Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. OLAF tizimi, tuzilishi va tarkibi.
- Bosh direktor maslahatchilari
- Bosh direktor yordamchilari
- 3. OLAFning vakolati doirasi
- BMT XAVFSIZLIK KENGASHI TOMONIDAN QO‘SHIMCHA ORGANLAR SIFATIDA TUZILADIGAN AD HOC XALQARO JINOYAT TRIBUNALLARI
- Xalqaro jinoyat tribunallarining ad hoc
- Xalqaro tribunalni tashkil etish.
81 См.: А.Волеводз. Международные правоохранительные организации: учебное пособие – М., Проспект, 2011. С.92. 115 Tergovlarni o‘tkazishda qonuniylik prinsipi yuqorida qayd etilgan qarorlar va reglamentlar qoidalarining tergovni amalga oshiruvchi OLAF mansabdor shaxslari tomonidan qat‘iy va izchil bajarilishi lozimligini anglatadi. Tergovni o‘tkazishda Mustaqillik prinsipi.Komissiyaning 1999-yil 28- apreldagi qarorining 3-moddasiga muvofiq OLAF ma’muriy tergovni (ya’ni OLAFning ichida o‘z xodimlariga nisbatan tergovni), ichki ya’ni (YIning institutlari ixtisoslashtirilgan organlari va muassasalari ichida o‘tkaziladigan tergov), tashqi tergovlarni amalga oshirishda Mustaqildir 82 . OLAFning to‘la Mustaqilligi aynan shunda ifodalanadi. 2. OLAF tizimi, tuzilishi va tarkibi. OLAFning funksional Mustaqilligi bugungi kunda ikki mexanizm: OLAF bosh direktori va nazorat qo‘mitasi tomonidan ta‘minlanadi. OLAF Bosh direktori tomonidan tayinlanadi, komissiya shtati tarkibiga kiradi va uning oldida intizomiy javobgarlikka tortiladi. Biroq uni tayinlash komissiyaning boshqa xizmatchilarini tayinlashdan tubdan farq qiladi. Bosh direktor Nazorat qo‘mitasi, Yevropa palatasi va Vazirlar Kengashining konsultativ maslahatidan so‘ng bir ovozdan tayinlanadi. Bosh direktor OLAF shtatini shakllantiradi. O‘z tashabbusiga ko‘ra Bosh direktor Mustaqil tergovni amalga oshirishga vakolatli. Bosh direktor komissiya muayyan ish bo‘yicha OLAF Mustaqilligini cheklayapti deb topgan muayyan holatlarda komissiyaning bu harakatlari ustidan Yevropa sudiga murojaat qilishga haqli. Bosh direktor ma’muriy, ichki va tashqi tergovlarni amalga oshirish 82 Official Journal of the European Communities № L 136. 31 May 1999. Brussels, 1999. - P.21 116 ustidan ichki nazoratni Mustaqil ravishda amalga oshiradi. Nazorat qo‘mitasi OLAF faoliyatini muntazam ravishda nazorat qilib boruvchi va unga YIning institutlari ixtisoslashtirilgan organlari va muassasalari mansabdor shaxslari aralashuvini oldini olishga haqli yagona organ hisoblanadi. Qo‘mita OLAF shtati tarkibiga kirmaydigan 5 ta Mustaqil xodimdan iborat tarkibda shakllantiradi. Bosh direktor muntazam ravishda OLAF tomonidan amalga oshiriladigan tekshiruvlar to‘g‘risida qo‘mitani xabardor qilib borishi lozim. Tergovni amalga oshirishda inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari muhofazasini ta‘minlash prinsipi. Gumon qilinuvchiga huquqiy yordam ko‘rsatishning majburiyligi (himoya huquqi); aybsizlik prezumpsiyasi; so‘roqni so‘roq qilinayotgan shaxs tanloviga ko‘ra YIning rasmiy tillaridan birida olib borilishi; so‘roq bayonnomasi nusxasining so‘roq qilinayotgan shaxsga taqdim etilishi; so‘roqda olingan ma‘lumotlarning oshkor etilmasligi va boshqalar tergovni amalga oshirishda inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari muhofazasini ta‘minlash prinsipini amalga oshirishning asosiy kafolati hisoblanadi. OLAF tergovni amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslarning asosiy huquqlariga rioya etilishini ta‘minlaydi va buni o‘z xodimlariga ko‘rsatmalar berish orqali hayotga joriy etishga intiladi. Tashqi nazoratning majburiyligi prinsipi. Nazorat Qo‘mitasi, Yevropa Parlamenti, Komissiya, Hisob palatasi, YI sudi, Yevropa Ombudsmani quyidagi tartibda OLAF faoliyati ustidan tashqi nazoratni amalga oshiradi. OLAF Bosh direktori tomonidan tayinlanadi, komissiya shtati tarkibiga kiradi va uning oldida intizomiy javobgarlikka tortiladi. Bosh direktor Nazorat qo‘mitasi, Yevropa palatasi va Vazirlar Kengashining konsultativ maslahatidan so‘ng bir ovozdan 5 yil muddatga tayinlanadi (1999-yil 28-apreldagi komissiya qarorining 5-moddasi). Bosh direktor maslahatchilari OLAF faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha konsultativ yordam ko‘rsatish uchun tayinlanadi. Bular: Bosh maslahatchi, xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchi, korrupsiya maslalari bo‘yicha maslahatchi. Bosh direktor yordamchilari bevosita direktorning vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan joriy ishni tashkil etadi. Bular: siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchi va ish yurituvi bo‘yicha yordamchi. Operativ xodimlar va ma’muriy personal o‘z faoliyatini 4 alohida boshqarma tarkibida amalga oshiradi va faqat Bosh direktorga bo‘ysunadi. 117 “A” va “V” Boshqarmalar ichki va tashqi tergovni o‘tkazadi, OLAF vakolatiga kiritilgan ishlar bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi. Mazkur boshqarmalarning shtatlariga aksariyati moliyaviy jinoyatlarni tergov qilishga ixtisoslashgan milliy tergov organlaridan ko‘chiriluvchi OLAF tergovchilari kiradi. “S” boshqarmasi o‘z faoliyatini firibgarlik, korrupsiya yoki YI moliyaviy manfaatlariga zarar etkazuvchi boshqa noqonuniy harakatlarga qarshi kurash bo‘yicha qonunchilik va siyosatni ishlab chiqish sohasida amalga oshiradi. “D” boshqarma umumiy masalalar Shu jumladan OLAF faoliyatining axborot ta‘minoti bilan shug‘ullanadi. Aksariyat holatlarda tashqi tergov, ya’ni YI a’zo davlatlarida sodir etilgan firibgarlik tergovi amalga oshiriladi. 3. OLAFning vakolati doirasi OLAFga YIning institutlari ixtisoslashtirilgan organlari va muassasalari Shu jumladan Yevropa parlamenti kengashi va komissiyasi, Yevropa markaziy banki va Yevropa investitsiya banklari mansabdor shaxslariga nisbatan ichki tekshiruvni olib borish vakolati berilgan. OLAF ichki tekshiruvi faqat YIning institutlari ixtisoslashtirilgan organlari va muassasalari bilan cheklanmaydi. Ular YI bilan shartnomadan daromad olgan yoki YI tomonidan moliyalashtiriladigan boshqa korxonalarni ham qamrab oladi. Shu bois, bitta ichki tergov ko‘p sonli tashqi tergovlar uchun asos bo‘lishi mumkin va bu holat amalda ko‘plab uchraydi. Bundan tashqari OLAF YI a’zo davlatlari murojaatlari asosida tashqi tekshiruvlarni o‘tkazishga vakolatli. Biroq tashqi tergovni amalga oshirish tartibi qator qat‘iy cheklovlarga ega. OLAF tergovchilari voqea joyini ko‘zdan kechirish, hujjatlarni tadqiq etish, guvohlarni so‘rov qilishga haqli. Mazkur protsessual harakatlarni amalga oshirishda YI ning manfaatdor a’zo davlatining vakolatli organlarini ogohlantirish va ushbu protsessual harakatlarni tegishli suveren davlat hududida o‘tkazish uchun tegishli ruxsatnoma olish talab etiladi. Shu bilan OLAF tergovchilari Mustaqil ravishda amalga oshirishlari mumkin bo‘lgan protsessual harakatlar doirasi chegaralangan. OLAF tergovchilari YI a’zo davlatlari hududida majburlov tusidagi qandaydir protsessual harakatlar (tintuv, mol mulkni xatlash, boshqa ta’sir 118 choralarini qo‘llashga) ni amalga oshirishga vakolatli emas. Amalda OLAF funksiyalari Mustaqil tergovni amalga oshirishga doir bo‘lib, uning materiallari firibgarlik yoki YI moliyaviy manfaatlariga ta’sir qiluvchi boshqa jinoyatlarni sodir etgan shaxslar fuqarosi hisoblangan mamlakatlarning milliy qonunchiligiga muvofiq jinoiy ta‘qibni amalga oshirishga asos bo‘ladi. Shakllangan amaliyotga ko‘ra OLAF tergovi tergov predmeti hisoblangan ish yuzasidan vakolatli milliy sud yakuniy sud qarori chiqargandan so‘ng tugallangan hisoblanadi. YI a’zo davlatlari aksariyatining konstitutsiyaviy va jinoyat protsessual qonunchiligi jinoyat ishlari bo‘yicha ish Yurituvida qonunbuzilishi bilan olingan dalillarni qo‘llashni istisno etadi. Jinoyat protsessual qonunchiligining buzilishi bilan olingan dalillar nomaqbul hisoblanadi. Nomaqbul dalillar yuridik kuchga ega emas va ayblov asosini tashkil eta olmaydi, shuningdek, isbotlash predmetiga kiruvchi holatlarni aniqlashda ham qo‘llanilmaydi. Mazkur umumiy qoidalarga amal qilib milliy sudlar asosli ravishda dalillar mazkur sud davlati qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda to‘planishini talab etadi. Mazkur muammo ayrim olimlar tomonidan OLAF ta’sis etilgunga qadar qayd etilgan bo‘lib, ular bu huquq faqat ichki tergovni amalga oshirilishi uchun berilishi lozim, zero tashqi tergovlarni amalga oshirishda jinoyat ish yurituvida milliy yurisdiksiyaning ustuvorligi masalasi yuzaga keladi degan fikrni ilgari surganlar 83 . Shu munosabat bilan OLAF tomonidan tashqi tergovlarni amalga oshirishda qo‘lga kiritilgan dalillarning maqbulligini ta‘minlash masalasi amalda OLAF tergovchilari hamda hududida muayyan jinoyatlar bo‘yicha tergov olib borilayotgan davlatlarning vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilash yo‘li bilan hal etilmoqda. 2003-yil aprelda OLAF va YevroYus faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi va unda jinoyatlar to‘g‘risida axborot almashinuvi, tashkilot vakillarini maslahatlashuvlar va birgalikdagi qo‘shma konferensiyalarni o‘tkazishga jalb etish masalalari qamrab olindi 84 . Yevropol bilan hamkorlik borasida so‘z borganda OLAF mazkur hamkorlikni muayyan ichki va tashqi tergovlar doirasida amalga 83 Strengthening OLAF, European Anti-Fraud Office/Report with Evidence. - London, 2004. - P. 24. 84 Judicial Cooperation in the EU: the role of Eurojust / Report with Evidence. - London, 2004. - P. 26-27. 119 oshiradi. Firibgarlikka qarshi kurashish bo‘yicha Yevropa byurosi (OLAF) faoliyatiga bojxona sohasidagi firibgarlikka qarshi kurash masalalarining kiritilishi uning YI mamlakatlari bilan umumiy bojxona chegaralariga ega davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik zaruratini yuzaga keltirdi. NAZORAT SAVOLLARI: 1. Nima uchun EIda firibgarlikka qarshi kurashish bo‘yicha OLAF tashkiloti tashkil etilgan? 2. Firibgarlikka qarshi kurashish bo‘yicha OLAFning huquqiy asoslarini yoriting. 3. Firibgarlikka qarshi kurashish bo‘yicha OLAFning prinsiplarini ochib bering. 4. Firibgarlikka qarshi kurashish bo‘yicha OLAFning vazifalariga to‘xtaling. 5. Firibgarlikka qarshi kurashish bo‘yicha OLAFning Evropol tashkilotidan farqli jihatlari? 6. Firibgarlikka qarshi kurashish bo‘yicha OLAFning tizimi, tuzulishi va tarkibini ochib bering. 7. Firibgarlikka qarshi kurashish bo‘yicha OLAFning vakolatlari qanday? KAZUS Turkiya fuqarosi Mexmet Unur Yaqin Sharq davlatlari hududida bir qator og‘ir jinoyatlar, jumladan terroristik harakatlarni sodir etib, O‘zbekiston hududida bo‘lgan vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar organi tezkor xodimlari tomonidan ushlangan. Turkiya davlati vakolatli organlari Mexmet Unur Turkiya fuqarosi ekanligi sababli uni Turkiyaga ekstraditsiya qilishni so‘ragan. Shu bilan birga, Interpol vakili Mexmet Unur xalqaro terrorist ekanligi, ko‘pgina davlatlar hududida terakt sodir etganligi sababli qidiruvdaligini ta'kidlab, uni Xalqaro jinoyat sudiga berishni talab qilgan. Shuningdek, Mexmet Unurni ekstraditsiya qilish bo‘yicha Iordaniya Qirolligi, Siriya, Misr davlatlari vakolatli organlaridan ham so‘rovlar kelib tushgan. 1. Mazkur holatga huquqiy baho bering. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar faoliyatini tartibga soluvchi asosiy xalqaro huquqiy hujjatlar haqida ma‘lumot bering. 120 2. Bir qancha davlatlar hududida terroristik harakatlarni sodir etgan chet el fuqarolarini jinoiy javobgarlikka tortish masalasini Xalqaro jinoyat sudida ko‘rishga asos mavjudmi? 3. Turkiya davlatining ekstraditsiya bo‘yicha talabnomasi asoslimi? 4. Iordaniya, Siriya, Misr davlatlari vakolatli organlarining ekstraditsiya talabnomasi asoslimi? 5. Xulosalaringizda xalqaro huquqni muhofaza qilish faoliyatini tartibga soluvchi normalarga asoslaning. XI BOB BMT XAVFSIZLIK KENGASHI TOMONIDAN QO‘SHIMCHA ORGANLAR SIFATIDA TUZILADIGAN AD HOC XALQARO JINOYAT TRIBUNALLARI 121 1. Ad hoc xalqaro jinoyat tribunallarini tashkil etilishi va faoliyatining huquqiy asoslari. 2. Ad hoc xalqaro jinoyat tribunallari jinoyat sudlovi bosqichlari. 1. Ad hoc xalqaro jinoyat tribunallarini tashkil etilishi va faoliyatining huquqiy asoslari Bosh kotibning 1993-yil 17 va 3-maydagi 85 sobiq Yugoslaviya hududidagi xalqaro gumanitar huquq qoidalarining keng miqyosda va qo‘pol buzilishi to‘g‘risidagi maruzasini ko‘rib chiqib, BMT Xavfsizlik Kengashi BMT Ustavining 12-bobi qoidalariga asoslangan holda 827 (1993) 86 rezolyutsiyasi orqali 1991-yil 1- yanvardan sobiq Yugoslaviya hududidagi xalqaro gumanitar huquq qoidalarining keng miqyosda va qo‘pol buzilishi uchun javobgar bo‘lgan shaxslarni sudga tortish maqsadida Xalqaro jinoyat tribunallarining ad hoc (bundan keyingi o‘rinlarda SYXT deb yuritiladi ) tashkil etilgan. 2014-yilda SYXT tashkil etilganligiga 20 yil to‘ldi. Xalqaro gumanitar huquqi shartnoma va odat huquqi normalari bilan ifodalanadi. Xalqaro shartnoma huquqi normalari qurolli to‘qnashuvlar davrida qo‘llangan va 1949-yil 12-avgustdagi Urush qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyalarida, 1907- yil 18-oktabrdagi Quruqlik urushi qoidalari va odatlari to‘g‘risidagi Gaaga konvensiyasi (IV) va unga ilova bo‘lgan Qarorlar; 1948- yil 9- dekabrdagi Genotsid jinoyatlarining oldini olish va ular uchun jazolash to‘g‘risidagi Konvensiya va 1945-yil 8-avgustdagi Xalqaro harbiy tribunal Ustavida o‘z ifodasini topgan. Xalqaro tribunalning hududiy yaxlitliligi sobiq Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasining butun hududiga, shu jumladan, 85 Док. ООН S/25704 (3 мая 1993 г.). 86 Док. ООН S/RES/827 (25 мая 1993 г.). 122 quruqlik, havo va suv hududiga nisbatan tatbiq etiladi. Xalqaro tribunalning vaqtincha yurisdiksiyasi 1991-yil 1-yanvardan boshlangan davrda amal qilinadi. RXT 1994-yildagi Ruanda davlati hududida va Ruanda fuqarolari tomonidan qo‘shni davlatlar hududida sodir etilgan jinoyatlarni ko‘rib chiqishda vakolatli hisoblanadi. Xalqaro tribunal va milliy sudlar 1991-yil 1-yanvardan sobiq Yugoslaviya hududidagi xalqaro gumanitar huquq qo‘pol buzilishi uchun javobgar bo‘lgan shaxslarni sudga tortishda parallel yurisdiksiyaga ega. Bunda Xalqaro tribunal Yurisdiksiya milliy sudlar yurisdiksiyasiga nisbatan ustuvorlikka ega. Sud muhokamasining istalgan bir bosqichida Xalqaro tribunal milliy sudlardan SYXT Ustaviga hamda Xalqaro tribunalda isbot qilish va ishni ko‘rish qoidalarga muvofiq ish bo‘yicha ish yurituvini berilishini rasman talab qilishi mumkin. Xalqaro tribunallarning ustuvorligi ularga milliy sudlardan u yoki bu ish bo‘yicha ish yurituvini to‘xtatishni so‘rash huquqini beradi: bunday holatlarda milliy sudlar tomonidan qo‘zg‘atilgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishlari to‘xtatiladi va xalqaro tribunalga o‘tkaziladi. Mazkur ustuvorlik yana shunda ko‘rinadiki u yoki bu ish yuzasidan xalqaro tribunal tomonidan sud qarori chiqarilganda, milliy sud instansiyalari ayni shu qilmish yuzasidan yangitdan ish qo‘zg‘atishlari mumkin emas. Tribunallarining Ustavlari mazkur qoida non bis in idem prinsipiga havola bilan keltiriladi. Mazkur prinsipga muvofiq, xalqaro gumanitar huquq qo‘pol buzilishi uchun milliy sud tomonidan javobgarlikka tortilgan shaxs keyinchalik xalqaro tribunal tomonidan faqat quyidagi holatlarda javobgarlikka tortilishi mumkin: a) agar u javobgarlikka tortilgan qilmish oddiy jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilingan bo‘lsa; yoki 123 b) milliy sud Mustaqil va xolis bo‘lmagan va ayblanuvchini xalqaro sudlovdan himoyalash uchun mo‘ljallangan bo‘lsa yoxud ish to‘la tergov qilinmagan bo‘lsa. Sobiq Yugoslaviya bo‘yicha Xalqaro tribunalga topshirish uchun ushlangan dastlabki shaxslar Kozarach munitsipalitetida Serb Demokratik partiyasi raisi Dushko Tadich (1994-yil fevralida Germaniyada ushlangan, 1995-yil 24-aprelida Tribunal ixtiyoriga berilgan), Bosniyadagi serb armiyasi Bosh shtabidan general Djorde Djukich (Bosniya va Gersegovinada ushlangan va 1996-yil 12-fevralida Tribunal ixtiyoriga berilgan), Xorvat Ittifoq mudofaasi qurolli kuchlarida Markaziy Bosniya operativ hududiga qo‘mondoni general Tixomir Blashkich, (1996-yil 1- aprelida ixtiyoriy ravishda Tribunalga kelgan); Bosniya armiyasi birinchi taktik guruhi qo‘mondoni, Konich hududida Bosniya Musulmonlari va xorvat kuchlari muvofiqlashtirilishi uchun javobgar bo‘lgan Zeynil Delalich (Germaniyadagn 1996-yil 18-martda ushlangan, 1996-yil 8-mayda Tribunal ixtiyoriga berilgan) bo‘lganlar 87 . Mazkur ro‘yxat sobiq Yugoslaviya bo‘yicha Xalqaro tribunal nizoning turli tomoniga tegishli bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortganligidan, va ushlangan shaxslar harbiy va fuqaro iyerarxiyasining turli darajalarini taqdim etuvchi shaxslar ekanligidan dalolat bermoqda. Hokimiyat barcha eshelonlari vakillariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish orqali xalqaro gumanitar huquq qo‘pol buzganlik uchun turli darajadagi javobgarlikni belgilashga intilgan. Biroq barcha kurashuvchi tomonlarga tegishli bo‘lgan va harbiy hamda fuqarolik ma’muriyatining turli bo‘g‘inlarida xizmat qilgan shaxslarga qarshi jinoyat ishini qo‘zg‘atib, 87 С. Лауччи. Преследовать в судебном порядке и обеспечивать судебное преследование лиц, совершивших серьёзное нарушение международного гуманитарного права. МККК. Сборник статей. 2011г. С.55. 124 Tribunal sobiy Yugoslaviyada sodir etilgan jinoyatlarga aloqador bo‘lgan barcha shaxslarni, istisnosiz potensial ayblanuvchilar doirasiga kiritgan. Tribunal o‘zining siyosiy va harbiy iyerarxiyadagi yuqori mavqeiga asosan uning vakolatiga kiruvchi jinoyatlarni sodir etish to‘g‘risida buyruq berishga yoki bunday jinoyatlarning oldini olish yoki ularni sodir etgan shaxslarni jazolashdan o‘zini saqlab qoluvchi shaxslarni javobgarlikka tortishga jiddiy asoslarga ega. Bunday shaxslar “buyruqlarni bajarishdan tashqari bu bilan xalqaro jamoat tartibini buzadilar (Karadjich, Mladich va Stanishich ishi, IT-95-5-D). Xalqaro tribunalni tashkil etish. Xalqaro tribunal quyidagi organlardan iborat: ikki (BMT Xavfsizlik Kengashining 1166(1998)- rezolyutsiyasi bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan uchta) kamerani o‘z ichiga oluvchi Sud kameralari va Apellyatsiya; ayblanuvchi kameralari; ham kameralarni, ham Qoralovchiga xizmat ko‘rsatuvchi kotibiyat. Bugungi kunda SYXT prezidenti Teodor Meron hisoblanadi. SYXT Ustavining 12-moddasiga muvofiq, kameralar 16ta doimiy Mustaqil sudyalardan iborat bo‘lib, ular ichida ayni bir davlatning ikki fuqarosi bo‘lishi mumkin emas va istalgan vaqt oralig‘ida eng ko‘pi bilan to‘qqizta ad litem Mustaqil sudyalari bo‘lishi lozim. Uchta doimiy sudya va eng ko‘pi bilan oltita ad litem Mustaqil sudyalari har bir Sud kamerasi tarkibiga kiradi. Doimiy sudyalarning yettitasi apellyatsiya kamerasi tarkibiga kiradi. Har bir Apellyatsiyani ko‘rib chiqishda apellyatsiya kamerasi o‘z a’zolarining besh kishidan iborat tarkibda majlis qiladi. Boshqaxalqaro maxsus (ad hoc)va aralash jinoyat sudlaridan hamda ularning sud, ayblovchi, tergovchi sudyalarning va ma’muriyatning tarkibi turli davlatlar vakillari va xalqaro qatnashchilari tashkil qilsa, XSesa doimiy tashkilot hisoblanadi. Uning vakolatiga Rim statuti qabul qilingandan so ‘ ng sodir etilgan jinoyatlar kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling