Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


Ad hoc xalqaro jinoyat tribunallari jinoyat sudlovi bosqichlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana14.10.2017
Hajmi5.01 Kb.
#17825
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19

Ad hoc xalqaro jinoyat tribunallari jinoyat sudlovi bosqichlari 
 
Jinoyat  protsessi  SYXT  doirasida  ustav  qoidalari  bilan  tartibga 
solinadi va SYXT jarayonlari va isbotlash qoidalarida detallashtiriladi. 
SYXT Prokurorsi XGH qo‘pol buzilishi  masalalari uchun javobgar 
bo‘lgan  shaxslar  ayblov  va  tergov  ishlari  uchun  javob  beradi.  Prokuror 
Xalqaro tribunaldan alohida organ sifatida Mustaqil harakat qiladi. Uning 
kanselariyasi Prokuror va talab etilishi mumkin bo‘lgan boshqa malakali 
xodimlardan iborat. Prokuror Xavfsizlik Kengashi tomonidan Bosh kotib 
tavsiyasiga ko‘ra tayinlanadi. 
Prokuror  Mustaqil  hisoblanadi.  U  tashqi  organlar,  ya’ni  hukumat 
yoki  xalqaro  tashkilotlar  yoxud  Tribunalning  boshqa  ikki  organidan 
ko‘rsatmalar  yoki  tavsiyalar  olmaydi.  BMT  Xavfsizlik  Kengashi 
rezolyutsiyalari  va  SYXT  Statutiga  muvofiq  a’zo  davlatlar  tergov  va 
jinoiy  ta‘qibni  amalga  oshirish  vaqtida  prokuror    Kanselariyasi  bilan 
hamkorlik qilishi lozim.  
1999-yildan  2007-yilga  qadar  SYXT  prokurori  Karla  del  Ponte 
(Shveytsariya)  bo‘lgan.  2008-yildan  Serj  Brammers  (Belgiya)  prokuror 
bo‘lgan. 
Shunday  qilib,  prokurorkanselariyasi  tergovga  rahbarlik  qiladi  va 
sudda  ayblovni  quvvatlaydi.  Ayblov  hujjati  sudya  tomonidan 
tasdiqlanganidan so‘ng dastlabki ish yurituv bosqichida ishni  mazmunan 
ko‘rish  Sudpalatasida  o‘tkaziladi,  ishni  mazmunan  ko‘rib  chiqish 
bo‘yicha  ochiq  protsess  boshlanadi.  Apellyatsiya  yuboriladi  va 
Apellyatsiya palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
88
 
Prokuror  ishni  tergovni  ex-officio  yoki  har  qanday  manbadan, 
avvalo,  hukumatlardan,  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  organlari, 
hukumatlararo  va  nohukumat  tashkilotlaridan  olingan  ma‘lumotlar 
asosida boshlaydi. Prokuror olingan yoki topilgan  ma‘lumotni baholaydi 
va muhokama uchun asoslar yetarli ekanligi yuzasidan qaror qabul qiladi. 
Shu  maqsadda  u  ayblanuvchilarni,  jabrlanuvchi  va  guvohlarni  so‘roq 
qilish,  dalillar  to‘plash  va  joyda  tergov  olib  borish  vakolatiga  ega. 
Mazkur  funksiyalarni  amalga  oshirishda  prokuror  zarurat  tug‘ilganda 
tegishli davlat hokimiyati organlariga murojaat etishi mumkin. 
Sud  muhokamasi  uchun  asoslar  mavjudligi  aniqlansa,ayblanuvchi 
ayblov xulosa tuzadi va unda jinoyatga doir ma‘lumotlar va jinoyat sodir 
                     
88
 См. Устав МТБЮ ст.ст. 11-25.// http://www.un.org. 
 

126 
 
etganblikda  ayblanayotgan  shaxsning  jinoyatlari  qisqacha  bayon  etiladi. 
Ayblov  xulosa  Sud  kamerasi  sudyasiga  yuboriladi  (Ustavning  12-
moddasi). 
Ayblov  aktidagi  barcha  jinoyatlar  Tribunal  Ustavining  3-moddasi 
asosan  ayblanadi.  3-moddani  qo‘llash  uchun  ikki  shartga  amal  qilinishi 
taqozo etiladi. Birinchidan, huquqbuzarliklar sodir etilgan vaqtda, qurolli 
nizo Yuzaga kelgan bo‘lishi talab etiladi. Ikkinchidan, mejdu qurolli nizo  
va  huquqbuzarlik  o‘rtasida  uzviy  aloqa  bo‘lishi  talab  etiladi  va  bu 
sudlanuvchining  harakatlari  harbiy  harakatlar  bilan  uzviy  aloqador 
ekanligini  anglatadi.  Qurolli  nizo  jinoyatning  sodir  YItlishiga  sabab 
bo‘lmasligi  lozim,  biroq  qurolli  nizoning  mavjudligi  jinoyatchining 
jinoyatni sodir etish imkoniyatlariga, jinoyat sodir etilgan jinoyatni sodir 
etish usuli va maqsadiga ta’sir etishi lozim. 
Tribunal  ishini  yakunlash  strategiyasiga  muvofiq,  yakuniy  ayblov 
xulosalari  2004  yilning  oxirida  kiritilgan.  2011-yilda,  ko‘p  yillik 
qochqinlardan so‘ng Ratko Mladich va Goran Xadjich, xibsga olingan va 
Gaagaga  topshirilgan,  shu  bilan  tribunal  tomonidan  sudlangan  161 
ayblanuvchi 
shaxsdan 
birortasi 
ham 
ozodlikda 
qoldirilmasligi 
ta‘minlandi.  
Sud  muhokamasining  boshlanishi  va  olib  borilishi,  shuningdek 
ayblanuvchining  huquqlari  SYXT  Ustavining  20-22  moddalari  bilan 
tartibga solinadi. 
Sudkameralari  tomonidan  qaror  va  hukmlar  chiqariladi  va  xalqaro 
gumanitar  huquq  qo‘pol  buzilishi  uchun  ayblanayotgan  shaxslarga  jazo 
tayinlanadi.  Qaror  Sudkamerasi  sudyalarining  ko‘pchilik  ovozi  bilan 
qabul  qilingan  va  Sudkamerasi  tomonidan  ommaviy  ravishda  e’lon 
qilingan.  U  yozma  shakldagi  asoslantirilgan  fikr  bilan  birga  beriladi  va 
unga shuningdek, alohida fikrlar ham ilova qilinishi mumkin. 
Kotibiyat  ma’muriy  funksiyalarni  bajarish  va  Xalqaro  tribunalga 
xizmat  ko‘rsatish  uchun  javob  beradi.  Xalqaro  jinoyat  sud  muassasining 
unikal  (o‘ziga  xos)  tavifi  Kotibiyatni  quyidagi  murakkab  vazifalar 
kompleksi markaziga qo‘yadi: 
-  guvohlar  bilan  ishlash,  ularni  jarayonga  tayyorlash  va  guvohlarni 
himoya qilish bo‘yicha dasturiga amal qilinishini kuzatib borish;  
- Kameralarga huquqiy yordam ko‘rsatish (Kotibiyatning ko‘p sonli 
yuridik personali sudyalarga, xalqaro jinoyat huquqi, xalqaro huquq inson 
huquqlari sohasida va gumanitar huquq sohalarida turli masalalr bo‘yicha 
tadqiqotlar o‘tkazish, sud muhokamasi davrida taqdim etilgan dalillar va 
hujjatlarni  qayta  ishlash  va  boshqalarda  yordam  ko‘rsatish  orqali 

127 
 
sudyalarga ko‘maklashadi); 
-  huquqiy  yordam  (Tribunal  tomonidan  moliyalashtiriladigan 
himoyachini tayinlash);  
- Tergov izolatori faoliyatini kuzatib borish; 
- tribunal va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi aloqalar
- axborotma’rifiy faoliyat; 
-  hujjatlar  tarjimasi,  sifatli  sinxron  tarjimani  ta‘minlash, 
terminologiya va boshqalarni muvofiqlashtirish va boshqalar. 
Sudyalar tashabbusiga ko‘ra SYXT  faoliyatini tugatish  Strategiyasi 
ishlab  chiqilgan  va  u  2002-yilda  Xavfsizlik  Kengashi  tomonidan 
maqullangan. 
BMT 
Xavfsizlik 
Kengashining 
2003yildagi 
1503-son  
rezolyutsiyada  sobiq  Yugoslaviya  bo‘yicha  Xalqaro  tribunaliga  (SYXT) 
va Ruanda bo‘yicha Xalqaro tribunal (RXJT)ga  2004-yil oxiriga barcha 
tergovni  yakunlash  bo‘yicha  zaruriy  choralarni  ko‘rish,  birinchi 
instansiya  sud  jarayonlarini  2008-yil  oxiriga  va  butun  ishni  2010-yilda 
tugatishga 
chaqirgan, 
shuningdek 
SYXT 
va 
RXJT 
raisi 
va 
ayblovchilariga 
murojaatlarida 
o‘zlarining    yillik  hisobotlarida 
Kengashga ishni yakunlashga doir  o‘z rejalarini bayon  etish so‘raganlar. 
Ishni tugatish Strategiyasi to‘g‘risidagi oxirgi xisobot 2014-yil 16-mayda 
taqdim  etilgan
89
.  Strategiyaga  ko‘ra,  jinoiy  ta‘qib  va  sud  muzokaralari 
«SYXT  yurisdiksiyaga  kiruvchi  jinoyatlarni  sodir  etganlik  uchun  eng 
katta  javobgarlikka  ega  Yuqoriroq  mavqedagi  rahbarlarga”  e’tibor 
berilishi bayon etilgan. Qolgan barcha ishlar Bosniya va Gersegovina va 
hududdagi  doirasida  jinoiy  javobgarlikka  tortilishi  uchun    milliy 
Yurisdiksiyaga berilishi lozim. 
2005-2007-yillar  mobaynida  Tribunal,  Xavfsizlik  Kengashining 
1503 (2003) va 1534 (2004)-Rezolyutsiyalari asosida harakat qilib, milliy 
sud organlariga umumiy hisobda  o‘rta va quyi pog‘onadagi lavozimlarni 
egallagan  13  aybdor  jalb  etilgan  sakkiz    ishni  topshirgan.  Bu  tribunal 
umumiy ish hajmining bir qadar kamayishiga olib keldi va nisbatan qisqa 
muddatlarda  eng  yuqori  darajadagi  rahbarlarning  ishlari  bo‘yicha  sud 
muhokamasiga  kirishiga  imkon  berdi.  Bundan  tashqari  ishlarning  bir 
qismini  milliy  sudlarga  o‘tkazib,  Tribunal  sobiq  Yugoslaviyadagi  milliy 
sud  organlari  bilan  o‘z  munosabatlarini  yaxshilash  va  ushbu  sudlar 
imkoniyatlarini kengaytirishga erishdi. Milliy sudlarga ishi o‘tkazilgan 13 
ayblanuvchi xususida so‘z yuritilganda qayd etish joizki, ulardan 12 tasi 
                     
89
См.: UN. Doc. S/2014/351// http://www.un.org. 

128 
 
o‘z nihoyasiga etkazilgan. Tribunal o‘z faoliyatini deyarli tugatganligi va 
ayb e’lon qilingan barcha shaxslar uning o‘z tasarrufida jazolanmaslikka 
nuqta  qo‘yish  va  sobiq  Yugoslaviyada  huquq  ustuvorligini  ta‘minlash 
borasida egaligi xalqaro hamjamiyatning qat‘iyatidan dalolat bermoqda. 
Ruanda  davlati  hududida  va  Ruanda  fuqarolari  tomonidan 
qo‘shni  davlatlar  hududida  1994-yil  1-yanvardan  31-dekabriga 
qadar  sodir  etilgan  genotsid  va  xalqaro  gumanitar  huquq  boshqa 
qo‘pol  buzilishlari  uchun  javobgar  bo‘lgan  shaxslarni  sud  qilish 
uchun  Xalqaro  jinoyat  tribunali  (bundan  keyingi  o‘rinlarda  RXJT 
deb  yuritiladi)  tuzilgan.  Ruanda  davlati  hududida  1994  yilda  sodir 
etilgan  qo‘pol  jinoyatlar  RXJTning  tuzilishiga  olib  keldi.  Ruandada 
genotsid  amalga  oshirilganligi  to‘g‘risidagi  BMTning  birinchi  rasmiy 
ma’ruzasi  Inson  huquqlari  bo‘yicha  BMT  Komissiyasi  maxsus 
ma’ruzachisi  tomonidan  1994-yil  28-iyunda  e’lon  qilingan.  Ma’ruzada 
Inson  huquqlari  bo‘yicha  BMT  Komissiyasi  maxsus  ma’ruzachisi  Bakra 
Vali  Ndiayaning  1993-yil  8-apreldan  17-aprelga  qadar  sodir  etilgan 
sudsiz,  ommaviy  va  o‘zboshimchalik  qatllari  masalasida  tashrifi 
to‘g‘risida ma‘lumot keltirilgan.  
2014-yil 1-iyulda Xavfsizlik Kengashi tomonidan Ruandadagi XGH 
buzilishlarini  ko‘rib  chiqish  uchun  ekspertlar  komissiyasi  ta’sis  etildi. 
Komissiya  tomonidan  Bosh  kotibning  1994-yil  1-oktabrdagi  xatida 
keltirilgan  (S/1994/1125)  Ruandadagi  xalqaro  gumanitar  huquq 
normalarining buzilishi to‘g‘risida  ma’ruza tayyorlandi. Komissiya sodir 
etilgan jinoyatlarning og‘irlik darajasini inobatga olgan holda jinoyatlarni 
sodir  etishda  aybdor  shaxslarni  ta‘qib  qilish  uchun  xalqaro  jinoiy 
tribunalni tashkil etishni lozim topdi. 
1994-yil  noyabrda  Xavfsizlik  Kengashi  BMT  ustavining  7-bobiga 
asosan  harakat  qilib  Ruandadagi  holat  xalqaro  tinchlik  va  xavfsizlikka 
tahdid  tug‘diradi  deb  topib  Ruanda  bo‘yicha  Xalqaro  jinoiy  tribunalni 
(RXJT) tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
90
 
SYXT  kabi  RXJT  ham  Xavfsizlik  Kengashining  yordamchi  organi 
hisoblanadi va BMTning barcha a’zo davlatlari xalqaro huquqga muvofiq 
u  bilan  hamkorlik  qilishlari  shart.  Ruanda  tribunali  Arushe  (Tanzaniya) 
da joylashgan.  
RXJT  ustavi  1  moddasiga  muvofiq  RXJT  Ruanda  hududida  sodir 
etilgan  genotsid,  insoniyatga  qarshi  jinoyatlar,  xalqaro  gumanitar 
huquqning  qo‘pol  buzilishi  uchun  javobgar  bo‘lgan  shaxslar,  qo‘shni 
                     
90
 UN Doc. S/RES/955 (November 8, 1994) // http://www.un.org. 

129 
 
davlatlar hududlarida 1994 yil 1 yanvardan 31 dekabrigacha sodir etilgan 
Shu  kabi  jinoyatlar  uchun  javobgar  bo‘lgan    Ruanda  fuqarolari  ustidan 
sud tergovini amalga oshirishga vakolatlidir.  
Ruanda bo‘yicha xalqaro tribunal yurisdiksiya RXJT Ustaviga ko‘ra 
jismoniy  shaxslarga  taalluqlidir.  Ruanda  bo‘yicha  xalqaro  tribunal 
hududiy  yurisdiksiya  butun  Ruanda  hududiga  shu  jumladan,  uning 
quruqlik  va  havo  hududi,  hamda  Ruanda  fuqarolari  tomonidan  xalqaro 
gumanitar  huquqning  qo‘pol  buzilishlari  ro‘y  bergan  qo‘shni  davlatlar 
hududiga tatbiq etiladi. 
Ruanda  bo‘yicha  xalqaro  tribunal  yurisdiksiya  vaqti  1994-yil  1-
yanvardan  boshlanib  31-dekabrda  yakunlangan  davrga  tatbiq  etiladi 
(ustavning 7 moddasi). Sobiq Yugoslaviya bo‘yicha xalqaro tribunal kabi 
Ruanda bo‘yicha xalqaro tribunal milliy yurisdiksiya ustidan ustuvorlikka 
ega.  
RXJT  ning  tashkil  etilishi  va  protsessual  jihatlari  SYXT  modeliga 
mosdir. 
Ustavga  binoan  tribunalda  dastlab  ishni  birinchi  instansiyada 
ko‘ruvchi  4  ta  doimiy  sudya  va  7  ta  ad  litem  sudya  ishlagan.  2014-yil 
holatiga  ko‘ra  bitta  sud  kamerasi  va  bitta  Apellyatsiya  kamerasi  amalda 
bo‘lgan va bugungi kunga kelib ularning tarkibiga 12 nafar Apellyatsiya 
kamerasi doimiy sudyasi va bitta rais vazifasini bajaruvchi ad litem sudya 
kiradi. 
Ilk  ayblov  xulosasi  RXJT  ayblovchisi  tomonidan  1995-yil  22-
noyabrda  taqdim  etilgan  va  1995-yil  28-noyabrda  tasdiqlangan.  So‘ng 
1996-yil  iyunda  tasdiqlangan  yana  5  ta  shaxsga  nisbatan  ayblov 
xulosalari  chiqarilgan.  Ayblanuvchilar  RXJT  oldida  1996-yil  30-3-may 
kunlari  ilk  bor  qatnashdilar.  1997-  yilning  dastlabki  oylarida  quyidagi  3 
jarayon boshlandi. 
RXJT va SYXT sudyalari duch kelgan yurisdiksiyaga doir dastlabki 
huquqiy  e’tirozlardan  biri  Xalqaro  tribunallarning  BMT  Xavfsizlik 
Kengashi tomonidan ta’sis etilishiga oid edi.  
Prosecutor  v.  Joseph  Kanyabashi  (RXJT)  va  Prosecutor  v.  Dusko 
Tadic  (SYXT)  ishida  Yurisdiksiyaga  doir  apellyantlar  e’tirozi 
quyidagidan iborat edi
91

-
 
Qonuniy  asoslarda  tuzilish  uchun  xalqaro  tribunal  davlatlarning 
akti  bilan  muvofiqlashtirilgan  shartnomasi  yoki  BMT  ustaviga  tegishli 
                     
91
 ICTY, The Prosecutor v. Dusko Tadic, IT-94-1-AR72, Appeals Chamber, Decision of 2 October 1995; 
см. http://www.un.org 

130 
 
o‘zgartirish  kiritish  orqali  ta’sis  etilishi  lozim  edi,  Xavfsizlik  Kengashi 
rezolyutsiyasi bilan emas
-
 
BMT  ustavining  7  bobi  Xavfsizlik  Kengashiga  xalqaro  sud 
organini ta’sis etish vakolatini bermaydi.  
Prosecutor  v.  Joseph  Kanyabashi  (RXJT)  ishi  bo‘yicha  sud 
kamerasi  BMT  ustavi  Xavfsizlik  Kengashiga  tinchlik  va  xavfsizlikka 
tahdid yuzaga kelganda bunday organni ta’sis etishga to‘sqinlik qilmaydi. 
Chunki  BMT  ustavining  7  bobi  39  moddasi  mazkur  masalada 
harakatlarni tanlashda keng erkinlikka ega Xavfsizlik Kengashi ixtiyoriga 
havola etadi. 
  827 va 955-son rezolyutsiyalarni qabul qilib Xavfsizlik Kengashi 
xalqaro  tribunallarni  (RXJT,  SYXT)  ta’sis  etib  xalqaro  gumanitar 
huquqning qo‘pol buzilishi uchun javobgar bo‘lgan shaxslarni sud qilish 
maqsadini e’lon  qildi va bu bilan keyingi huquqbuzarliklarni  oldini oldi 
va  mintaqadagi  tinchlik  va  xavfsizlikni  tiklashga  ko‘maklashdi. 
Xavfsizlik  Kengashi  harakat  qilgan  holat  Shuni  ko‘rsatmoqdaki  u  sobiq 
Yugoslaviyadagi  nizolar  ichki  yoki  xalqaro  ekanligini  ko‘rsatmagan 
holda mazkur maqsadga erishishga intilgan.  
Xavfsizlik  Kengashining  nizoning  ichki  yoki  xalqaro  tavsifga  ega 
ekanligi yuzasidan qaror chiqarmaslikdan maqsadi uni tinchlik yo‘li bilan 
hal  etishga  intilishi  1993-yil  3-maydagi  Bosh  kotib  ma’ruzasidava 
Xavfsizlik Kengashi a’zolarining Ustavni sharhlashga doir bayonotlarida 
ifodalangan.
92
 
RXJT  –  genotsid  bo‘yicha  hukm  chiqargan
93
  va  ,  zo‘rlashni 
genotsidni  sodir  etish  usuli  sifatida  tan  olgan  birinchi  sud  organi 
hisoblanadi. Bundan tashqari RXJT ilk bor to‘g‘ridan to‘g‘ri va ommaviy 
tarzda  genotsidni  sodir  etishga  jalb  etgoanlik  uchun    ommaviy  axborot 
vositalarining vakillarini shaxsiy javobgarlikka tortilgan. 
2011-yilning 4-noyabri holatiga ko‘ra Tribunal birinchi instansiyada 
ayblanayotgan  92  ishdan  76  tasini  tugatgan,  shu  jumladan  ikki  jinoyat 
ishini milliy sudlarga o‘tkazish va ikki ayblov xulosani chaqirtirib olgan. 
Tribunal birinchi instansiya bo‘yicha 70 ayblanuvchiga nisbatan 50 qaror 
chiqargan, va ulardan 9 o‘z aybini tan olgan. Apellyatsiya ish yurituvi 37 
shaxsga  nisbatan  tugatilgan.  Bugungi  kunda  odil  sudlovdan  yashiringan 
hech bir shaxs ozodlikda qoldirilmagan. 
SYXT  kabi  Runda  Tribunali  ham  tribunal  faoliyatini  tugatish 
Strategiyasini  ishlab  chiqqan.  2003-yilda  Ruanda  bo‘yicha  xalqaro 
                     
92
См.: Док. ООН S/25704 (3 мая 1993 г.), п.62.// http://www.un.org. 
93
 См.: Там же. МУТР (Судебная палата), Решение от 2 сентября 1998г. // http://www.un.org. 

131 
 
tribunal  yurisdiksiya  Xavfsizlik  Kengashining  1503  (2003)-son 
rezolyutsiyasiga  asosan:  2004-yil  oxiriga  barcha  tergovni  yakunlash, 
birinchi  instansiya  sud  jarayonlarini  2008-yil  oxiriga  va  butun  Tribunal 
ishini  2010-yilda  tugatish  maqsadida  mazkur  Strategiyani  («ishni 
yakunlash Strategiyasi») tasdiqladi.
94
 
Xavfsizlik Kengashi 2010-yildagi 1966-son rezolyutsiyasiga asosan 
ikkita  bo‘limga  ega  Jinoyat  tribunallari  uchun  Xalqaro  qoldiq 
mexanizmini  ta’sis  etdi  va  ular  2012-yil  1-iyuldan  (RXJT  bo‘yicha 
bo‘lim)  va  2013-yil  1-iyuldan  (SYXT  uchun  bo‘lim)  faoliyat  ko‘rsata 
boshladi va mazkur mexanizm Ustavini tasdiqladi.  
Xavfsizlik  Kengashi  RXJT  va  SYXT  o‘zining  butun  qolgan 
ishlarini  2014-yil  31-dekabrga  qadar  tezkor  ravishda  tugatishga,  o‘z 
yopilishini  tashkil  etish  va  har  bir  Tribunalda  o‘tuvchi  guruhlar 
yordamida  Mexanizmga  o‘tilishini  ta‘minlashag  tayyorgarlik  qilishga 
undadi. 
O‘z  faoliyatini  yurita  boshlagan  davrdan,  Mexanizm  –  Mexanizm 
ustaviga  rioya  etgan  holda  Tribunal  Yurisdiksiya,  huquq  va 
majburiyatlari  hamda  asosiy  funksiyalari  davomchisiga  aylanadi.  BMT 
tomonidan  RXJT  va  SYXT  bo‘yicha  tuzilgan  barcha  bitim  va  xalqaro 
shartnomalar  Mexanizmga  nisbatan  mutatis  mutandis  qo‘llanishda 
bo‘lishda davom etadi. 
Xalqaro qoldiq  mexanizmi RXJT va SYXT ning  moddiy, hududiy, 
vaqtincha va personal Yurisdiksiya davomchisi hisoblanadi. 
Mexanizm Ustav qoidalariga muvofiq RXJT va SYXT ayblov e’lon 
qilgan  va  eng  yuqori  rahbarlarga  tegishli  bo‘lgan  va  shu  bois  sobiq 
Yugoslaviya  hududida  1991-yildan  buyon,  shuningdek,  Ruanda 
hududidagi  1994-yil  1-yanvardan  31-  dekabrga  qadar  va  Ruanda 
fuqarolari tomonidan qo‘shni davlatlar hududida sodir etilgan genotsid va 
xalqaro  gumanitar  huquqning  boshqa  tarzdagi  qo‘pol  buzilishi  uchun 
ko‘proq javobgar bo‘lgan shaxslarni sud qilish vakolatiga ega. 
Mexanizm  ikki  bo‘limga  ega:  biri  RXJT  va  biri  SYXT  uchun. 
SYXT  bo‘limi  Gaaga  shahrida  joylashgan.    RXJT  bo‘limi  esa  Arushada 
joylashgan. U quyidagi organlardan iborat: 
a) Mexanizmning har bir bo‘limi uchun alohida Sud kamerasini o‘z 
ichiga  oluvchi  kameralarni  va  Mexanizm  bo‘limlari  uchun  umumiy 
bo‘lgan Apellyatsiya kamerasi
b)  Mexanizmning  har  ikkala  bo‘limi  uchun  umumiy  bo‘lgan 
                     
94
См.: UN Doc. S/Res. 1503 (2003) // http://www.un.org. 
 

132 
 
Ayblovchi; 
v)  Mexanizmning  har  ikkala  bo‘limi  uchun  umumiy  bo‘lgan  va 
Mexanizmga,  kameralar  va  Aybdorni  qo‘shib  ma’muriy  xizmat 
ko‘rsatilishini ta‘minlovchi Kotibiyat. 
Mexanizm  va  milliy  sudlar  sud  tergovi  bo‘yicha  parallel 
yurisdiksiyaga ega. Ustavga muvofiq Mexanizmyurisdiksiya milliy sudlar 
yurisdiksiyadan ustuvor hisoblanadi.  
2014-yil 
30-iyun 
holatiga 
ko‘ra 
Tribunal  Sudkamerasi, 
Apellyatsiyakamerasi,  Ayblovchi  Kanselariyasi  va  Kotibiyatdan  iborat. 
Sud kamerasidagi masalalar mazmuniga doir tugatilgan. 
2014-yil  1-avgustida  RXJT  Ruandaga  u  tomonidan  xibsda 
saqlanayotgan    ikkinchi  ayblanuvchiga  nisbatan  sud  muhokamasi  uchun 
ishni o‘tkazdi va qolgan boshqa Apellyatsiyalarni tezkor ko‘rib chiqishni 
yakunlash  bo‘yicha  bor  kuchini  ishga  solishda  davom  etdi.  Apellyatsiya 
kamerasi  5  shaxsga  nisbatan  3  qaror  qabul  qildi.  Shunday  qilib, 
Apellyatsiya  bosqichida  umumiy  miqdorda  51  kishiga  nisbatan  ishlar 
yakunlandi.  RXJTning  2014-yil  1-avgustdagi  Xavfsizlik  Kengashiga 
yillik  hisobotiga  ko‘ra,  bitta  ishdan  tashqari  barcha  ishlar  bo‘yicha 
Apellyatsiya  ish  yurituvi  yakunlanga  bo‘lib,  mazkur  tugallangan  ish 
bo‘yicha 2015-yilda qaror qabul qilish rejalashtirilgan. 
 
NAZORAT SAVOLLARI: 
1.
 
Sobiq  Yugoslaviya  bo’yicha  jinoyat  tribunalining  yurisdiksiya 
doirasini yoriting. 
2.
 
Bosniya  va  Gertsegovinadagi  jiddiy  jinoyatlar  sodir  etgan 
shaxslarni qaysi organ jinoiy ta‘qib etishi mumkin? 
3.
 
Xalqaro  jinoyatchilarni  xalqaro  tribunallar  orqali  jinoiy 
javobgarlikka  jalb  etish  bilan  birga  parallel  tarzda  davlat  organlari 
tomonidan jinoiy ta‘qib etishni amalgam oshirish mumkinmi? 
4.
 
ad  hoc  tribunallari  mustaqil  hisoblanadimi?  Xalqaro  jinoyat 
tribunallari Ustavlarida jinoyat huquqi normalari mavjudmi? 
 
KAZUS 
 
Uzoq    davom  etgan  fuqarolik  urushi  natijasida  Yaqin  Sharq  
davlatlaridan  birida  ko‘plab  tinch  aholi  qurbon bo‘ldi.  Fuqarolik  urushi 
faqatgina  BMTning  tinchlikparvar  qo‘shini  (“moviy  kaskalar”) 
yordamida  yakuniga  yetib,  taraflar  o‘rtasida  tinchlik  sulhi  tuzilib, 
amnistiya  e'lon  qilindi.  Biroq,  urush  davomida  qurbon  bo‘lgan 
fuqarolarning  qarindoshlari  va  yaqinlari  turli  vahshiyliklar,  zo‘ravonlik 

133 
 
va  harbiy  jinoyatlarni  sodir  etgan  harbiylar,  partizan  otryadlari 
komandirlarini avf etilishiga qat‘iyan qarshi chiqishdi. BMT vakillari bu 
borada  maxsus  harbiy  tribunal  joriy  etish  lozimligini  aytishganda, 
mamlakat  Prezidenti  bu  holat  fuqarolik  urushi  yana  avj  olishiga  sabab 
bo‘lishi mumkinligini bildirdi.      
 
 
Savollar:  Maxsus  harbiy  tribunal  joriy  etilishi  tartibini 
ko‘rsating.  Ad  hoc  tribunallari  milliy  sud  organlardan  farqli  jihatlari 
nimalarda namoyon bo‘ladi? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
XII BOB 
ARALASH XALQARO JINOYAT SUDLAR (TRIBUNALLAR) 
 
1. Aralash (gibrid) xalqaro jinoyat sudlar (tribunallar)ning umumiy 

134 
 
tushunchasi, belgilari va turlari. 2. Syerra-Leone bo‘yicha maxsus 
tribunal. 3. Livan bo‘yicha maxsus tribunal. 4. Sharqiy Timordagi jiddiy 
jinoyatlarga nisbatan favqulodda vakolatga ega hay‘atlar. 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling