organlari va mansabdor shaxslarni ixtisoslashtirish; mamlakat ichida huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligini ta’minlash. Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to’g’risidagi Konvensiyaning kirish qismida tegishli qonunchilik va oldini olish choralarini qo’shgan holda jamiyatni korrupsiyadan himoya qilishga qaratilgan umumiy jinoyatga doir siyosatni birinchi galda o’tkazish zarurligi ta’kidlanadi. Konvensiya ishtirokchi davlatlarining jinoyat huquqi sohasidagi xalqaro hamkorligini kengaytirish, faollashtirish va munosib ishlab turishini ta’minlash Konvensiyaning maqsadi hisoblanadi. П “Milliy darajada zarur bolgan qabul qilingan choralaf’ bo’limida korrupsiyaviy jinoyatlarning 13 turi tavsiflangan. Shu bilan birga, Konvensiya ishtirokchi davlat tomonidan uning milliy qonunchiligiga muvofiq o’zga korrupsiyaviy jinoyatlar tarkiblariga nisbatan har qanday jinoiy yurisdiksiyani amalga oshirishni istisno etmaydi. Konvensiyada o’inatilgan jinoyat-huquqiy normalarining tahlili (2- 11-moddalar) Konvensiya korrupsiyaviy jinoyatlar subyektlari doirasini kengaytirayotganligidan dalolat beradi. Konvensiyaning yuridik shaxslaming korrupsiyaviy jinoyatlar tufayli javobgarligiga taalluqli qoidalarini Yevropa huquqining novellalari qatoriga kiritish mumkin. Konvensiyaning 18-moddasiga muvofiq “har bir tomon shunday qonunchilik va boshqa choralami ko’radiki, uiar yuridik shaxslaming рога evaziga faol sotilish, xizmat vakolatidan g’arazii maqsadlarda foydalanish va jinoiy daromadlarni legallashtirishdan iborat, mazkur Konvensiyaga muvofiq shunday jinoyatlar sifatida kvalifikatsiya qilingan hamda o’zining shaxsiy sifatida yoki yuridik shaxsda yetakchi lavozimni egallovchi yuridik shaxs organi tarkibida, quyidagi yo liar bilan qattiq jinoyatlami sodir etganligi sabali javobgarlikka tortilishi mumkinligini ta'minlash uchun talab etilishi mumkin ho’lsin: yuridik shaxs nomidan vakiliik funksiyalarini bajarish; yoki yuridik shaxs nomidan qarorlar qabul qilish huquqini amalga oshirish; yoki yuridik shaxs doirasida nazorat funksiyasini amalga oshirish. hamda bunday jismoniy shaxsning yuqorida eslarilgan jinoyatlarda sherik (hamtovoq yoki vasvasaga soluvchi) sifatidagi ishtiroki”. Konvensiyaning 23-moddasiga muvofiq bank siri dalillar to’plash va korrupsiyadan olingan daromadni musodara qilishga ko’maklashish bo’yicha choralami amalga oshirish uchun to’siq hisoblarunaydi. Tomonlar guvohlar va korrupsiyaga qarshi kurash sohasida odil sudlov bilan hamkorlik qiluvchi boshqa shaxslaming himoyasi bo’yicha lozim choralarni ko’rish hamda korrupsiyada ayblanayotgan shaxslami xalqaro ta’qib etishga ko’maklashish, bir-birlariga zarur axborotlarni taqdim etishda, dalillar to’plashda, daromadlarni musodara etishda, jinoyatchilarni topshirishda yordamlashish majburiyatini oladi (22- modda). Konvensiya davlatlar uchun korrupsiyaga qarshi harakat qilish sohasidagi xalqaro hamkorlik tamoyillarini - ko’p tomonlama va ikki tomonlama xalqaro sbartnomalardan foydalanishni ko’zda tutadi, ular mavjud bo’lmagan taqdirda esa tomonlarning bir-birlariga uning qoidalarida beigilangan. mumkin bo’lgan maksimal yordam ko’rsatish majburiyatini yuklaydi. Shu tufayli mazkur Konvensiyaning inuhimligini qayd etish lozim, chunki u davlatlar tomonidan imzolanganidan so’ng, korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgan shaxslar endi mazkur mamlakatlar hududidan jinoiy ta’qibdan qochish uchun foydalana olmaydi. Konvensiyaning jinoiy javobgarlik haqidagi qoidalarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish Korrupsiyaga qarshi davlatlar guruhi (GREKO) zimmasiga yuklatilgan. Korrupsiya uchun grajdanlik-huquqiy javobgarligi to’g’risidagi Konvensiyani ko’rib chiqishga o’tamiz, u grajdanlik huquqi va korrupsiya sohasida umumiy xalqaro normalarni aniqlashga dastlabki urinish hisoblanadi. Konvensiyada korrupsiyani tavsiflashga urinish amalga oshirilgan. 2- modda korrupsiyani, рога yoki boshqa bo’lishi lozim bo’lmagan ustunlikni to’g’ridanto’g’ri yoki bilvosita talab, taklif, taqdim etish yoki qabul qilish sifatida tavsiflaydiki, u рога yoki lozim bo’lmagan ustunlikni oluvchining o’z vazifalarini munosib tarzda bajarishini buzadi. Konvensiyaning maqsadi korrupsiya aktlari natijasida ziyon ko'rgan shaxslar uchun, ularga ko’rilgan ziyon uchun haq olish imkoniyatini o’z ichiga oluvchi, o’z huquq va manfatlarini himoya qilishga imkon beruvchi samarali huquqiy himoya vositalarini yaratishdan iborat. Konvensiya uchta bobga ajratilgan bo’lib, ular quyidagilarni qamrab oladi: milliy darajada qo’llaniladigan choralar, xalqaro nazorat va bajarilishi ustidan nazorat hamda yakuniy qoidalar. Konvensiyani ratifikatsiya qilish chog’ida davlatlar uning printsiplari va normalarini, o’zlarining muayyan holatlarini hisobga olgan holda o’zlarining ichki qonunchiliklariga kiritish majburiyatini o’z zimmalariga oladilar. Konvensiyada quyidagi masalalar ko’rib chiqiladi: javobgarlik (davlatlaming oshkora mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan korrupsiya aktlari uchun javobgarligini qo'shgan holda); jabrlanuvchining ehtiyotsizligi: tovon miqdorini kamaytirish yoki vaziyatdan kelib chiqqan holda uni rad etish; bitimlaming yuridik kuchi; korrupsiya haqida xabar beruvchi mansabdor shaxslarni himoya qilish; hisobotlar va auditlaming ishonchligi va aniqligi; dalillar olish; sudlarning yakuniy qarorni ijro etish uchun zarur bo’lgan mulklarning butligi to’g’risidagi farmoyishi va ko’rib chiqilayotgan masala hal etilgunga qadar mavjud holatni ushlab turishi; xalqaro hamkorlik. Korrupsiyaga qarshi davlatlar guruhi (GREKO) Konvensiyaga qo’shilgan ishtirokchi davlatlar o’z zimmalariga olgan majburiyatlarning bajarilishi ustidan monitoringni amalga oshiradilar. Ushbu Konvensiya - Yevropa Kengashiga a’zo davlatlar, a’zo bo’lmagan, uni tayyorlashda ishtirok etgan davlatlar (Belarus, Bosniya va Gersegovina. Kanada, Vatikan, Yaponiya, Meksika hamda Amerika Qo’shma Shtatlari) hamda Yevropa Hamjamiyati uchun ochiq. Hali GREKO a’zosi bo’lmagan davlatlar, Konvensiyani ratifikatsiya qilish chog’ida avtomatik ravishda Konvensiya kuchga kirgan sanadan boshlab GREKO a’zosiga aylanadi. Shunday qilib, Yevropa Kengashi ham transmilliy, ham davlat ichidagi korrupsiyaga qarshi yo’naltirilgan, birinchi galda uning tomonidan erishiladigan geografik chegaralarda yanada samaraliroq huquqiy o’zaro yordam ko’rsatish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida huquqiy normalarning uyg’unlashgan modelini yaratadi. Download 3.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling