Milliy xususiyatlar, ya’ni madaniyat, psixologiya, temperament, an’analar ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tushunish va hal qilish hamda korxonalarning samarali faoliyati uchun zarur tashkiliy sharoitlarni yaratish usuli sifatidagi menejment uslubiga ta’sir ko’rsatadi.
Global menejment bo’yicha mutaxassislar tashqi iqtisodiy bitimning qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro menejer faoliyatining dastlabki davrida qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin bo’lgan yettita asosiy elementini ajratadilar: 1) yangi xorijiy sheriklar bilan muzokaralar muhiti; 2) qabul qiluvchi mamlakatning madaniy va tarixiy xususiyatlari; 3) qabul qiluvchi mamlakat mafkurasi; 4) byurokratik an’analar; 5) qabul qiluvchi mamlakat qonunchiligi; 6) pul tizimlaridagi farqlar; 7) qabul qiluvchi mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorsizlik.
G’arbiy menejment uslubi xususiyatlariga firma va biznes alohida yo’nalishlari rahbarlarining yuqori individual ma’suliyati va o’ziga ishonchi kiradi.
Yevropa mamlakatlari orasida menejment uslublarida jiddiy tafovutlar kuzatiladi.
Osiyo boshqaruv uslubiga quyidagilar xarakterli: “yumshoq” tuzilmalarga urg’u berish, menejerlarning yuqori ta’lim darajasiga, kompaniya strategik rejalari muvaffaqiyatiga ishonish va sheriklarning bir-biriga ishonchi, firma umumiy maqsadiga hissa qo’shish xissiyoti.