Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi
Download 1.72 Mb.
|
0-1a-11 guruh Turdiyev Z 97-2003
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erkin savdo hududi to‘g‘risidagi Shartnoma ”
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi. 1991 yilda 8 dekabrda Minskda Belorussiya, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. 1991 yil 21 dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston qoʻshildi, ular Belorussiya, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzo chekdilar. 1993 yilda MDH ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, tashki siyosiy faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish, aholi sogʻligʻi va atrof muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qoʻriqlashda birgalikda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. 2013-yil 31-may kuni Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari hukumat rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilishda “Erkin savdo hududi to‘g‘risidagi Shartnoma” imzolangan edi. 2013-yil 24-dekabr kuni “2011-yil 18-oktyabrdagi Erkin savdo hududi to‘g‘risidagi Shartnomani uning Tomonlari va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida qo‘llash haqidagi Bayonnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi Rossiya Hukumati Komissiyasida tasdiqlandi7. O‘zbekiston MDH davlatlari o‘rtasida Erkin savdo hududi to‘g‘risidagi Shartnomaning to‘qqizinchi ishtirokchisiga aylandi. 2011-yil 18-oktabr kuni MDHning sakkizta davlati mazkur shartnomani imzolagan edi. Hozircha oltita davlatda – Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya va Ukrainada ushbu shartnoma ratifikatsiya qilingan. Yana ikki davlat – Qirg‘iziston va Tojikiston hozircha shartnomani ratifikatsiya qilmagan. Yaqin kelajakda MDH davlatlarining savdo aloqalari yanada rivojlanishi bevosita ularning hozirgi kundagi iqtisodiy o’sish tendensiyalari bilan chambarchas bo’g’liq. Hozirgi kunda MDH davlatlari iqtisodiyotining sanoat, qishloq xo’jaligi va xizmatlar sohasida barqaror o’sish sur’atlari kuzatilmoqda8. Bu bevosita a’zo mamlakatlarning o’zaro tashqi savdosini yanada rivojlantirishga muhim rol o’ynaydi.
Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling