Xalqaro menejment
Xorijiy filial shtatida mahalliy fuqarolar va muxojirlar (ekspatriantlar)
Download 456.36 Kb.
|
XALQARO MENEJMENT MA'RUZA MAVZULARI O'ZBEK TILIDA
Xorijiy filial shtatida mahalliy fuqarolar va muxojirlar (ekspatriantlar)
Bosh kompaniya u yoki bu konsepsiyaga xayrihoxligiga bog’liq holda o’z xorijiy filiallari shtatini faqat qabul qiluvchi mamlakat mahalliy fuqarolari yoki ko’p miqdordagi muxojirlar-bosh kompnaiya joylashgan davlat millati yoki uchinchi davlatlar millatiga mansub kishilarni hisobga olgan holda shakllantiradi. 90-yillarda xalqaro korporatsiyalar xorijiy filial shtatiga va hatto rahbariyatiga asosan qabul qiluvchi mamlakat fuqarolarini jalb qilish tendensiyasi namoyon bo’ldi. Xalqaro korporatsiyalar xorijiy filiallari rahbariyatini qabul qiluvchi mamlakatlarning mahalliy fuqarolaridan shakllantirish afzalliklar bilan birga kamchiliklarga ham ega. Birinchidan, mahalliy fuqarolar xizmati xalqaro korporatsiyalarga muxojirlar xizmatidan ko’ra arzonroq va ularni komandirovka qilish bilan bog’liq byurokratik tadbirlar va harajatlarni cheklab o’tishga imkon beradi. Bundan tashqari ko’pgina qabul qiluvchi mamlakatlarda chet elda kasbiy tayyorgarlikdan o’tgan buxgalterlar va huquqshunoslar xizmatidan foydalanishga imkon bermaydigan huquqiy talablar mavjud. Xalqaro korporatsiyaga mahalliy imidjni tashkil qilish uchun (xorijiy kompaniyalarga yomon munosabatlar o’rnatilganda yoki “mahalliy mahsulotlarni xarid qiling” fikrini tarqatish va shu kabi) foydali bo’lgan vaziyatlar mavjud. Bundan tashqari mahalliy rahbarlar uzoq muddatli loyihalarga yo’nalgan bo’ladi, muxojirlar esa ko’pincha korporatsiyaning uzoq muddatli loyihalariga zid ravishda qisqa muddatli maqsadlarni ko’zlaydi. Mahalliy kadrlar mintaqaviy ishlab chiqarish sharoitlari, milliy iste’molchilar talabi xususiyatlarini yaxshiroq biladi va ba’zan hukumat doiralari bevosita aloqalarga ega bo’ladilar. Mahalliy mutaxassislardan foydalanish qabul qiluvchi mamlakat fuqarolariga ularning davlat manfaatlariga xizmat qiluvchi xorijiy korporatsiyalar bilan hamkorlik qilish imkoniyati mavjudligini ko’rsatadi. Bundan tashqari mahalliy fuqarolarni yollash qabul qiluvchi mamlakat hukumati tomonidan qo’llab-quvvatlanadi va rag’batlantiriladi. Muxojirlarning xizmatidan foydalanish ularning texnik bilimi, boshqaruv tajribasini mahalliy xodimlarga o’rgatish qobiliyati va bosh kompaniya tomonidan xorijiy filial faoliyatini qat’iy nazorat qilishga asoslanadi. Shu bilan bir vaqtda ulardan foydalanish kompaniyaga qimmatga tushadi. Kolumbiya universiteti olimlari o’tkazgan tadqiqot natijalari ham shuni ko’rsatdi, chunki mahalliy mutaxassislarning ish xaqi, ularning uy-joy harajatlari, ular ma’muriy xonalar va transport harajatlari bosh kompaniya mutaxassislariga nisbatan kamroq. Masalan, Malayziyada xorijiy filialni AQShdan yuborilgan boshqaruvchisini ta’minlash qiymati amerika TMKsi uchun yiliga 200 ming dollarga teng, mahalliy boshqaruvchi yollanganda esa 20 ming dollarga teng bo’ladi. Download 456.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling