Xalqaro mintaqashunoslik fanidan


Download 120.89 Kb.
bet1/10
Sana20.10.2023
Hajmi120.89 Kb.
#1710713
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xalqaro mintaqashunoslik


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
RENESSANS TA’LIM UNIVERSITETI










XALQARO MINTAQASHUNOSLIK FANIDAN
USLUBIY QO’LLANMA
(Sirtqi bo’limi talabalari uchun)










Toshkent – 2023

Mazkur o‘quv qo‘llanma Ilmiy-uslubiy Kengashining 2023-yil “___” _________ ____ – sonli bayoni bilan tasdiqlangan “Xalqaro mintaqashunoslik” fani dasturi asosida tayyorlandi.


Fan sillabusi (ishchi o’quv dasturi) Renessans talim univeristeti Ilmiy-uslubiy Kengashining 2023-yil “___” __________ ___ – sonli bayoni bilan tasdiqlangan.


Tuzuvchi:
Sh.I.Shozamanov – Renessans talim univeristeti “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi dotsenti, siyosiy fanlar doktori,


Taqrizchilar:

U.B.Shakarov – Renessans talim univeristeti “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori PhD


Kirish
Ma’lumki, mintaqashunoslikka doir bilimlar xalqaro hamjamiyatni rivojlantirishda muhim o‘rin egallaydi. Mintaqashunoslikka doir bilimlar asosida nafaqat davlat va jamiyat boshqaruvini to‘g‘ri tashkil qilish mumkin, balki shu bilan birga, jamiyat hayotining eng muhim strategik yo‘nalishlari bo‘yicha siyosiy bashoratni amalga oshirish va istiqboldagi turli rivojlanish konsepsiyalarini ham ishlab chiqish mumkin.


Ta’kidlash joizki, G‘arb mamlakatlarida olib borilayotgan tadqiqotlar, avvalo, o‘zining amaliyotga yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Aynan ana shu aloqadorlik, ya’ni nazariya va amaliyotning o‘zaro bog‘liqligi ularda davlat va jamiyat boshqaruvining to‘g‘ri tashkil qilinishiga olib keldi va bu hol, pirovard natijada, ushbu mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlab bergan omillardan biri bo‘ldi, desak yanglishmaymiz. Hozirgi kunda O‘zbekistonda xalqaro mintaqashunoslik faniga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Bu tabiiy hol, albatta. Chunki yosh mustaqil respublikamiz o‘z siyosiy tizimini shakllantirish va rivojlantirish yo‘lida dadil qadam tashlamoqda. Demak, ushbu yo‘nalishda ilmiy nazariyalar, konsepsiyalar va qarashlarning izchil tizimini shakllantirishni davr taqozo etmoqda.
Xalqaro mintaqashunoslik fanini rivojlantirish bo‘yicha hali bir qator ishlarni amalga oshirish lozim. Chunonchi, o‘zbek tilida darsliklar, o’quv uslubiy majmualar, o‘quv dasturlarini nashr etish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, xorijiy mamlakatlarda ilmiy tadqiqotlar olib borilayotgan ilmiy markarzlar va olimlar bilan yaqindan tanishish va hamkorlik o‘rnatish, siyosiy hayotning turli muammolari bo‘yicha tadqiqotlarni yanada faollashtirish, ushbu ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish, respublikamizdagi xalqaro mintaqashunoslik olimlar uyushmalarini tashkil qilish kabi bir qator ishlarni ham amalga oshirish lozim.



Download 120.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling