Xalqaro innovatsion universiteti iqtisodiyot va aniq fanlar kafedrasi


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 1.42 Mb.
bet20/43
Sana30.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1415808
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43
Bog'liq
Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari majmua.

Nazorat va muhokama uchun savollar
1.Tabiiy resurslar deb qanday resurslarga aytiladi?
2. Real va potensial resurslar mazmunini tushuntiring?
3. Tugaydigan resurslardan oqilona foydalanishning ekologik asoslari ?
AMALIY MASHG’ULOT MAVZULARI.

1- Amaliy mashg’ulot: “Ekologik madaniyat va barqaror taraqqiyot asoslari” kursini o‘rganishda qo‘llaniladigan ilmiy tadqiqot metodlari.


1. Ekologik ta’lim va tarbiya quyidagi asosli bo‘limlarni o‘z ichiga
oladi;
2. Uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash;
3. Ekologik ta'lim-tarbiyani o'quv muaassalarida olib borish;
Ekologik ta’lim va tarbiya quyidagi asosli bo‘Iimlarni o‘z ichiga
Oladi;
1. Talaba va o'quvchilami tabiat go'zalliklarini sevish, ulardan estetik
zavq olish ruhida tarbiyalash.
2. Jonli va jonsiz tabiatning rivojlanish qonuniyatlari, tabiat bilan
jamiyat o'rtasidagi murakkab o‘zaro munosabatlar, shuningdek, inson
xo‘jalik faoliyatining tabiatga ta’siri oqibatlari haqida bilim berish.
3. Talaba va o ‘quvchilarda ekologik madaniyatni tarbiyalash. Tabiatni
sevish, undan to ‘g ‘ri va ongli ravishda foydalana bilishni tarbiyalash
ekologik tarbiya va madaniyatning asosi bo‘lib, kishilarda tabiat oldida
m as’uliyatni anglash malakasini hosil qiladi.
4. Vatanni sevish, vatanparvarlik tabiatni sevishdan boshlanadi.
Binobarin, o‘quvchilarda tabiatga nisbatan haqiqiy muhabbat tuyg‘usini
hosil qilmay turib, ulami vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mumkin emas.
Insonning tabiat quchog'ida bo‘lishi uni ruhan tetiklashtirib, mehnat
qobiliyatini va ijodiy faoliyatini oshiradi.
Ekologik tarbiya quyidagi masalalami o‘z ichiga oladi:
a) kishilarga maxsus ekologik bilim va tarbiya berib, ularda bu sohada
muayyan malaka hosil qilish;
b) ekologik o‘zgarishlami oldindan ko‘ra bilishni tarbiyalash;
v) ekologik madaniyatni singdirish va tarbiyalash;
g) kishilarni tabiat « in ’om lari»dan to ‘g ‘ri foydalanish ruhida
tarbiyalash.

“KKIT” uslubi (SVOT-analiz, SWOT- analysis)


• Kuchli tomonlar
• Kuchsiz tomonlar
• Imkoniyatlar
• To’siqlar


Kuchli
tomonlar

Kuchsiz
tomonlar

Imkoniyatlar

To’siqlar




































O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 18 sentabr 212-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2008-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi”ning I bandida uzluksiz ekologik va barqaror rivojlanish uchun ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, ekologik ilm-fanni rivojlantirish, ekologik bilimlarni keng targ‘ib qilish vazifalari belgilangan.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va Xalq ta’limi vazirliklari tomonidan BMTning Barqaror rivojlanish uchun ta’lim bo‘yicha Dekadasi hamda BMT
Yevropa iqtisodiyot komissiyasining Strategiyasini O‘zbekistonda bajarilishiga ko‘maklashish va amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturi 2010 yil dekabrida qabul qilindi. Ushbu dastur va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 31 yanvarda tasdiqlangan Ish rejasiga 2011-2012 o‘quv yilida oliy ta’lim
muassasalarida ekologiya va atrofmuhit muhofazasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ekologiya va tabiatdan foydalanish sohasiga oid o‘quv, o‘quv-uslubiy majmualarni takomillashtirish va ularni amalga joriy etish vazifalari kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “...ta’lim-tarbiya sohasida ham belgilanayotgan islohatlarni hayotga tatbiq qilishda...2005 va keyingi yillarda ungacha to‘plangan tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish asosida o‘zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni inobatga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish zarur deb bejiz aytmagan.
Yuqorida qayd etilgan milliy davlat tizimini modernizatsiya qilish talablari hamma fan yo‘nalishlari, jumladan ekologik ta’lim va tarbiya tizimini qaytadan ko‘rib chiqishni taqazo etadi.
Chunki milliy ekologik ta’lim va tarbiya tizimi shu kunnning talablariga to‘liq javob beradi, deya olmaymiz. Buning asosiy sabablaridan biri 1992 yil 9 dekbrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qiilish to‘g‘risidagi qonunning 4-moddasiga ekologik
ta’limning majburiylik prinsipi kiritilgan. Lekin ushubu yo‘naltiruvchi qoida 1997 yil qabul qilingan Ta’lim to‘g‘risidagni qonuknda o‘z aksini topmagan. Natijada milliy ta’lim tizimida ekologik ta’lim va tarbiya stixiyali ravishda amalga oshirilmioqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Ekoharakat” deputatlar guruhi hamda Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rahbarlarining
respublikada uzluksiz ekologik ta’lim tizimini joriy etish to‘g‘risidagi axborotlariga ko‘ra parlament eshituvlari to‘g‘risida”gi 2010 yil 2 noyabrdagi Qarorida, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qiilsh Davlat qo‘mitasi qoishida faoliyat yuritayotgan “O‘zbekiston
Respublikasida barqaror rivojlanish ta’limi” idoralar aro Muvofiqlvashtiruvchi Kengashning 2011 yil yanvar oyiga bergan
hisobotiga ko‘ra mamlakatimizda ekologik ta’lim yo‘nalishida 2005 yildan buyon uch bosqichda amalga oshrilgan bir qator ijobiy ishlar qilingan bo‘lsada, lekin ular yagona bir uzluksiz ta’lim tizimiga mos keladi, deyish qiyin.
Ekologik ta’limni zamon talablaridan chetda qolib ketmasligi, O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi qonun hamda Kadrlar tayyorlashning milliy dasturida ko‘rsatilgan uzluksizlik tamoyillariga moslashishi qanday bo‘lmog‘i kerak, degan savolga javob topishdadir.
Hammamiz garchand ta’lim so‘zini kuniga juda bo‘lmaganda bir marotaba tilga olsakda, lekin uning umume’tirof etilgan tushunchasiga o‘z e’tiborimizni doimo ham qaratmaymiz. Ta’lim – bilim berish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga
tayyorlashning asosiy vositasi, to‘g‘rirog‘i tizimi. Zero, ta’limning uzluksizligi tizimlashgandir.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling