Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar


См.:  ДокументООНS/1999/987,  16  September  1999//UNMIK/REG/1999/1,  25  July1999.  //  http://www.un.org


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana14.10.2017
Hajmi5.01 Kb.
#17825
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

 
101
См.:  ДокументООНS/1999/987,  16  September  1999//UNMIK/REG/1999/1,  25  July1999.  // 
http://www.un.org.
 
102
 См.: Документ ООН  S/1999/1250, 23 December1999. // http://www.un.org.
 

143 
 
Serbiyaga jo‘nab ketishi oqibatidi favqulodda sud tizimida  47 sudya va 
prokurorlar bo‘lib, ulardan 41 alban, 4 Musulmon (bosnitsa), 1 sigan va 
1 turk. Xabarlarga ko‘ra, sudyalar, prokurorlar va advokatlarga, ayniqsa 
milliy  jihatdan  kamchilik  bo‘lganlariga  turli  tahdidlar  kelib  tushgan. 
Favqulodda  sud  tizimining  48  sudyasi  va  prokurorlari  o‘z  xizmat 
vazifalarini  bajarishda  katta  bosim  ostida  ishlaganlar,  va  bu  ularning 
Mustaqillikni  saqlab  qolishiga  ta’sir  ko‘rsatgan  va  odil  sudlov 
muammolariga noadekvat munosabat bildirishiga olib kelgan 
103

Xalqaro  sudyalar  o‘z  vazifalarini  bajarishga  vakolatli  va  majbur 
bo‘lib,  jumladan  o‘z  ish  yurituviga  o‘zlari  tayinlangan  sud 
yurisdiksiyaga doir yangi va kutilayotgan ishlarni tanlashi mumkin. 
Xalqaro  prokurorlar  vazifalarini  bajarishga  vakolatli  va  majbur 
bo‘lib,  jumladan  o‘z  ish  yurituviga  ular  tayinlangan  prokuratura  sud 
yurisdiksiyaga doir yangi va kutilayotgan ishlarni tanlashi mumkin. 
Xalqaro  sudya  2000-yil  25-mayda  Mitrovits  munitsipalitetida 
jinoyat ishini ko‘rishda qatnashdi. Sudyalar va prokurorlarning Mitrovits 
sudlaridagi  tajribasi  shuni  ko‘rsatdiki,  sudyalarning  o‘tkir  millatlararo 
ziddiyatlar  xolisligini  va  Mustaqilligini  ta‘minlashga  imkon  berishini 
ko‘rsatdi.  
Bundan  keyin  qisqa  muddat  ichida  Kosovoning  barcha  okrug 
sudlariga  Germaniya,  Polsha,  Ruminiya,  Buyuk  Britaniya  va  Shimoliy 
Irlandiya  Qo‘shma  qirolligi,  AQSH,  Finlandiya,  Fransiya  va 
Shvetsiyadan 7 ta xalqaro sudya va 3 nafar xalqaro prokuror tayinlandi. 
Mahalliy va milliy personal ichidan 34 kishi yuriskonsult, tarjimon, sud 
protokolchilari  va  xalqaro  sudyalar  va  prokurorlarga  xizmat  ko‘rsatish 
va  ishida  ko‘shmaklashish  uchun  ma’muriy  xodimlar  yollandi.  Xalqaro 
sudya  va  prokurorlar  ular  ishtirok  etishni  istaydigan  yangi  yoki 
muhokama bosqichidagi ishlarni  o‘zlari tanlaydilar. Mazkur ishlar ko‘p 
hollarda harbiy yoki millatchilik ruhidagi jinoyatlarga doir bo‘lgan
104

 
4. Sharqiy Timordagi qo‘pol jinoyatlarga nisbatan alohida 
yurisdiksiyaga ega kollegiya 
 
                     
103
 См.: Документ ООН  S/2000/177, 3 March2000. // http://www.un.org.
 
104
См.: Документ ООНS/2000/878, 18 September2000. // http://www.un.org.
 

144 
 
Sharqiy  Timordagi  qo‘pol  jinoyatlarga  nisbatan  alohida 
Yurisdiksiyaga  ega  Kollegiyalar.  Sharqiy  Timor  sudtizimida  ishtirok 
etishning  huquqiy  asosi  BMT  Xavfsizlik  Kengashining  1999-yil  25-
oktabrdagi 1272(1999)-son Rezolyutsiyasi bo‘lib, unga ko‘ra BMTning 
Sharqiy 
Timordagi 
muvaqqat 
ma’muriyati 
tashkil 
etilgan 
(BMTSHTVM). Unga Sharqiy Timordagi ma’muriy boshqaruv vazifasi 
yuklangan  bo‘lib,  buning  uchun  unga  barcha  qonun  chiqaruvchi,  ijro 
etuvchi vakolatlar hamda sud qilish huquqi berilgan. 
BMTSHTVM  mandati  siyosiy,  iqtisodiy,  va  huquqiy  tizimlar 
yaratilishiga  o‘zining  munosib  hissasini  qo‘shishga  yo‘naltirilgan  edi. 
Muvaqqat ma’muriyat Milliy kengash (qonun chiqaruvchi organ) va o‘z 
hukumati 
vazifalarini 
bajaruvchi 
Muvaqqat 
kabinetni 
yaratdi. 
Ko‘maklashish  doirasida  BMTSHTVM    qurolli  kuchlari,  politsiyasi, 
mahalliy hokimiyat organlari va sud organlari yaratilgan. 
Kosovoda bo‘lgani kabi Sharqiy Timorda ham har bir organ faoliyat 
BMTning tegishli qarorlari asosida amalga oshirildi. 
Tergovga bag‘ishlangan xalqaro Konvensiya 2000 yil yanvarida o‘z 
faoliyatini tugatdi
105
va Sharqiy Timorda mansabdor shaxslar tomonidan 
Indoneziyaga  nisbatan  siyosiy  va  harbiy  tavsifdagi  jinoyatlar  sodir 
etilganligi to‘g‘risida ma’ruza qildi. 
Shunga  muvofiq  Dili  (Sharqiy  Timor  poytaxti)  sudda  sud 
bo‘linmalari  sifatida  1999-yil  1-yanvardan  25-oktabrga  qadar  sodir 
etilgan  genotsid,  harbiy  jinoyatlar,  insoniyatga  qarshi  jinoyatlar, 
qotilliklar, jinsiy jinoyatlar va qiynoqlar kabi jiddiy jinoyatlarga nisbatan 
alohida vakolatga ega kollegiya shakllantirildi, 
Kollegiyalar  sudloviga  kiritilgan  jinoyatlarni  tergov  qilish  uchun 
uning tarkibida jiddiy jinoyatlarni tergov qilish Guruhi shakllantirilgan.,  
BMTSHTVM,  ayni  paytda,  sudyalar  faoliyatini  tashkil  etish  va 
ularni yordamchi personal bilan ta‘minlashga kirishdi. 
 
NAZORAT SAVOLLARI: 
1.
 
 Aralash (gibrid) xalqaro jinoyat sudlar (tribunallar)ning umumiy 
bekgilarini tasniflang.  
2.
 
Aralash  (gibrid)  xalqaro  jinoyat  sudlar  (tribunallar)ning  qanday 
turlari mavjud? 
3.
 
Syerra-Leone  bo‘yicha  maxsus  tribunal  faoliyatining  huquqiy 
asoslarini tasniflang.  
                     
105
См.: Документ ООНA/54/726 - S/2000/59, 31 January2000. // http://www.un.org.
 

145 
 
4.
 
Livan  bo‘yicha  maxsus  tribunal  faoliyatining  huquqiy  asoslarini 
tasniflang.  
5.
 
Kosovo  va  Sharqiy  Timor  hudididagi  xalqaro  sudlov  tuzilmalari 
faoliyatining huquqiy asoslarini tasniflang.  
6.
 
 Davlatlarning BMT bilan kelishuvi asosida tashkil etilgan hamda 
BMT  tinchlikparvar  operatsiyalari  davrida  faoliyat  yuritadigan 
muvaqqat ma‘muriyatlari tomonidan tuzilgan aalash (gibrid)sudlarning 
o’xshash va farqli jihatlarini yoriting.  
 
KAZUS 
Afrika  davlatlaridan  birining  hududida  ko‘chmanchi  turmush 
tarziga  ega  mahalliy  qabila  yashar  edi.  Ular  yashayotgan  hududiy 
tuzilma  rahbari  (shtat  gubernatori),  ko‘chmanchilar  oddiy  sanitariya  va 
gigiena  qoidalariga  rioya  etmasligi,  shuningdek  mamlakatning  boshqa 
fuqarolarini havfli viruslar bilan yuqtirishi mumkin degan bahona ostida, 
axoli  salomatligini  saqlash  maqsadida,  mahalliy  qabilani  shtatning 
uzoqroq  hududiga  majburiy  ko‘chirtirish  haqida  qaror  chiqardi.  Qabila 
oqsoqoli  shtat  gubernatoriga  murojaat  qilib,  mazkur  qarorni  bekor 
qilishni yoki muayyan vaqtga kechiktirishni so‘radi. Bunga asos sifatida, 
qo‘rg‘oqchilik,  uzoq  hududdagi  yerlarning  chorva  mollarni  boqish 
uchun  nomaqbulligi,  qabilada  kichik  yoshdagi  bolalarning  ko‘pligi  va 
xokazolar  bilan  izohladi.  Biroq,  gubernator  o‘z  qarorini  bekor  qilishni 
istamadi. Shu bilan birga, majburiy ko‘chirish davomida qo‘rg‘oqchilik, 
zarur yashash sharoitlari mavjud emasligi oqibatida ikki mingdan ziyod 
qabila  a'zolari  olamdan  o‘tdi,  ularning  yarmidan  ko‘pi  bolalar  edi. 
Qabila  oqsoqoli  shtatning  Oliy  sudiga  murojaat  qilib,  gubernator  va 
uning noqonuniy qarorini ijro etgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka 
tortishni  talab  qildi.  Lekin  shtat  va  mamlakat  Oliy  sudlari  gubernator 
qarorini qonuniy va huquq doirasida chiqarilgan deb topishdi. Bu orada, 
shtat hududida ommaviy tartibsizliklar boshlandi, aholi qabila a'zolarini 
qo‘llab-quvvatlab  chiqishlar  qildi.  Mamlakatga  Xalqaro  Qizil  xoch 
tashkiloti  missiyasi  tashrif  buyurdi,  missiya  rahbari,  vaziyat  bilan 
tanishib,  qabila  oqsoqoliga  halqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi 
tashkilotlarga murojat qilishni maslahat qildi.  
 
1.  Gubernator,  shtat  va  mamlakat  Oliy  sudlar  qarorlariga 
huquqiy baho bering.  
2.  Xalqaro  huquqni  muhofaza  qiluvchi  tashkilotlar gubernatorga 

146 
 
nisbatan  ta'sir  choralarini  qo‘llashi  mumkinmi?  Qanday  xalqaro 
huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar va qanday holatlarda davlatning 
mansabdor  shaxslariga  nisbatan  javobgarlik  choralarini  ko‘rishi 
mumkin?      
3.  Ko‘rsatib  o‘tilgan  holat  yuzasidan  odamlarning  o‘limi  kelib 
chiqishiga  aybdor  shaxslarga  nisbatan  javobgarlikka  tortish  masalasi 
davlatning  vakolatiga  kiradimi  yoki  xalqaro  adliya  va  sud  organlari 
vakolatiga taalluqlimi? 
4.  Xulosalaringizni  xalqaro  huquqni  muhofaza  qilish  faoliyatini 
tartibga soluvchi normalarga asoslanib sharhlang. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
XIII BOB  

147 
 
XALQARO JINOYATLAR BO‘YICHA JINOYAT ISHLARI 
YUZASIDAN ODIL SUDLOVNI XALQARO SUDYALAR VA 
JINOYAT SUDLOVINING BOSHQA ISHTIROKCHILARI 
ISHTIROKIDA AMALGA OSHIRISHGA VAKOLATLI MILLIY 
SUDLAR 
 
1. “Xalqarolashtirilgan” sudlarning umumiy tushunchasi. 
Davlatlarning xalqaro jinoyatlar bilan kurashishdagi vakolat doirasi. 
Davlatlarning xalqaro jinoyatlar bilan kurashishda o‘z vakolatlarini 
amalga oshirishning muammolari. 2. Bosniya va Gersegovina sudining 
harbiy jinoyatlar bo‘limi. 3. Kambodja sudlarining Demokratik 
Kampuchiya davrida sodir qilingan jinoyatlar uchun ta‘qib qilish 
Favqulodda palatalari. 
 
1. “Xalqarolashtirilgan” sudlarning umumiy tushunchasi. 
Davlatlarning xalqaro jinoyatlar bilan kurashishdagi vakolat 
doirasi. Davlatlarning xalqaro jinoyatlar bilan kurashishda o‘z 
vakolatlarini amalga oshirishning muammolari.  
 
Davlatlar  xalqaro  jinoyatlar  uchun  xalqaro  miqyosda  javobgarlikni 
o‘rnatuvchi shartnomalarning a’zosi sifatida o‘z milliy qonunchiliklariga 
xalqaro  jinoyatlarning  milliy  huquq  bo‘yicha  jinoiyligi  va  jazolanishi 
to‘g‘risidagi normalarni implementatsiya qilishi talab etiladi. 
Shu munosabatdan ko‘plab davlatlar: 
-
 
O‘z  milliy  qonunchiligiga  xalqaro  shartnomalarda  belgilangan  
xalqaro jinoyatlar uchun javobgarlik normalarini kiritadilar; 
-
 
Sud  qurilishi  va  jinoyat-protsessual  qonunchilikni  shu  tarzda 
qabul  qiladiki  xalqaro  jinoyatlar  bo‘yicha  sudlov  milliy  sudlar 
tomonidan amalga oshirilishi mumkin; 
-
 
Ichki  qonunchilik  doirasida  xalqaro  jinoyatlarni  ishlari  bo‘yicha 
tergov  va  sudni  o‘tkazish  vakolatiga  ega  tegishli  huquqni  muhofaza 
qiluvchi organlarni yaratadi va sudlarni ta’sis etadi; 
-
 
Xalqaro  shartnomalarda  belgilangan  xalqaro  jinoyatlar  ishlarini 
ko‘rib  chiquvchi  milliy  huquqni  muhofaza  qiluvchi  va  sud  organlari 
xoldimlarini tayyorlash bo‘yicha choralar ko‘radi; 
-
 
Sud  ish  yurituvi  tartibida  xalqaro  jinoyatlar  bo‘yicha  ishlarning 

148 
 
ko‘rib  chiqilishi  va  ularni  sodir  etishda  aybdor  shaxslarni  jinoiy  ta‘qib 
qilishni amalga oshiradi
106

Mazkur  faoliyat  davlatning  alohida  vakolatiga  oid.  Zero  butun 
huquqni  muhofaza  qilish  va  sud faoliyati  ham  uning  suvereniteti  shakli 
sifatida namoyon bo‘ladi. 
Biroq amalda ayrim holatilarda, u yoki bu sabablarga ko‘ra xalqaro 
jinoyatlar  to‘g‘risidagi  qoidalar  milliy  qonunchilikka  implementatsiya 
qilingan davlatlarning milliy sudlari bu turdagi jinoyatlar bo‘yicha jinoiy 
ish yurituvini tashkil etmaydigan holatlar ham uchrab turadi. 
Sabablardan kelib chiqqan holdaularni  yengib o‘tish turlari turlicha 
bo‘lishi mumkin: ish materiallarini tegishli doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi 
sudlarga  berishdan  oldin  xalqaro  xalqaro  jinoyat  sudlari  ta’sis  etilishi 
(sobiq  Yugoslaviya  va  Ruandada  bo‘lgani  kabi).  Bu  ko‘plab  omillarga 
ko‘ra belgilanadi. 
Bunday  omillardan  biri  sifatida  turli  sabablarga  ko‘ra  (obyektiv  va 
subyektiv  tavsifdagi)  xalqaro  jinoyatlarni  milliy  moddiy  va  protsessual 
qonunchilikka  muvofiq  lozim  darajada  tergov  va  sud  qilinishini 
ta‘minlay  olmaydiganmilliy  mutaxassislarning  (tergovchi,  prokurorlar 
va sudyalar) yo‘qligi yoki etishmovchiligi. 
Amalda bu davlat ichki sudlarida cheklangan predmetli yurisdiksiya 
ega  (faqat  xalqaro  jinoyatlarga  nisbatan)  xalqaro  va  milliy  sudyalar 
ishtirokidagi  ixtisoslashtirilgan  sud  tarkiblarini  tuzish  («sud  ichidagi 
sud» shaklida) amalga oshiriladi. 
Bunday sudlar asl holida na xalqaro, na aralash (gibrid) hisoblanadi, 
chunki  ular  milliy  qonunchilikda  belgilangan  tartibda  ta’sis  etilgan  va 
shakllantirilgan,  ular  faoliyatining  moddiy-huquqiy  va  protsessual 
asoslari ichki jinoyat va jinoyat –protsessual huquqi tashkil etadi. 
Boshqacha aytganda, gap xalqaro sudlar haqida emas, balki xalqaro 
elementga ega milliy sudlar xususida bormoqda – ular faoliyatida milliy 
sudyalar  va  ayblovchilar  qatorida  xalqaro  sudya  va  ayblovchilar  ham 
qatnashadilar.  
Tadqiqotchi 
A.Volevodz 
shu 
munosabatdan 
«internatsionalizatsiyalashgan  sudlar» terminini qo‘llashni taklif etadi, 
uning  fikricha,  bu  «Yurisdiksiyaga  xalqaro  sudya,  ayblovchilar  va 
protsessning  boshqa  ishtirokchilari  ishtirokidagi  xalqaro  jinoyatlar 
bo‘yicha  ishlarni  ko‘rib  chiqish  kiritilgan  milliy  sudlar»  tushunchasini 
                     
106
  См.:  А.Волеводз.  Международные  правоохранительные  организации:  учебное  пособие  –  М., 
Проспект, 2011. С.175. 
 

149 
 
to‘la  ifodalashga  qodir.  Mazkur  izoh  zarurligi  shundan  kelib  chiqadiki 
«internatsionalizatsiyalashgansudlar»  so‘z  birikmasi  xalqaro  jinoyat 
sudlariga  nisbatan  oldin  ham  biroq  turli  mualliflik  nuqtai  nazari  bilan 
qo‘llanilgan
107

Bundan tashqari adabiyotlarda ularni belgilash uchun: «aralash» sud 
muassasalari,  «kvazixalqaro»  sudlar,  «internatsiyalashgan  ichki  davlat 
tribunallari  (internationalized  domestic  tribunals)»,  «sui  generis  so 
aralash yurisdiksiyali sudlar (sui generis court of mixed jurisdiction)»
108
 
atamalari qo‘llanilmoqda. 
 
2. Bosniya va Gersegovina sudining harbiy jinoyatlar bo‘yicha 
bo‘limi 
 
Mazkur  sudlar  xalqaro  jinoiy  sud  yurituvini  amalga  oshiruvchi 
zamonaviy  organlar  tizimining  bir  qismi  hisoblanadi,  biroq  ulardan 
ilgari  mavjud  bo‘lgan  internatsiyalashgan  sudlar  faoliyati  va  ta’sis 
etilishi  huquqiy  asoslarining  ko‘rib  chiqilishini  talab  etishi  bilan  jiddiy 
farqlanadi. 
Bunday  sudlardan  biri  Bosniya  va  Gersegovina  sudining  harbiy 
jinoyatlar bo‘yicha bo‘limi bo‘lgan.Zamonaviy Bosniya va Gersegovina 
sudi  o‘z  faoliyatini  1995-yil  21-noyabrda  AQSHda  erishilgan  va  1995-
yil 14-dekabrda Parijda imzolangan Deyton tinchlik bitimidan boshlagan 
bo‘lib, Bosniya va Gersegovina Konstitutsiyasi unga ilova bo‘lgan
109

Bosniya  va  Gersegovina  Konstitutsiyasiga  muvofiq,  mazkur  davlat 
sudlari  chiqariladigan  qonunlar  asosida  tuziladi  va  faoliyat  yuritadi. 
Konstitutsiya  qabul  qilish  vaqtida  mamlakatda  amalda  bo‘lgan  barcha 
qonunlar,  normativ-huquqiy  aktlar  va  protsessual  normalar,  agar  ular 
Konstitutsiyaga  zid  bo‘lmasa,  amal  qilishda  davom  etadi,  agar  Bosniya 
va Gersegovina vakolatli organi boshqacha qarorga kelmasa. 
Deyton  tinchlik  bitimini  amalga  oshirish  BMT  Xavfsizlik 
Kengashining  25.05.1993  yildagi  827-son  qarori  bilan  ta’sis  etilgan 
sobiq  Yugoslaviya  hududida  1991-yildan  beri  sodir  etilgan  xalqaro 
gumanitar  huquqning  qo‘pol  buzilishi  jinoyatlarini  sodir  etgan 
shaxslarni  jinoiy  ta‘qib  etish  uchun  Xalqaro  tribunal  faoliyati  biloan 
                     
107
  См.:  А.Волеводз.  Международные  правоохранительные  организации:  учебное  пособие  –  М., 
Проспект, 2011. С.176. 
108
  Волеводз  А.Г.,  Волеводз  В.А.  Современная  система  международной  уголовной  юстиции: 
Хрестоматия. - М.: Издательство Юрлитинформ, 2009. – С.182. 
109
  См.:  Общее  рамочное  соглашение  о  мире  в  Боснии  и  Герцеговине  //  Документ  ООН  A/50/790  - 
S/1995/999. // http://www.un.org.
 

150 
 
birga kechdi 
110

Ularni tergov qilish uchun Belgrad, Saraevo va Zagreb shaharlarida 
Tribunal bo‘linmalari tuzilgan bo‘lib, ularning maqsadi: 
-  sobiq  Yugoslaviya  hududidaguruhlarga  ularning  faoliyatida 
ko‘maklashishi;  
- SYXT Kanselariyasi bilan mahalliy va milliy hokimiyat organlari, 
harbiy  jinoyatlar  bo‘yicha  komissiyalar,  nohukumat  tashkilotlar  va 
BMTning turli muassasalari bilan aloqalarini ta‘minlash;  
-  Ayblovchi  Kanselariyasiga  sobiq  Yugoslaviya  respublikaviy  va 
federal  qonunchiligi  bo‘yicha  ekspert  yuridik  konsultativ  yordam 
ko‘rsatish; 
- sobiq Yugoslaviyadagi harbiy jinoyatlar bilan bog‘liq jarayonlarni 
kuzatib  boruvchi  kuzatuvchilar  faoliyatini  muvofiqlashtirish  va  ularga 
ma’ruzalar taqdim etish;  
-  Ayblovchi  Kanselariyasini  uning  faoliyatiga  doir  muhim 
holatlardan  xabardor  qilish,  shu  jumladan,  BMTning  va  mahalliy  OAV 
sobiq Yugoslaviyani himoya qilishga doir xabarlarini etkazish
111

Bosniya va Gersegovina Federatsiyasi – bitta tuzilmaga ega Bosniya 
va GersegovinaRespublikasidan farqli o‘laroq, 1994-1996 yillarda Bos-
niya  va  GersegovinaRespublikasi  tomonidan  qabul  qilingan  qonunlarga 
rioya  etmagan,    va  Tribunal  xulosalariga  ko‘ra  ayblanuvchilarning 
birortasini ham qamoqqa olmagan
112

Bunday  hol  uzoq  vaqt  davom  etgan,  sobiq  Yugoslaviya  hududida 
1991  yildan  sodir  etilgan  xalqaro  gumanitar  huquqning  qo‘plold 
buzilishi  jingoyatlarini  sodir  etgan  shaxslarni  jinoiy  ta‘qib  etish  uchun 
tuzilgan  Xalqaro  tribunallarning  ma’ruzalarida  bir  necha  bor  qayd 
etilgan.
113
 
Bu  Tribunal  hamda  Deyton  bitimi  ishtirokchilari  tomonidan 
aniqlangan  Bosniyava  Gersegovina  hududida  sodir  etilgan  barcha 
jinoyat  ishlari  va  ularning  materiallari  bevosita  Tribunalga  berilishiga 
olib keldi. 
Vaziyat  keyinchalik  o‘zgardi,  chunki  2000-yil  20-noyabrdagi 
konstitutsiyaviy 
normalar 
bilan 
“Bosniyava  Gersegovina  sudi 
                     
110
 См.: Документ ООН S/ Res/ 827 (1993).// http://www.un.org.
 
111
  См.:  Доклад  Международного  трибунала  для  судебного  преследования  лиц,  ответственных  за 
серьезные  нарушения  международного  гуманитарного  права,  совершенные  на  территории  бывшей 
Югославии  с  1991  г.  от  14.08.95  //  Документ  ООН  A/50/365  -  S/1995/728,  23  August  1995.  -  п.  37.  // 
http://www.un.org.
 
112
См.: Тамже. - п. 170.
 
113
См.: ДокументыООН A/52/375 - S/1997/729, 18 September 1997; A/53/219 - S/1998/737, 10 August 
1998; A/54/187 - S/1999/846, 25 August 1999. // http://www.un.org.
 

151 
 
to‘g‘risida”gi  Qonun  qabul  qilindiva  u  bilan  sudning  tuzilishi,  tashkil 
etish va faoliyat tartibi belgilandi
114

2003-yil  bahorida  SYXT  BMTning  Bosniyava  Gersegovina 
bo‘yicha Oliy vakili Boshqarmasi bilan Bosniya va Gersegovina sudida 
harbiy  jinoyatlar  bo‘yicha  ishlarni  ko‘rish  uchun  maxsus  sud  palatasini 
tuzish  to‘g‘risida  kelishuvga  erishdva  uning  faoliyati  2004-yil  oxiri  – 
2005-yil boshlarida boshlanishi lozim edi.
115
 
Bosniya  va  Gersegovinada  2004-yil    24-yanvarda  Bosniya  va 
Gersegovina  JK  va  JPKsini  qabul  qilish  orqali  sudlar  faoliyatining 
moddiy  huquqiy  va  protsessual  huquqiy  asoslari  yaratildi.  Ularning 
normalariga  ko‘ra,  Bosniya  va  Gersegovina  JKsida  jinoiy  javobgarlik 
belgilangan  xalqaro  jinoyatlar  (171-modda  –  genotsid,  172  -modda  – 
insoniyatga qarshi jinoyatlar, 173-175-moddalar – harbiy jinoyatlar, 176 
-modda  –  ularni  sodir  etishdagi  turli  shakldagi  ishtirokchilik)  bo‘yicha 
sudlov,  Bosniya  va  Gersegovina  sudi  tomonidan  hududiy  va  universal 
Yurisdiksiya prinsiplaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. 
Ayni  vaqtda  ishlarni  hamda  sobiq  Yugoslaviya    Xalqaro  tribunali 
tomonidan  to‘plangan  Bosniya  va  Gersogovina  sudloviga  tegishli 
materillarni Sobiq Yugoslaviya Xalqaro jinoyat tribunalidan Bosniya va 
Gersogovina  Prokuraturasiga  o‘tkazish  to‘g‘risida  Qonun  qabul 
qilindi
116
 
Bundan  tashqari  qayd  etilgan  tuzilmalarning  samarali,  xolis  va 
Mustaqil  faoliyatini  ta‘minlashda  harbiy  jinoyatlarni  sodir  etganlik  va 
ularda  ishtirok  etish  uchun  javobgarlikning  huquqiy  asoslari  yaratildi. 
Jumladan,  tergov  va  muhfaza  bo‘yicha  davlat  agentligi  doirasida 
guvohlarni  himoya  qilish  boshqarmasi  ta’sis  etildi,  yuridik  va  texnik 
asoslar  to‘g‘risida  qonunlar  qabul  qilindi.  Xavfga  duchor  bo‘luvchi  va 
bosim  ostidagi  guvohlar  to‘g‘risidagi  qonun
117
,  shuningdek,  guvohlarni 
himoya qilish dasturi to‘g‘risidagi qonun shular jumlasidandir 
118

Shu  asosda  Bosniya  va  Gersegovina  sudida  harbiy  jinoyatlar 
bo‘yicha bo‘lim 2005-yil yanvardan o‘z faoliyatini boshladi, shu yilning 
9-martidan  esa  harbiy  jinoyatlar  bo‘yicha  ishlarni  ko‘rib  chiqishga 
kirishdi.  Bosniya  va  Gersegovina  sudida  harbiy  jinoyatlar  bo‘yicha 
bo‘limning  davlat  sud  tizimidagi  ahamiyatini  aniqroq  tushunish  uchun 
                     
114
См.:  А.Волеводз.  Международные  правоохранительные  организации:  учебное  пособие  –  М., 
Проспект, 2011. С.180. 
115
См.: ДокументООН A/58/297-S/2003/829, 20 August 2003. // http://www.un.org.
 
116
См.: Law on transfer of cases // http://www.sudbih.gov.ba.
 
117
См.: Zakon o zastiti svjedoka pod prijetnjom i ugrozenih svjedoka. http://www.sudbih.gov.ba. 
 
118
См.: Zakon o programu zastite svjedoka. // http://www.sudbih.gov.ba.
 

152 
 
mazkur sud umumiy tavsifini berish lozim. Bosniya va Gersegovina sudi 
to‘la  Mustaqil  sud  organi  hisoblanadi  va  mazkur  davlat  vakolatlari 
doirasida  sud  hokimiyati  vakolatlarini 
amalga  oshiradi.  Sud 
qonunlarning to‘la va bir xilda qo‘llanilishini ta‘minlashi, fuqarolarning 
huquq  va  erkinliklarini  himoya  qilishi,  odil  sudlov  sohasidagi  xalqaro 
standartlarga,  ish  yuritish  barcha  ishtirokchilarining  manfaatlariga  amal 
qilinilishini ta‘minlashi lozim.  
Shuni  qayd  etish  kerakki,  zamonaviy  Bosniya  va  Gersegovina 
davlati  ikki  tuzilmadan  –  Bosniya  va  Gersegovina  Federatsiyasi 
(Musulmon-xorvat)  va  Serb  Respublikasidan  iborat.  Bu  tuzilmalardan 
har  biri  o‘z  prezidenti,  parlamenti    va  hukumatiga  ega.  Hokimiyat 
organlari  federal  darajada  prezedium,  parlament  Assambleyasi  va 
Vazirlar  Kengashi,  Konstitutsiyaviy  sudni  o‘z  ichiga  oladi.  Murakkab 
millatlararo  munosabatlardan  kelib  chiqqan  holda  davlat  tuzilmalari 
amaldagi  qonunni  har  doim  ham  bir  xil  qo‘llayvermaydi,  shu  bois 
Bosniya va Gersegovina sudi Oliy sud instansiyasi bo‘lsa-da, davlatning 
Oliy sudi sifatida ko‘rilmaydi.  
Bosniya  va  Gersegovina  konstitutsiyasiga  muvofiq  sud  korpusi 
quyidagilardan tarkib topgan: 
-
 
Mahalliy sudyalar – Bosniya va Gersegovina oliy sud prokurorlik 
kengashi  tomonidan  malakaviy  va  axloqiy  talablarga  javob  beradigan 
sudyalikka nomzodlar orasidan tayinlanadi. 
-
 
Xalqaro  sudyalar  – Bosniya va Gersegovina oliy sud prokurorlik 
kengashi  tomonidan  tanlovdan  so‘ng  nomzodlar  ichidan  xuddi  o‘sha 
talabga ko‘ra tayinlanadi. 
 
Bosniya va Gersegovina sud organlari quyidagilardir:  
-
 
sud  raisi  –  sud  faoliyatini  tashkil  etadi  va  unga  rahbarlik  qiladi, 
boshqa  davlat  xokimiyati  va  boshqaruv  organlari  bilan  munosabatlarda 
sudni taqdim etadi
-
 
Rais  va  sudning  barcha  a’zolari  tarkibidagi  plenum  –  uning 
vakolatiga sud reglamentini ishlab chiqish va qabul qilish, sudning bosh 
kotibini saylash, sudning budjeti va ish qoidalarini tasdiqlash kiradi. 
-
 
Sudya  va  sud  kollegiyalari  –  ular  bevosita  sudlovni  amalga 
oshiradi (xususan JPK da nazarda tutilgan shakllarda sud nazoratini olib 
boradi);  sud  kollegiyalari  3  tadan  kam  bo‘lmagan  professional 
sudyalardan tarkibda tuziladi. 
 
Bosniya va Gersegovina sudi tuzilmasi jinoiy bo‘linma, ma’muriy 
bo‘linma,  Apellyatsiya  bo‘linmasidan  iborat.Sudyalar  faoliyatini 
ta‘minlash uchun sud kotibiyati tuzilgan bo‘lib u umumiy kotibiyat va 1-

153 
 
2-bo‘lim  kotibiyatlaridan  iborat.  Kotibiyat  sud  bosh  kotibi  tomonidan 
boshqariladi. 
 
Umumiy  kotibiyat  sudning,  jinoiy  va  ma’muriy  bo‘linma  va 
apellyasion  bo‘linma  yurisdiksiyaga  ta’luqli  boshqa  ishlar  bo‘yicha  3-
bo‘lim faoliyatini ta‘minlaydi.   
 
Kotibiyat  tarkibida  ma’muriyat  (sudlarning  ishlarini  boshqaruv) 
huquqiy  departament,  sud  pristivlar  bo‘limi,  guvohlarga  ko‘maklashish 
bo‘limi, ommaviy axborot bo‘limi shakllantirilgan va amal qilib keladi.  
 
Sudning xalqaro sud korpusi  Bosniya va Gersegovinaning sudlar 
to‘g‘risidagi qonuni 65-moddasiga muvofiq tayinlanadi, unga ko‘ra: 
-
 
O‘tish  davrida  (2009-yil  31-dekabrgacha)  sud  bosh  kotibi 
tomonidan  jinoiy  va  Apellyatsiya  bo‘linmalarining  1-2-bo‘limlari 
faoliyati ta‘minoti uchun javob beruvchi xalqaro vakil tayinlanadi; 
-
 
Sud  raisi  xalqaro  bosh  kotib  bilan  maslahatlashgandan  so‘ng 
jinoiy va Apellyatsiya bo‘linmalarining 1-2-bo‘limlari milliy va xalqaro 
sudyalarni tayinlaydi; 
-
 
Xalqaro  sudyalar  Bosniya  va  Gersegovina  yoki  chegaradosh 
davlatlarning fuqarolari bo‘lishi mumkin emas; 
-
 
Sudning 
xalqaro 
bosh 
kotibi 
jinoiy 
va 
Apellyatsiya 
bo‘linmalarining  1  va  2  bo‘limlari  reglementini  chiqaradi  va  u  sud 
reglamentining ajralmas qismiga aylanadi
-
 
Kotibiyat  jinoiy  va  Apellyatsiya  bo‘linmalarining  1  va  2 
bo‘limlari ish taqsimlanish tizimini tashkil etadi; 
-
 
jinoiy va Apellyatsiya bo‘linmalarining 1 va 2 bo‘limlari xalqaro 
sudyalari  dastlabki  sud  muhokamasida  kollegial  tarkibida  sudya 
vakolatlarini  amalga  oshirishi  mumkin,  jinoiy  va  Apellyatsiya 
bo‘linmalarining  1  va  2  bo‘limlari  birinchi  sud  instansiyasida  yakka 
tartibda sudyalik qiladi; 
-
 
xalqaro  sudya  u  tomonidan  o‘z  sud  vazifalarini  bajarish  davrida 
aytilgan  fikrlari  va  chiqarilgan  qarorlari  uchun  jinoiy  ta‘qib  etilishi, 
hibsga  olinishi,  shuningdek,  fuqarolik  tartibida  javobgarlikka  tortilishi 
mumkin emas; 
-
 
xalqaro  sudyalarga  Bosniya  va  Gersegovina  sudida  ingliz  tilida 
ish yuritishga ruxsat etiladi, yozma va og‘zaki tarjima esa sud tarjimoni 
tomonidan Bosniya va Gersegovina rasmiy tillaridan biriga qilinadi. 
 
2007-yil 
28-martda 
ilgari 
SYXT 
tomonidan 
ayblangan 
Stankovich ishi bo‘yicha hukm chiqdi va unga 20 muddatga ozodlikdan 
mahrum etish tayinlandi. 
 
Bosniya  va  Gersegovina  sudi  tomonidan  o‘z  vazifalarini 

154 
 
bajarishda  xalqaro  jinoyatlarga  qarshi  kurash  sohasida  milliy 
qonunqilikdagi ayrim bo‘shliqlar aniqlandi. 
 
Shunday  qilib,  xalqaro  jinoyatlar  sodir  etishda  ayblanayotgan 
shaxslar mulkidan foydalanish, yoki uni begonalashtirish yoxud boshqa 
operatsiyalarning  oldini  olish  maqsadida  Bosniya  va  Gersegovina 
parlament  assambleyasi  SYXT  mandatini  samarali  barish  bo‘yicha 
muvaqqat  chora-tadbirlarni  va  boshqa  xalqaro  tavsifdagi  cheklovchi 
choralarni amalga oshirish to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Qonun SYXT 
dan yashiringan xalqaro jinoyatlar sodir etishda ayblanayotgan shaxslar 
mulkini xatlash, pullarini muzlatish asoslari va tartibini belgilaydi.
119
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling