Xalqaro maqom san'ati anjumani
Download 1.22 Mb.
|
Xalqaro maqom san\'ati anjumani
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ularda maqom sanʼatini yanada rivojlantirish borasida aniq vazifalar belgilab berilgan.
102 TS-guruh
Xalqaro maqom san'ati anjumani Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 6 aprelda imzolangan “Xalqaro maqom sanʼati anjumanini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, 6 — 10 sentyabr kunlari yurtimiz ahli va mehmonlari ushbu nufuzli tadbirning guvohi boʻlishadi. Ayni damda esa anjuman oʻtkaziladigan manzil — Shahrisabz maqom sanʼati shukuhi bilan yashamoqda.Davlatimiz rahbari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chogʻida sohibqiron bobomiz Amir Temur qurdirgan Oqsaroyni ziyorat qilib, Shahrisabz qadimiy merosimiz boʻlgan maqomlarni dunyoga taratish uchun eng maqbul joy ekanligini taʼkidlagandi. Zero, “Shashmaqom” dunyoga kelgan oʻsha davr aynan Amir Temur davlatchiligi tarixi bilan chambarchas bogʻliq.Buyuk bobomiz davrida musiqa sanʼati jadal rivojlanib, chinakam uygʻonish davrini boshdan kechirganligi, sozandalik va xonandalik, musiqa ilmi hamda bastakorlik kamol topganligi haqida koʻplab manbalar mavjud. Ularda taʼkidlanishicha, XVII-XVIII asrlarga kelib, Shahrisabzda buxorolik va samarqandlik sanʼat ustalari hamkorligida “Shashmaqom” taronalariga raqsga tushadigan raqqoslar hamda sozandalar guruhlari tuzilgan.Anjuman munosabati bilan koʻplab mamlakatlardan hofizu sozandalar, sayyohlar va boshqa mehmonlar Shahrisabzga tashrif buyurmoqda. Bu esa dunyo miqyosida ushbu sanʼat hamda yurtimizga boʻlgan qiziquvchilar safining oshib borayotganini bildiradi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, xorijiy davlatlardan 22 nafar musiqashunos olim, 29 yakkaxon ijrochi va musiqiy jamoa, 21 nafar mutaxassis hamda faxriy mehmon sanʼat bayramida qatnashish istagini bildirgan.Prezidentimiz qaroriga asosan, ushbu anjuman doirasida Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining Shahrisabz filiali tashkil etildi. Shahrisabzga kelgan mehmonlar shahar Madaniyat saroyida tashkil etilgan maqom sanʼati muzeyida maqom tarixi haqidagi animatsion koʻrgazma vositalari orqali oʻzlarini qiziqtirgan barcha maʼlumotga ega boʻladilar. Shuningdek, shahardagi “Navroʻz” madaniyat va istirohat bogʻi hamda “Dor ut-tilovat” majmuasi hududidagi xiyobonda esa onlayn tizimida ishlaydigan katta ekran orqali anjumanni kuzatib boradilar.Bugun Shahrisabz chin maʼnoda xalqaro maqom markaziga aylanmoqda. Albatta, bu, oʻz navbatida, yurtimizni, oʻzbek maqom sanʼatini dunyoga tanitishga, jahon ahli eʼtiborini esa Oʻzbekistonga qaratishga xizmat qiladi.* * *Ertaga boshlanadigan Xalqaro maqom sanʼati anjumani munosabati bilan tayyorlangan maxsus sahifani gazetamizning 4-betida oʻqishingiz mumkin.40 dan ortiq mamlakatlarga toʻgʻridan-toʻgʻri namoyish etiladi Anjumanda 70 dan ortiq davlatlardan sanʼatkorlar qatnashadi, 300 dan ziyod xorijiy mehmonlar kelishi kutilmoqda. Shuni taʼkidlash joizki, 40 dan ortiq xorijiy davlatlar televideniyelari anjumanni oʻz yurtiga toʻgʻridan-toʻgʻri uzatish istagini bildirgan.Davlatimiz rahbarining 2017 yil 17 noyabrdagi “Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2018 yil 6 apreldagi “Xalqaro maqom sanʼati anjumanini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarorlari oʻzbek mumtoz musiqasi tarixida yangi davrni boshlab bergan muhim hujjatlar boʻldi.Ularda maqom sanʼatini yanada rivojlantirish borasida aniq vazifalar belgilab berilgan.Anjuman 2018 yildan boshlab, har ikki yilda bir marta Shahrisabz shahrida oʻtkaziladi. Unda quyidagi tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan: “Maqom musiqa sanʼatining jahon sivilizatsiyasida tutgan oʻrni” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya; jahon va Oʻzbekiston maqomot sanʼati ustalarining yakka konsertlari; maqom ansambllari, xonanda va sozandalarning koʻrik-tanlovi; sayillar, mamlakatimizning dunyoga mashhur shaxslari hayoti hamda ijodiy faoliyati haqida zamonaviy va kreativ usulda sahnalashtirilgan dastur namoyishlari;Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling