Tajriba almashuv kurslari tashkil etib, o‘z xodimlaringizning malakasini oshirib boring.
Odamlarning erkinlik bilan bemalol muloqot qilib borishlari uchun imkon tug‘dirib bering va bunga kishilarni ko‘proq jalb etib boring.
Birinchi galda qanday imkoniyatlarni ishga solish kerakligi muhokama qilinadigan uchrashuvlar va shaxsiy suhbatlarni o‘tkazzib turing va bunda yangidan amalga oshirilayotgan aniq g‘oya to‘g‘risida albatta so‘z oching.
Bo‘limlar orasidagi to‘siqlar harakatchan va oson engib o‘tiladigan bo‘lishi kerak. Bo‘limlar o‘rtasida raqobat bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Garchi “bir bosh yaxshi, ikkitasi esa bundan ham yaxshi” va jamoa hamkorligi ancha samarali bo‘lsa-da, ko‘pchilikning fikriga qarama-qarshi fikr yuritayotgan yakka kishining ishiga to‘sqinlik qilmang.
Masalani hal qilishga qo‘shgan hissasi uchun shaxsan odamlarning o‘ziga tashakkur bildirib, mukofotlar bering.
G‘oya va fikrlar plyuralizmini, ularning kimdan chiqqanligidan qat’iy naazar, tabriklang va qo‘llab-quvvatlang.
Xodimlar ustidan tushgan shikoyayatlar yoki noroziliklar to‘g‘risida xodimlarni xabardor qiling, shunda birgalashib chora topsa bo‘ladi.
Jamoada ijodiy vaziyat yuzaga keltirish masalalari bilan bevosita shug‘ullanadigan pixolog, sotsiologlarni, boshqaruvchi mutaxassislarni ular tashkilotingizdagi xodimlar bilan maxsus o‘quv mashg‘ulotlari va ishga doir o‘yinlar o‘tkazib turishlari uchun vaqt-vaqti bilan taklif qilib turing.
Rahbarlik lavozimlariga boshqalarning ijodiy qobiliyatlari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlay oladigan kishilarni tayinlang.
O`quv mashg‘ulotlariga qatnashish, maxsus adabiyotni o‘qib turish va ishga doir o‘yinlarda ishtirok etib borish yo‘li bilan o‘zingizning ijodiy qobiliyatlaringizni takomillashtirib boring.
Xodimlarning bevosita o‘z vazifalaridan tashqari ancha keng doiradagi masalalarga taaluqli fikrlarni ham bayon qilish istaklarini rag‘batlantirib boring.
Tashabbusni paysalga solmay, aniq-tayin g‘oyalarga, takliflarga va ishlarga aylantirish uchun shart-sharoitlarni yaratib bering. Qo‘lni qovushtirib kutib o‘tirish yaramaydi.
Yangiliklarni joriy etish g‘oyalarini ishlab chiqish va amalga oshirishning tashkiliy mexanizmini yarating.
¡o‘l ostingizdagi kishilarning yuqori rahbariyatga yuboriladigan tashabbusini o‘z tavsiyanomangiz bilan qo‘llab-quvvatlang. Teskari aloqa bo‘lishini ta’minlang.
Yuqori tashkilotning rahbarlari bilan yangi echimlarning mualliflari o‘rtasida o‘ziga xos, g‘ayri rasmiy muunosabatlar o‘rnatilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlang va bunga yo‘l ochib boring.
Tashkilotga yangi kelgan xodimlar, shuningdek uning faxriylari bo‘lmish kishilarning kayfu-ruhiyati bilan qiziqib turing.
Tamomi hafsalam pir bo‘ldi debyurgan xodimlarda ishga bo‘lgan qiziqishni qay tariqa yangidan uyg‘otsa bo‘larkin deb o‘ylab ko‘ring.
Ijodiy tashabbusni rag‘banlantirishga qo‘shimcha ishlatiladigan bir hiyla deb qaramang, uni umuman boshqaruvga oid siyosatning avjralmas bir qismi deb hisoblang.
|