Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat valyuta siyosatining o’rni va ahamiyati


-jadval O’zbekiston Respublikasida mavjud valyuta ayirboshlash kurslari o’rtasidagi nisbat va uning o’zgarishi


Download 254 Kb.
bet8/12
Sana24.07.2023
Hajmi254 Kb.
#1662222
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Xalqaro moliya munosabatlarida mamlakat

3-jadval
O’zbekiston Respublikasida mavjud valyuta ayirboshlash kurslari o’rtasidagi nisbat va uning o’zgarishi

Yillar, oylar

1 AQSH dollarining sumdagi o’rtacha kursi

Kurslar o’rtasidagi nisbat,
marta

rasmiy

parallel bozor

yillik o’rtacha

yillik o’rtacha

yillik o’rtacha

1994y.

10,15

23,94

2,36

1995y.

29,86

40,2

1,35

1996y.

40,35

61,6

1,53

1997y.

66,36

146,3

2,21

1998y.

94,50

271,1

2,30

1999y.

124,51

513,2

4,12

2000y.

237,24

769,82

3,24

2001y.

423,96

1069,73

2,52

2002y.

oylik

choraklik

oylik

choraklik

oylik

choraklik

Yanvar

689,40

692,39



1521,90

1477,69



2,21

2,13



Fevral

693,55

1492,14

2,15

Mart

694,23

1419,03

2,04

Aprel

701,38

720,22



1433,33

1325,65



2,04

1,84



May

718,87

1381,61

1,92

Iyun

740,41

1162,00

1,57

Iyul

756,11

111,92

1197,10

1177,77

1,58

1,53

Avgust

767,39

1219,10

1,59

Sentyabr

792,27

1117,10

1,41

Oktyabr

847,34

1159,03

1,37

10 oylik o’rtacha

740,10







1310,23

1,77






Shuningdek, korxonalar tomonidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bog’liq zamonaviy chet el texnologiyalari, asbob-uskunalar, butlovchi qismlar va extiyot qismlarni sotib olish ham shunga kiradi.

  • Vakolatli banklar tomonidan o’rnatiladigan ayirboshlash kursi. Ushbu kurs bo’yicha birjadan tashqari valyuta bozorida bush valyuta resurslarining sotuvi amalga oshiriladi. Markaziy bank litsenziyalari egalari bo’lgan - korxonalar va ayirboshlash shoxobchalari orqali jismoniy shaxslarga chet el valyutasi sotuvi ham ushbu kurs bo’yicha amalga oshiriladi.

  • Parallel bozordagi - nazorat qilinmaydigan bozorda jismoniy shaxslar tomonidan valyuta-ayirboshlash operatsiyalari amalga oshirilganda qo’llaniladigan norasmiy kurs.

Valyuta kurslari o’rtasidagi farq katta bo’lsa, ko’p xilli valyuta kurslari tartiboti (rasmiy, tijorat, parallel) valyuta daromadlarini notekis tarzda qayta taqsimlanishiga olib keladi (ayni paytda respublikada amalda yuqoridagi kurslarning uchtasi mavjud). Yuqorida keltirilgan 3-jadval ma'lumotlarida O’zbekistondagi rasmiy valyuta kursi bilan parallel bozor kursi farqi aks etirilgan.
Ushbu muammoning bir qator masalalar bilan bog’liqligi va uni hal etishning murakkabligi shu bilan ifodalanadiki, unga ko’ra rasmiy kursni devalvatsiya qilish asosida ko’p xilli valyuta kurslarini tugatish texnikaviy qayta qurish va qayta tashkil etish vaqtida asbob-uskuna, butlovchi qismlar va xom-ashyo importiga qattiq bog’lanib qolgan korxonalarning moliyaviy ahvolini qiyinlashtirib kuyishi mumkin. Ushbu xol sanoatlashish va qisqa hamda uzoq muddatli istiqbolda kutilayotgan iqtisodiy o’sish sur’atlarini susaytirib kuyishi mumkin. Ayirboshlash siyosatining tutgan o’rni shuningdek, bozor tizimlari va moliyaviy bozorlaming rivojlanganligiga bog’liqdir. Agarda, moliyaviy bozorlar yaxshi rivojlanmagan bo’lsa, ushbu holda chet el valyutasi bozorlari ham kutilgan darajada samarali faoliyat ko’rsata olmaydi va yirik dilerlarning manipulyatsiyalarga ta'sirchan bo’ladi. Natijada, Markaziy bank interventsiya siyosatini amalga oshirishga majbur bo’ladi va oxir-oqibatda oltin-valyuta zahiralari kamayishi xavfi tug`iladi. Ushbu shart-sharoitlarda tartibga solina-digan ayirboshlash kursi doirasidagi makrosiyosat yuritish, valyuta bozorini erkinlashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlarni ko’rish maqsadga muvofiqdir. Ayni paytda, valyuta kursining birxillashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy valyuta konvertirlanishini joriy etish va mamlakat eksport saloxiyatini oshirish nuqtai-nazaridan ushbu vazifa muhim ahamiyatga egadir.
XALQARO JORIY OPERATSIYALAR BO`YICHA MILLIY VALYUTANI KONVERTIRLANISHI TALABLARI
Xalqaro valyuta fondi haqidagi Kelishuvining VIII moddasi ushbu tashkilot azolariga quyidagi talablarni qo’yadi:

  • XVFga a'zo birorta mamlakat, Fondning tasdig’isiz, xalqaro joriy operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha to’lovlarga cheklov o`rnatmaydi;

  • har qanday a'zo-mamlakat valyutasini ishlatish bilan amalga oshiriladigan valyuta shartnomalari, mamlakat valyuta operatsiyalari qoidalariga zid bo’lsa, mazkur Kelishuvga ko’ra, XVFga a'zo-mamlakatlarining hech biri hududida bunday operatsiyalarni amalga oshirish ta'minlanmaydi;

  • XVFga a'zo birorta mamlakat va uning fiskal agentlari hech qanaqa
    diskriminatsion valyuta kelishuvlarida ishtirok etmaydi hamda turli xil almashuv kurslari amaliyotini qo’llashga ruxsat bermaydi;

  • fond XVFga a'zo-mamlakatdan o’z ishini yuritishda zarur bo’lgan
    axborotlarni talab qilishi mumkin. Jumladan, mamlakat haqida quyidagi minimum pozitsiyalar bo’yicha ma'lumotlarni:

o mamlakat va xorijdagi rasmiy avuarlar (oltin va xorijiy valyutadagi);
o oltinni qazib olish, olinadigan va yo`naltiriladigan mamlakatlar bo’yicha eksport va importi;
o olinadigan va yo’naltiriladigan mamlakatlar bo’yicha eksport va import umumiy hajmi;
o tashqi to’lov balansi va boshqalar.

  • XVFga a'zo-mamlakatlar ishtirokida o’zaro manfaatdor tuzatishlar kiritish maqsadida konsultatsiya qilish orqali, XVFga a'zo-mamlakat alohida olingan, yoki vaqtincha yuzaga kelgan ayrim holatlarda, valyuta operatsiyalarini amalga oshirish bo’yicha cheklovlarni kiritish yoki saqlash vakolatini kulga kiritishi mumkin;

  • har bir a'zo-mamlakat Fond va boshqa a'zo-mamlakatlar bilan,
    mazkur mamlakatning zahira aktivlari nisbatan siyosati, xalqaro holatini, xalqaro nazoratini amalga oshirishni takomillashtirish vazifalariga zid kelmasligini ta'minlash bo’yicha majburiyat oladi;

Joriy to’lovlar bo’yicha konvertirlash majburiyatini olgan mamlakat, kapital o’tkazmalaridan farqlanuvchi quyidagi maqsadlarda o’tkaziladigan to’lovlar bo’yicha ta’qiqlarni o’rnatish huquqiga ega emas (fond tasdig’isiz):

  • tashqi savdoni amalga oshirish bo’yicha barcha to’lovlar, boshqa joriy
    faoliyat, shu jumladan, xizmatlar, shuningdek, qisqa muddatli bank mexanizmlari bilan bog’liq odatiy ishlar;

  • ssudalar bo’yicha foiz ko’rinishidagi to’lovlar va boshqa investitsiyalardan sof daromadlar ko’rinishidagi to’lovlar;

  • ssudalarni qaytarish hisobvaragi bo’yicha me'yoriy summalar, yoki to’g’ri investitsiyalarning amortizatsiya hisobvaragiga to’lovlar;

  • xorijdan oilaning joriy xarajatlari uchun me'yoriy xususiy o’tkazmalar summasi.

Manfaatdor a'zo-mamlakatlar bilan o’tkaziladigan konsultattsiyalardan so’ng, Fond ma'him operatsiyalarni joriy operatsiyalarga, yoki kapital bilan bog’liq operatsiyalarga tegishliligini o’rnatadi.
XVFga a'zo-mamlakatlar VIII modda bo’yicha majburiyatlarni olmasdan oldin, XIV modda bo’yicha imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. Unga muvofiq, mamlakat Fondga a'zo bo’lib kirgunga kadar, o’zgaruvchan holatga muvofiq ravishda xalqaro joriy operatsiyalar bo’yicha, mablag’lami o’tkazish va to’lash bo’yicha cheklovlarni saqlab qolishlari mumkin. Bunday holatlarda, mamlakat valyuta tartibini yomonlashtirmaslik va qo’shimcha valyuta cheklovlarini joriy kilmaslik majburiyatini oladi.

Download 254 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling