Xalqaro innovatsion universitet pedagogika fanlari kafedrasi


Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim – tarbiyaga ta’siri


Download 0.76 Mb.
bet9/35
Sana23.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1796001
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Bog'liq
Boshlang\'ich va uzluksiz ta\'lim pedagogikasi MAJMUA

Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim – tarbiyaga ta’siri.
Dunyo dinlari orasida islom dini yer yuzida tarqalgan jahon dinlaridan biridir. Islom so‘zi arabcha «bo‘ysunish», «taslim bo‘lish», «o‘zini xudoning irodasiga topshirish» degan ma’noni anglatib yagona Allohga bo‘ysunish tushunchasini beradi .
Bolalarga dastlabki sabok xarflarni o‘qishdan boshlangan, bu usulda xar bir bola alifbe tartibida xarifning nomini bilib olishi (alif, be, te, se, va x.), so‘ngra shu xarflarni qo‘shib o‘qishni mashq qilar edi. Ana shu mashq oxiriga yetganidan so‘ng, bolalar qo‘llariga "Qur’on" berilgan va domla raxbarligida "Qur’on"ning xar bir surasi takrorlanib o‘rganilar edi.
Lekin "Qur’on"ni o‘qish bolalar uchun juda og‘ir edi. Chunki maktablarda asta — sekin faqat og‘zaki mashq usuliga — "Savod" chiqarilishga o‘tgach, savod chiqarish yanada qiyinlashdi. Yozuv aloxida "fan" sifatida ajratilib, kotiblik kasbiga o‘qiyotganlargagina yozuv o‘rgatilar ediyu shunga qaramay, maktablarga deyarlik xamma bolalar tortiladi va "Qur’on"ni o‘rganish majbur qilib, arab bo‘lmagan bolalar uchun uni yodlash xar qancha og‘ir bo‘lsa xam, Movarounnaur maktablarida "Qur’on" ning bu usul qabul qilindi va to‘g‘ri deb topildi- Bu usul keyinchalik bolalarning madrasada o‘qitish uchun xam kerak edi.
Asta-sekin ota-onalar bolalarni 6-7, xatto 5 yoshidan maktabga bera boshladilar "Qur’on"ni yod bilgan kishi qori deb atalardi. Qorilar katta xurmatga sazovor edilar. Asta — sekin o‘qimishli kishilar, ya’ni domla aloxida ajralib, ular o‘z xonadonlarida ham maktab ochadi. Talabalar maktabdor domlalar maktabida xusnixat, og‘zaki xisobni ham o‘rganar, asta - sekin fors-tojik tilida va turkiy tildagi kitoblarni, qo‘lyozmalarni xam o‘qitilar, o‘rgatilar edi.
Husnixat va arifmetika bilan yana xususiy muallimda shug‘ullanar edilar.
Movarounnaxrda arab bo‘lmagan bolalarga "Xaftiyak" VIII asrda tuzilgan bo‘lib, "Qur’on" suralaridan yettidan biri tanlab olingan darslik sifatida o‘rganilgan.
X — XII asrda islom dini rukunlari dars tojik tilida she’r va nasr bilan bayon qilingan. "Chorkitob" o‘qitila boshlandi. XII asrdan boshlab Axmad Yassaviy, undan so‘ng XVII asrdan So‘fi Olloyorlarning turkiy tilda yozilgan she’r va boshqa asarlari vositasida islom dini rukunlari turkiy tilda o‘rganila boshlandi. Maktablarda faqat o‘g‘il bolalar o‘kir, qizlar esa otinoyilar uyida o‘kitilar, ular yozuvni emas, faqat o‘kishni o‘rganar edilar. X asr boshlarida madrasalar ham paydo bo‘la boshlaydi. "Madrasa" so‘zi "dars o‘qitiladigan joy", "Ma’ruza tinglaydigan joy" ma’nosini anglatadi. Ma’lumki, madrasalarda musulmon diniy okimlari arab tili grammatikasi va qoidachilik, iloxiyot, mantiq, notiklik maxorati, kalom, o‘rgatilgan. Asta-sekin madrasalarda astranomiya, matematika, geografiya, kimyo kabi dunyoviy fanlar o‘kitila boshlandi.
Madrasalarda 15-20, 30-40 va 100-150 tacha talaba o‘qigan. Madrasani bitirib chiqqanlar imom-xatib, qozixonalar va boshqa ma’muriy ishlarda ish olib borar edi.
«Qur’on» musulmonlarning diniy, ijtimoiy va siyosiy hayotida asosiy qo‘llanma bo‘lib qoladi. «Qur’oni karimning» deyarli barcha oyat va suralari mazmunidagi g‘oyalar insonni ma’naviy axloqiy poklikka yetaklab, johillikdan qutqarib, ezgulikka yo‘naltirib, ayniqsa yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling