Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati


Download 254 Kb.
bet11/12
Sana24.07.2023
Hajmi254 Kb.
#1662222
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat

ATAMALARDA TIL MUAMMOSI
Turli mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan TMKlar o’z mahsulotlarini turli xil tillarda «jarangdor» nomlanishiga erishishga harakat qiladilar, Masalan, «Djeneral Motors» kompaniyasi modellarni «Nova» deb nomlanishi Lotin Amerikasi bozorlarida oson qabul qilinadi, deb uylangan edi. Chunki, ushbu so’z ispan tilida «yulduz» degan ma'noni anglatar edi. Ammo, aholi ushbu modellarni «no va» deb kullay boshladi va bu u ispan tilida «ishlamaydi» degan tushunchani keltirib chiqardi. «Koka-kola» kompaniyasi o’z firma tovarlarini global kenglikda qo’llashga harakat qilardi. Ammo, tez orada «Dayet-Kouk» termini nemis va italyan tillarida kasallar uchun ishlatiladigan dieta, ya'ni u «dieta uchun Koka-kola ichimligi» degan ma'noni bildirishi ma'lum bo’ldi. Shu sababli, ushbu marka AQSH tashqarisida «Koka-kola Layt» (Yengil Koka-kola) nomini oldi.
Bir necha yillar davomida Buyuk Britaniyada «Maraton» va «Snikers» plitkali shokolad ishlab chiqaruvchi «Mars» kompaniyasi, ushbu mahsulotlar nomlanishini birlashtirib, yagona xalqaro markani yaratish ustida boshkotirdi. Shuningdek, bu choraga «Snikers» nomlanishini ko’pchilik hollarda, Angliyada ayollarning ichki kiyimini bildiruvchi «nikers» so’zi kabi talaffuz qilinishi ham turtki berdi.
Talaffuz bilan bog’liq yana bir qancha muammolar yuzaga chiqishi mumkin: savdo markasini nomlanishidagi tovush boshqa mamlakat tilida umuman yuk bo’lishi, yoki u ba'zan muomalada qo’llanilmaydigan axloksiz suzni bildirishi mumkin.
«Ronald Mak-Donald» Yaponiyada o’zini «Donald Mak-Donald» deb ataydi. Chunki, Yaponlar R xarfini talaffuz etishda kiynalishadi. Marsel Bich (Macel Bich) o’zining firmasi tomonidan ishlab chiqariladigan avtoruchkalarda o’z familiyasidagi oxirgi h xarfini yozishdan voz kechdi.
Aks holda, ushbu so’z ingliz tilida noxush ma'no beruvchi suzga aylanib kolardi.
Frantsiyaning alkogolsiz roxatbaxsh ichimliklar ishlab chiqaruvchi mashhur «Perve» (Perrier) firmasining ingliz tilida «Pshit»(Pschitt) deb talaffuz qilinadigan mahsulotlari, xaridorlar ishtaxasini ancha tushirib yubordi.
«Yunilever» firmasiga koyil kolsa bo’ladi. U muammoning echimini topganga uxshaydi. «Yunilever» o’z trikotaj mahsulotlarini yumshatishda qo’llaniladigan maxsus tovarni kadoklayotganda hech qanaqa nom emas, balki o’zining firma belgisi - o’yinchok ayikcha suratini tushirdi. AQSHda «Snaggl» (Snuggle) deb nomlana boshlagan ushbu mahsulot, Germaniyada Kyushelvaysh (Kuschelvviech) Frantsiyada «Kajolin» (Cajoline), Italiyada «Kokkalino» (Coccolino), Ispaniyada «Mimozin» (Mimosin) degan nom oldi. Xattoki, ingliz tilida so’zlashuvchi Avstraliyada «Snaggl» boshqacharok ma'noni berardi va shuning uchun firma uni «Xaggi» (Huggy) degan nom bilan almashtirdi.
Qiziq... agar O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan tovarlar chet ellarda ham ishlab chiqarila boshlansa, yoki sotilsa, xorijiy tillarda ular qanday ma'nolarni berarkin?



Download 254 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling