Xalqaro innovatsion universitet pedagogika fanlari kafedrasi


Pedagogika tarixi pedagogika fanining qismi sifatida quyidagi funksiyalarni bajaradi


Download 0.76 Mb.
bet4/35
Sana23.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1796001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Boshlang\'ich va uzluksiz ta\'lim pedagogikasi MAJMUA

Pedagogika tarixi pedagogika fanining qismi sifatida quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) ta’lim nazariyasi va amaliyotida o‘qitish va tarbiyalash muammo- larining hosil bo‘lishi va uning hal etilishi tarixini belgilash;
b) pedagogik nazariyalarni ishonchlilik mezoni bo‘lib, yangi pedagogik tizimlarni yaratishga yo‘naltiradi;
d) pedagogik qarash, g‘oya va nazariyalarni boyitilishini va ta’limni rivojlanish yo‘lini ko‘rsatib beradi;
e) ta’limiy an’analarni hosil bo‘lishi va o‘zgarish jarayonlarini ochib beradi;
f) turli tarixiy davrlardagi pedagogik tizim­larni, nazariyalarni, g‘oyalarni, konsepsiyalarni o‘zaro aloqadorligini ko‘rsatadi.
Pedagogika tarixi fanining obyekti ma’lum bir tarixiy davr hisoblanadi. Pedagogika tarixi fanining predmeti turli tarixiy davrlardagi hamda sivilizatsiya sharoitlaridagi ta’lim amaliyoti va pedagogik nazariyalarni shakllanishi va rivojlanishi jarayoni hisoblanadi.
Pedagogika tarixi pedagogikaning yo‘nalishi sifatida quyidagi ilmiy-nazariy vazifalarni bajaradi:
1) tarbiya qonuniyatlarini umuminsoniy va ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganish;
2) o‘tmish pedagoglari tomonidan ishlab chiqilgan insonparvarlikka yo‘naltirilgan vositalarni asoslash;
3) pedagogika fanining rivojlanish yo‘lini tahlil qilish va tarixiy davrlardagi ijobiy holatlarini umumlashtirish;
4) har bir ijtimoiy-tarixiy rivojlanish davridagi maktab va pedagogikaning haqqoniy ko‘rinish holatini ko‘rsatib berish.
Pedagogika tarixi o‘quv predmeti sifatida bilimlar tizimini shakllantirish maqsadida,
birinchidan, jamiyat, maktab, pedagogikaning o‘zaro aloqadorligi natijalari to‘g‘risidagi;
ikkinchidan, maktab va pedagogik jarayonlar to‘g‘risidagi;
uchunchidan, ta’lim va tarbiya sohasi insoniy madaniy qadriyatlarni mustahkamlash mexanizmlari to‘g‘risidagi;
to‘rtinchidan, maktab va pedagogika hamisha ijtimoiy va madaniy sivilizatsiyaning markaziy qismi bo‘lganligi to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantiradi. Shunday qilib, pedagogik g‘oyalar va ta’lim tarixini o‘rganish tarbiya to‘g‘risidagi zamonaviy fanni o‘rganishga yordam beradi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling