O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
XALQARO INNOVATSION UNIVERSITETI
«PEDAGOGIKA FANLARI» KAFEDRASI
Boshlang`ich va uzluksiz ta’lim pedagogikasi fanidan
ma’ruzalar matni
QARSHI - 2023 y.
Tuzuvchilar: A.D.Mirzakobilov - «Pedagogika fanlari» kafedrasi o‘qituvchisi
Taqrizchilar: Sh.Nurullaeva Qarshi davlat universiteti professori
M.Maksadova Xalqaro innovatsion universiteti dotsenti.
Ma’ruzalar matni 60110500 – Boshlang`ich ta'lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan, unda pedagogik bilimlar, ta’lim-tarbiyaning maqsad, vazifalari, pedagogik fikrlar rivoji, inson ta’lim-tarbiyasiga oid pedagogik-psixologik bilim asoslari muxtasar tarzda bayon etilgan. Shuningdek, ma’ruzalar matniga milliy mustaqillik mafkurasi g‘oyalari singdirilgan.
Ma’ruzalar matnlari to‘plami universitet Ilmiy Kengashi tomonidan (bayon №__1_, «__26_»_08__ 2023 y.) o‘quv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan.
Xalqaro innovatsion universiteti
3-semestr.
1-ma’ruza: Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar.
Reja:
1. Pedagogika tarixi fanining predmeti, vazifasi va metodologik asosi.
2. Eng qadimgi xalq og‘zaki ijodiyoti yodgorliklarida inson tarbiyasiga oid fikrlar.
3. Eng qadimgi yozma yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalari. Avesto va uning tarbiyaviy ahamiyati.
Pedagogika tarixi fanining maqsad va vazifalari.
Pedagogika va ta’lim - tarbiyaga oid fikrlar bir necha ming yillik tarixga ega. Ushbu yo‘lda nazariy pedagogik qarash va g‘oyalarning rivojlanishi natijasida pedagogika fani paydo bo‘ldi. Ta’lim-tarbiya institutlarining rivojlanishi qarama- qarshiliklarga boy, ko‘p qirrali jarayondir. Pedagogik bilimlar va ta’lim tarixini o‘rganish bu- bo‘lg‘usi mutaxassisning pedagogik va umumiy madaniyatini shakllantirishning asosiy sharti hisoblanib, ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotining rivojlanish jarayoni to‘g‘risidagi bilimlarni beradi. Pedagogika tarixi o‘quv predmeti sifatida pedagogik ta’limning ajralmas qismi hisoblanadi. Pedagogika tarixi ta’lim nazariyasi va amaliyotini, turli tarixiy davrlardagi o‘qitish va tarbiyalash jarayonlarini rivojlanishini zamonaviylik kontekstida tarixiy rivojlanishini o‘rganadi.
Pedagogika tarixi fanining asosiy vazifasi turli tarixiy davrlarda jamiyatning rivojlanishida ta’limning roli qanday bo‘lganligini ko‘rsatib berib, ushbu davrda yashab o‘tgan faylasuf va pedagoglar nima uchun u yoki bu nazariyalarni yaratganliklarini asoslab berishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |