Xalqaro innovatsion universitet pedagogika fanlari kafedrasi
-ma’ruza: VII asrdan IX asrning birinchi yarmigacha O‘rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar
Download 0.76 Mb.
|
Boshlang\'ich va uzluksiz ta\'lim pedagogikasi MAJMUA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hadis ilmining paydo bo`lishi. Imom Ismoil al-Buxoriy va Imom at-Termiziyning hadis ilmi rivojidagi xizmatlari.
2-ma’ruza: VII asrdan IX asrning birinchi yarmigacha O‘rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar.
Reja: Islom dini g‘oyalarining ta’lim-tarbiyaga ta’siri. Musulmon maktablarida ta’lim-tarbiya mazmuni. Hadis ilmining paydo bo`lishi. Imom Ismoil al-Buxoriy va Imom at-Termiziyning hadis ilmi rivojidagi xizmatlari. So`fiylik ta’limoti. Ahmad Yassaviy,Imom G’azzoliy, Bahouddin Naqshband g‘oyalarining ta’lim tarbiyaga ta’siri. Islom dini dunyoda keng tarqalgan jahon dinlaridan biri bo’lib, hozirgi kunda 172 mamlakatning 1,5 mlrd. aholisi unga e’tiqod qiladi. Islom dinining yoyilgunicha bo’lgan davr johiliya (arabcha jahula-bilmaslikdir) deb ataladi. Bu davrda turli arab qabilalari ko’pgina but-sanamlarga topinishgan ya’ni ko’pxudolikka e’tiqod qilganlar. Sanamlarni ko’pligi tez-tez arab qabilalar o’rtasida ixtiloflar keltirib chiqargan, shuningdek aholi o’rtasida qizlarni tiriklayin ko’mish, mayxo’rlik va boshqa buzuqliklar keng tarqalgan edi. Islom so’zi arabcha «Allohga o’zini bag’ishlamoq», «taslim bo’lish», «itoat etish» «bo’ysunish» degan ma’nolarni anglatadi. Islom dinining payg’ambari Muhammad sallalohu alayhi vassallamdir. U kishi milodiy 571 yil 21 aprel kunida Makka shahrida dunyoga kelganlar. 632 yil 8 iyunda Madina shahrida vafot etganlar. Shamsiy yil hisobi bo’yicha payg’ambarimiz 61 yoshu, 1 oy, 18 kun, qamariy yil hisobi bo’yicha 63 yoshu, 3 oy, 3 kun umr ko’rganlar. Otalarining ismlari Abdulloh, onalarining ismi-Omina bo’lgan. 25 yoshlarida beva ayol –Hadichaga uylanganlar, 40 yoshida payg’ambarlik kelgan, 23 yil payg’ambarlik, 19 marta jihod, 4 marta umra va 1 marta haj qilganlar. Payg’ambarimizning otalari Abdulloh ular tug’ilmasdan 2 oy avval Suriya safaridan Makkaga qaytayotganda Madina shahrida kasallanib 25 yoshida olamdan o’tadilar. Payg’ambarimizni onalari dard ko’rmasdan, sunnat qilingan va kindiklari kesilgan holda tug’adilar. Orqalarida, ikki kiftining orasida payg’ambarlik muhri-hollari bo’lgan. Bobolari payg’ambarimizga Muhammad deb, onalari Omina esa Ahmad ism qo’yganlar. Payg’ambar tug’ilgan paytlarida bir qancha g’ayrioddiy hodisalar ro’y berdi. Ka’badagi but-sanamlar yiqildi, Eron shohi Husravning saroyi tebranib, butlari sinib ketdi, Otashparastlarning ming yildan beri o’chmagan olovlari so’ndi, Sova ko’li toshib o’sha mamlakatda suv toshqini bo’ldi. Payg’ambarimiz onalari Omina ularni 7 kun emizadilar. Undan so’ng cho’ri ayol Suvayba, Marvaha, Ummu Aymanlar emizdilar. Eng ko’p sutgan bergan ayol Halima bo’ldi. Payg’ambar Halima tarbiyasida 4 yoshigacha bo’ldi. Onalari tarbiyalarida 4 yoshdan 6 yoshgacha bo’ldi. Undan so’ng bobolari Abdulmutallib qo’llarida 8 yoshgacha, amakilari Abu Tolib qo’llarida balog’atga yetgunicha tarbiyalandilar. asr birinchi yarmida islom g‘oyasiga asoslangan Arab xalifaligi tashkil topib, bu davlat o‘z mavqeini mustahkamlash uchun boshqa mamlakatlarni zabt eta boshladi. Butun Arabiston yarimoroli, Eron, Suriya, Janubiy Ispaniya, Kavkaz Movarounnahr, Xuroson hamda Shimoliy Afrikada joylashgan bir qancha mamlakatlar xalifalik tarkibiga kiritildi. Arablar tomonidan bosib olingan yerlarda xalqlar Islom dinini qabul qilishga majbur etildi. Arab istilochilarining Movarounnahr xalqining Islom dinini qabul qilish jarayoni qiyin kechgan va bu jarayon bir necha yillar davomida amalga oshirilgan. Shuningdek, islom dinining Movarounnahrda yoyilishiga sabab, arablar, dastlab mahalliy xalqlarni islom dinini qabul qilganlarni barcha soliqlardan ozod qildilar, so‘ngra islom dinini qabul qilmagan aholiga nisbatan qat’iy choralar ko‘rdilar. Shu bois arab istilochilari xalqni o‘zlariga bo‘ysundirish va ular tomonidan Islom dinini qabul qilinishiga erishish maqsadida harbiylar hamda Islom dini targ‘ibotchilarining xizmatidan birdek foydalandilar. Movarounnahrda Islom ta’limoti g‘oyalarining yoyilishi, kishilar tomonidan shariat qoidalari, Islom dini aqidalariga bo‘ysunish, yagona va qudratli Allohga sig‘inish, Allohning yerdagi rasuli (elchisi) bo‘lgan Muhammad alayhis-salom ko‘rsatmalariga rioya etish xalqning ongiga chuqur singib, ular tomonidan mazkur din asoslarining qabul qilinishiga zamin yaratildi. Natijada Movarounnahrda islomiy qadriyatlar tarkib topa boshladi. Xalifalar davrida islom ta’limoti mustahkamlandi. Payg‘ambarimizga nozil bo‘lgan «Quroni karim» g‘oyalari sahobalar tomonidan kitob holida jamlandi. G‘arb va Sharq tadqiqotchilari «Qur’on» ni jahon madaniyatining eng nodir asarlaridan biri deb hisoblaydilar. Xat-savodi bo‘lgan Abu Bakr as-Siddiq, Umar ibn al-Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Kaab «Qur’on» oyatlarini yod olib borganlar va xat bilan bitganlar. Uchinchi xalifa Usmon ibn Affonning topshirig‘iga ko‘ra, «Qur’on» suralari va oyatlari birinchi bo‘lib sahoba Zayd ibn Sobit tomonidan kiyik terisidan tayyorlangan sahifalarga bitilgan. So‘ngra ushbu manbadan 6 nusxa ko‘chirtirilib, markaziy shaharlarga bitta nusxadan yuborilgan hamda Qur’onning faqat ana shu nusxalaridan foydalanishga farmon berilgan Islom dinining muqaddas kitoblari bo’lib Qur’oni Karim va hadislar hisoblanadi. Qur’on o’z ichiga 114 ta surani oladi. Qur’onda suralar mazmuniga yoki vaqtiga qarab emas, balki hajmiga qarab ya’ni avval katta suralar keyin kichik suralar tartibi bilan Payg’ambarimiz ko’rsatmalariga binoan tartiblangan. Qur’ona Payg’ambar davrida kitob holiga keltirilmagan edi, ulardan so’ng bu ishni Abu Bakr amalga oshiradi, u Qur’onni yaxshi yodlagan va payg’ambar bilan ko’p bo’lgan Zayd ibn Sobitni chaqirtirib kitob yozishni topshiradi. Zayd va Umar Qur’onni kiyik terisiga yozib chiqadilar, bu ilk sahifalar suhuf sahifalar deb nomlangan. Keyinchalik bu sahifalarni Usmon ibn Affon topshirig’iga binoan Zayd ibn Sobit birinchi Qur’on kitobini jamlaydi va undan nusxalar ko’chirtirilib boshqa shaharlarga yuboriladi. Usmon Qur’oni ruslar bosqiniga qadar Samarqandda Xo’ja Axror madrsasida saqlangan. Rus imperiyasi davrida bu kitob imperator kutubxonasiga 1869 yilad olib ketiladi. Keyinchalik kitob 1923 yilda Toshkentga keltiriladi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling