Xalqaro moliyaning mohiyati va funksiyalari


Download 88.5 Kb.
bet1/5
Sana18.12.2022
Hajmi88.5 Kb.
#1030393
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Xalqaro mamlakatlar moliyasining mohiyati va funksiyalari


Mavzu: Xalqaro mamlakatlar moliyasining mohiyati va funksiyalari
Reja:



  1. Xalqaro moliyaning mohiyati va funksiyalari

  2. Xorijiy malakatlarning davlat moliyaviy tizimi

3. Xalqaro moliyaviy tashkilotlar va ularning iqtisodiyotdagi o’rni


  1. Xalqaro moliyaning mohiyati va funksiyalari

Moliya tizimining xususiyati shundaki, u nafaqat alohida olingan mamlakat yoki hududda yuzaga keladi va milliy sanaladi, balki xalqaro ko‘lamda ham amal qiladi hamda – xalqaro moliya tizimi deyiladi (qisqartmasi “xalqaro moliya”).


Xalqaro moliya – o‘zida obyektiv asosga ega bo‘lgan maxsus moliyaviy munosabatlarni aks ettiradi. Xalqaro moliyaning moddiy asosini mamlakatlararo quyidagi ko‘rinishdagi xalqaro moliyaviy oqimlar tashkil qiladi:
a) tovar va xizmatlar eksportidan valyuta daromadlari tushumlari va import qilinayotgan tovar xizmatlarga to‘lovlar bo‘yicha pul oqimlari; bu oqimlar xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasini aks ettirishi mumkin, lekin ular turli mamlakatlarga tegishli ekan, demak ular mamlakatlararo pul oqimlarini aks ettiradi;
b) kredit mablag‘larining oqimi, qaysiki ular ikki tomonlama ham hisoblanadi: bir tomondan, ssudalar taqdim etiladi, boshqa tomondan esa – uning so‘ndiriladi va foizlar to‘lanadi.
Shunday qilib, mazkur oqimlar bazasida mamlakatlar o‘rtasidagi moliyaviy resurslar harakati yuzaga keladi. Ularning taqsimlanishi, bir tomondan, valyuta kurslari bilan, ikkinchi tomondan esa, bojxona tariflari va qoidalari bilan tartibga solinadi.
Biroq, yuqoridagilar xalqaro xarakterga ega bo‘lgan moliyaviy resurslarni paydo bo‘lish va ishlatilish sabablari va asoslarini to‘laligicha namoyon eta olmaydi.
Moliyaviy resurslar xalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlar faoliyati jarayonida shakllanadi va ishlatilinadi. Bu institut va tashkilotlar millatlararo ustqurmaga egalar, ma’lum funksiyalarni bajaradilar. Ularning moliyaviy ta’minoti fondlar orqali amalga oshiriladi. Ular umumlashgan (misol uchun, BMT budjeti) yoki maqsadli (alohida tadbir yoki dastur bo‘yicha) bo‘lishi mumkin. Mazkur institutlar va tashkilotlarning moliyaviy resurslari ikki xil yo‘l bilan shakllanadi: alohida mamlakatlarning badallari hisobidan va hukumatlarga kreditlar berish, ularni qaytarilishi va foizlar to‘lanish yo‘li bilan. Moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini jahon darajasida markazlashtirilishi jahon xo‘jaligi ehtiyojlarini qondiradi; bunday resurslarning iqtisodiy asoslari savdoni, kreditni rivojlanishi, mamlakatlarning turli sohalardagi xalqaro loyihalar va dasturlarni amalga oshirilishidagi ishtiroki, to‘laligicha iqtisodiy integratsiyalashuvning o‘sishi hisoblanadi.
Shunday qilib, xalqaro moliya – bu tarkibiy jihatdan murakkab munosabatlar tizimi bo‘lib, ular xalqaro moliya bozori institutlari va xalqaro institutlar va tashkilotlar tomonidan moliyaviy resurslarni shakllantirish, taqsimlash va ishlatishni o‘z ichiga oluvchi moliyaviy resurslar harakati asosida yuzaga keladi.
Xalqaro moliya munosabatlarining subyektlari: davlat, korxonalar, fuqarolar, shuningdek xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari.
Xalqaro moliya munosabatlar quyidagilar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin:

  • turli mamlakatlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasida;

  • davlat va boshqa mamlakatlarning hukumatlari va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida;

  • davlat va kotxonalar o‘rtasida, xalqaro moliyaviy institutlar bilan.

Xalqaro hisob-kitoblar va valyutali tartibga solish xalqaro moliyani amal qilish mexanizmi tarkibiga kiradi. Hisob-kitoblar tartibi xalqaro hujjatlar va bitimlar bilan me’yorlashtiriladi. Hujjatli rasmiylashtirishni standartlash eksportchilar va importchilarga tovarlarni yetkazib berish va ularning to‘lovi kafolatini ta’minlash uchun muhimdir. Uning o‘zi tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyatlarining bir xil tushunilishini o‘rnatib beradi.
Xalqaro hisob-kitoblarning shakllari inkasso va akkreditiv hisoblanadi. Bank o‘tkazmalari va hisob raqamlarini ochishdan foydalaniladi.
Moliya o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiy kategoriya bo‘lib, hozirda ijtimoiy-siyosiy tuzumi turlicha bo‘lgan davlatlar tomonidan birdek foydalanilmoqda. Bu kategoriya boshqa iqtisodiy kategoriyalar (pul, foyda, tannarx, qiymat, kredit va h.k.) kabi jamiyatdagi ma’lum munosabatlar, mehnat mezoni va iste’mol me’yori, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, milliy daromadni taqsimlash kabi munosabatlarning mohiyatini ifodalaydi.
Moliyaning mavjudligi, eng avvalo, jamiyatda tovar-pul munosabatlarining mavjudligi bilan bog‘liq. Moliya munosabatlarining rivojlanishi jamiyatdagi mehnat taqsimoti, mulkchilik shakllari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy-huquqiy faoliyatining iqtisodiy jihatdan alohidaligi hamda tashqi iqtisodiy aloqalar bilan ham bog‘liqdir. Milliy daromadning taqsimlanishi pul shaklida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda boshqa qonunlarda mulkchilikning turli shakllarida bo‘lishining mustahkamlanishi, tovar-pul munosabatlarining yanada rivojlanishi hamda bozor mexanizmining takomillashuviga olib keladi.
Lekin pul moliya munosabatlarining barcha tomonlarini o‘z ichiga olmaydi. Moliya munosabatlarining mavzusi, asosan, davlat hamda korxonalarning pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish masalalaridan tashkil topadi. Shuning uchun ham moliyaning rivojlanishi davlatning rivojlanishi va uning zaxiralarga bo‘lgan ehtiyoji bilan bevosita bog‘liqdir.
Moliyaning mohiyati, uning iqtisodiy kategoriya sifati ijtimoiy munosabatlar orqali ko‘rinib, o‘ziga xos vazifani bajaradi.
Davlat hamda korxona va tashkilotlarning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘laridan davlat fondini tashkil qilish, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar jarayonida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish ustidan nazorat va ijtimoiy mahsulotning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi.
Moliyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo‘ladi.
Funksiya obyekt ichki mohiyatining konkret shaklini namoyon bo‘lish jarayonidir.
Moliyaning funksiyalari yuzasidan iqtisodchi olimlarning o‘rtasida qator baxsli holatlar mavjud.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning ko‘p ukladli shakllarini paydo bo‘lishi va bozor iqtisodiyotining amal qilishi to‘liq iqtisodiy mustaqillikni ta’minlovchi demokratik tizimni shakllantirishni obyektiv zarur qilib qo‘yadi. Bunday sharoitda iqtisodiy subyektlar faoliyatining moliyaviy natijalari, ya’ni tadbirkorlik foydasini taqsimlash ular tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlarga bog‘liqdir.
Savol tug‘iladi. Turli darajadagi ko‘p sonli fondlarni shakllantirishning asosiy moliyaviy manbalari nima hisoblanadi?
Albatta bunda makrodarajada Yalpi ichki mahsulot. Yalpi ichki mahsulotni taqsimlash jarayoni turli xil moliyaviy dastaklar: me’yorlar, stavkalar, tariflar, ajratmalar va boshqa moliyaviy dastaklar vositasida amalga oshiriladi.
Mikrodarajada esa, uning manbai korxonalar pul daromadlari va jamg‘armalari hisoblanadi.
Jamiyat taraqqiyotining turli ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarida, turli moliyaviy tizimlar amal qiladi, ba’zi hollarda mavjud iqtisodiy munosabatlarni muvaffaqiyatli obyektiv namoyon qiladi, boshqa hollarda esa, muvaffaqiyatsizroq, biroq moliya har doim taqsimlash funksiyasini bajaradi.
Moliyaning boshqa muhim funksiyasi nazoratdir. U taqsimlash funksiyasi bilan uzviy bog‘liqdir. Moliya munosabatlarining turli tarkibi orasida pul fondlarining shakllanishi va ishlatilishi nazorati bilan bog‘liq bo‘lmagan birorta ham munosabat yo‘qdir. Shu bilan birga faqatgina nazorat bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy munosabat ham yo‘q.
Moliya ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni shakllantirish, taqsimlash va ishlatishning barcha bosqichlarida nazoratni amalga oshiradi. Nazoratni bosh maqsadi ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, xalq xo‘jaligining barcha bo‘g‘inlarida ishning sifatini yaxshilash maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul fondlaridan oqilona foydalanishga erishishdir.

Download 88.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling