Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati


Manba: ekonomicheskoe obozrenie, avgust 2002. WWW.CER.UZ


Download 254 Kb.
bet9/12
Sana24.07.2023
Hajmi254 Kb.
#1662222
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat

Manba: ekonomicheskoe obozrenie, avgust 2002. WWW.CER.UZ (doklad TsEI "Analiz sostoyaniya valyutnogo rinka i perexod k tekushchey konvertiruemosti natsionalnoy valyuti").


5. VALYUTA SIYOSATI VA UNING ASOSIY SHAKLLARIDAN PUL MUOMALASINI TARTIBGA SOLISHDA FOYDALANISH
Markaziy bankning valyuta siyosati pul-kredit siyosatining asosiy klassik instrumentlaridan biri hisoblanadi. Jahon banklari amaliyotidan shu narsa ma'lumki, Markaziy bankning valyuta siyosati, asosan, quyidagi: hisob stavkasini o’zgartirish, valyuta interventsiyasi, devalvatsiya, revalvatsiya, valyuta zahiralarini diversifikatsiya qilish shakllarida namoyon bo’ladi.
Har bir davlat, o’z iqtisodiy sharoitlaridan, xalqaro iqtisodiy munosabatlarining «ochiklik» darajasidan kelib chiqib valyuta interventsiyasini, o’z vazifalariga moslab amalga oshiradi.
Eng qisqa muddatli sharoitda, Markaziy banklar har kungi valyutaviy tebranishlarning oldini olish maqsadini bozorning texnik ko’rsatkichlari holatiga yo’naltirilgan holatda amalga oshiradilar (masalan, sotuvchi va xaridor kurslari o’rtasidagi farq).
Qisqa muddatli istiqbolda hukumat, ko’pincha «shamolga tayanch» (lean against the vvind) taktikasini qo’llaydi, bu taktika chegaralangan boshqaruvchilik qarama-qarshiligida namoyon bo’ladi. Masalan, shu narsa aniq belgilangan bo’lishi mumkin: kursni biror ma'lum soat va kun davomida uzrapishi qarama-kapshi operatsiya o’tkazishni talab qiladi. Ba'zan, hukumat interventsiya yordamida muhim iqtisodiy masalani hal qilishda yoki saylov oldi tadbirlarida yutib chiqishda foydalanadi.
Valyutaviy qarama-qarshilik (nomutanosiblik)ning kuchayishi, valyuta kursini interventsiya yordamida tartibga solishning samarasiz o’rinishlari va shu kabi holatlar, xatto rivojlangan mamlakatlar, masalan, Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida bo’lib o’tgan moliyaviy inqirozlar - bu davlatlar tomonidan XVFini qayta qurish bo’yicha yangi takliflar kiritishga sabab bo’lmoqda. Ko’pgina davlatlar (asosan rivojlanayotgan mamlakatlar) valyuta-moliya masalalari bo’yicha yuqori darajadagi konferentsiya o’tkazishni talab qilmoqdalar. XVFga doimiy ravishda hamma tomonlarning kizikishlarini e'tiborga olgan holda uning mexanizmlarini o’zgartirish haqidagi takliflar kiritilmoqda. Masalan, kiritilayotgan takliflardan biri yetakchi valyuta kurslarini o’rtacha tortilgan indeksi tebranishlari chegarasini o’rnatishdir.
Valyuta sohasidagi hamkorlik bo’yicha katta voqea sifatida yil Parijdagi «Luvr kelishuvi»ni ko’rsatish mumkin. Etakchi rivojlangan mamlakatlar valyuta barqarorligiga erishish va birinchi galda AQSH dollari bilan bog’liq muammoni hal etish masalasiga qattiq kirishganliklarini bildilar. Umuman olganda, 1987 yil valyuta interventsiyasini o’tkazish darajasi bo’yicha rekord ko’rsatkichni namoyon qilgan yil bo’ldi. Bu interventsiyalar G’arbning yirik Markaziy banklarining kelishuvi asosida va alohida yakka o’zlari o’tkazgan interventsiyalardan iborat edi. Bu vaqtda, endi gap AQSH dollari kursini ushlash haqida ketmoqda edi, sababli, amerika valyutasi faol sotib olinmoqda edi. Buning natijasi sifatida 1986 yilning avgust oyidan 1987 yilning avgustigacha Germaniya, Yaponiya va Buyuk Britaniya oltin - valyuta zahiralarining 63 mlrd. AQSH dollariga o’sganini ko’rsatish mumkin (75 foiz - o’sish). Bu vaziyat kuzga kurinadigan yutuq va foyda olib kelmadi, 1987 yilning ko’zida ruy bergan birja inqirozi esa, markaziy banklarning hamma o’rinishlarini yo’qqa chiqardi.

Download 254 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling