Xalqaro menejment


Menejment uslubidan qat’iy nazar ishga doir etiket


Download 456.36 Kb.
bet58/150
Sana08.01.2022
Hajmi456.36 Kb.
#235590
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   150
Bog'liq
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA

Menejment uslubidan qat’iy nazar ishga doir etiket

Har qanday mamlakatda global menejerga qabul qiluvchi mamlakatning turli madaniy va tarixiy xususiyatlariga to’g’ri va mos keluvchi ishga doir etiket asoslariga rioya qilish tavsiya qilinadi. Bunday asoslarga:

  • belgilangan ishbilarmonlik uchrashuvi vaqtiga qat’iy rioya qilish;


  • muzokaralar boshlashdan avval tashrif kartochkalari bilan almashish zarur va tashrif kartochkasini uzata turib, o’z nomingizni aniq ayting;


  • muzokaralarni delegatsiya boshlig’i – kompaniyaning eng yuqori lavozimli vakili boshlashi kerak. Muzokaralar paytida u tashabbusni muhokama qilinayotgan muammoni eng yaxshi biladigan menejerga berishi mumkin;


  • muzokara qatnashchilarini joylashtirish qoidalariga (delegatsiya boshliqlari odatda bir-biriga qarama-qarshi o’tiradi) amal qilish muhim;


  • o’z argumentlarini bayon qilishda faqat tarjimon yoki tilni biladigan shaxsga murojaat etmaslik kerak;


  • ishbilarmonlik suhbatida sekin sur’atda argumentlarni aniq va ixcham izohlash bilan gapirish kerak;


  • muzokaralarni olib borish sur’ati ikkala tomon fikrlarini to’g’ri qabul qilish va zarur bo’lganda aniqlovchi savollar berish imkoniyatini berishi kerak;


  • ishbilarmonlik suxbati imkoniyatidan to’la foydalanish uchun har bir tomonning tadbirlar rejasini e’tibor bilan muhokama qilish lozim;


  • muzokaralar yakunida doim sheriklarga sizga ajratgan vaqtlari uchun minnatdorchilik bildirish kerak;


  • o’z ofisingizga qaytgandan so’ng uchrashuvda kelishilgan harakatlarni sodir qilishdan tashqari, hamkorlikka qiziqish so’saymaganligini bildirish uchun minnatdorchilik xatini yuborish lozim;


  • sheriklar savollari va talablariga darhol javob berish kerak. Bu sherik xabarini qabul qilganligingizni anglatadi.



Download 456.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling