Xalqaro turizm nazariyasi vaamaliyoti


- rasm . Xitoy Xalq Respublikasining shaharlari ko’rinishi


Download 1.15 Mb.
bet4/14
Sana19.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1607714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
KURS ISHI Xitoyning Muhammadali 11111

1.1.2- rasm . Xitoy Xalq Respublikasining shaharlari ko’rinishi
Tuproqlari Xitoy Xalq Respublikasining sharqiy qismida chimli podzol, qoʻngʻiroʻrmon, sariqjigarrang, sariq va har xil qizil tuprokdar, dare vodiylarida esa allyuvial tuprokdar tarqalgan. Dengiz sohidlarida shoʻrlangan tuprokdar uchraydi. Xitoy Xalq Respublikasigʻarbiy qismining tuprogʻi choʻlga xos kashtan, qoʻngʻir, sur tusli qoʻngʻir tuproklar, togʻ oldi tekisliklari va togʻlarda boʻz, togʻkashtan va togʻoʻtloq, Tibet togʻligida esa sovuq choʻlga xos tuprokdar.
Xitoyda daryolar koʻp. Mamlakat sharqidagi daryolar sersuv va ularda kema qatnaydi. Yiriklari — Yanszi, Xuanxe, Sungari, Chjutszyan. Mekong, Saluin, Braxmaputra daryolarining bir qismi ham Xitoy Xalq Respublikasidan oqib oʻtadi. Xitoy Xalq Respublikasigʻarbida daryolar kamsuvli, ayrimlari yozda qurib qoladi. Ularning yiriklari — Yorkend va Oqsuv. Koʻl koʻp; asosiylari — Kukunor, Duntinxu, Poyanxu.
Xitoy Xalq Respublikasining sharqiy qismida juda xilmaxil (25 mingdan ziyod) oʻsimlik turi mavjud. U yerda aholi qadimdan zich yashaganligidan oʻrmon, asosan, togʻli yerlarda qolgan. Pasttekisliklarning hammasi ekinzor va bogʻ. Yanszi daryosi quyi oqimidan janubida doim yashil subtropik, eng janubida tropik oʻrmon va mangra chakalakzorlari mavjud. Xitoy Xalq Respublikasining gʻarbiy qismida yuksak oʻsimliklarning turi 5 mingdan oshadi. Xingan toglari etagidagi dashtlarda boshokdi oʻtlar, Tibet togʻligidagi choʻllarda oʻt va butalar oʻsadi. Togʻ vodiylari subalp oʻtlokdari va oʻrmonli dashtdan iborat.
Hayvonot dunyosi boy va xilmaxil. Umurtqalilarning 3500 turi (shundan 400 turga yaqini sut emizuvchilar) va qushlarning 1000 dan ziyod turi bor. Xitoy Xalq Respublikasining janubiy va janubi-gʻarbida tropik mintaqaga xos hayvonlardan har xil maymunlar, lemur, lori, karkidon, tapir, yoʻlbars; sharqida uchqir, mangust, qoplon va hokazo uchraydi. Xitoy Xalq Respublikasining shimoli-sharqida Sibir tayga faunasiga xos hayvonlar, choʻllarda ot, kulon, jayran, ikki urkachli tuya, yumronqoziq, dasht va togʻ dashtida kiyik, qumsichqon, yovvoyi quy, echki, turli yirtqich va sudralib yuruvchilar yashaydi. Bir necha koʻrikxona bor.
Xitoy — koʻp millatli davlat. Jami aholining 95foizi xitoylar; qolgan qismi turli til guruhi va oilalariga mansub boʻlgan 56 xalqdan iborat. Xitoylarning koʻpi mamlakatning sharqiy qismida yashaydi. Xueylar (7 mln.ga yaqin) ham xitoy tilida soʻzlashadi. Xitoy Xalq Respublikasining shimoli-gʻarbida turkiy tillar guruhiga mansub xalqlar — uygʻurlar, qozoqlar, qirgʻizlar, salorlar va boshqa, shimoliy va shimoli-sharqidagi dasht va chala choʻllarda mongol guruhiga kiruvchi xalqlardan mongollar, dunsyanlar, tular, shimoli-sharqida tungus manjur xalqlari, gʻarbi (Tibet) va janubi-gʻarbida tibetbirma xalqlari, janubida tai tillarida soʻzlashuvchi xalqlar va boshqa yashaydi. Sintszyanning janubi-gʻarbida pomir tojiklari xam bor.
Dindor xitoylar buddizm (shimoliy tarmogʻi), daosizm va konfutsiychilikka eʼtiqod qiladi. Tibetlar va mongollarning dini — buddizmlamaizm. Xueylar va turkiy guruhga kiruvchi xalkdarning kupchiligi islom dinining sunna mazhabiga eʼtiqod qiladi (pomir tojiklari ismoiliya mazhabida). Rasmiy til — xitoy tili. Yirik shaharlari: Shanxay, Pekin, Tyantszin, Lyuyda, Uxan, Chunsin va boshqa
Shimoliy Xitoy hududida ilk ibtidoiy madaniyat qoldiqlari, Pekin yaqinida ilk paleolit davri manzilgohdaridan toshga aylangan sinantrop qoldiqlari topilgan. Xitoy Xalq Respublikasida urta paleolit davriga mansub Xetao (Ordos) madaniyati, sunggi neolit davriga mansub Yanshao va Lunshan madaniyatlari, ayniqsa, mashhur. Yanshao madaniyatida (taxminan mil. av. 3 ming yillik urtalaridan 2ming yillik oʻrtalarigacha) odamlar ovchilik va baliq ovlash bilan birga dehqonchilik va chorvachilik bilan ham shugʻullanganlar. Xitoyda ibtidoiy jamoa tuzumi jez davrigacha davom etgan.
Sunggi 20 yil ichida Taklamakon chuli atrofida 5—6 ming yillik tarixga ega bulgan jasadlar, mato boʻlaklari, sopol idish va boshqa topilganligi Xitoy Xalq Respublikasining gʻarbiy hududida ham nihoyatda qad. madaniyat boʻlganligidan dalolat beradi.
Mil.avv.1766—1122 yil Xuanxe daryosining oʻrta oqimlarida dastavval Shang, keyinchalik In deb nomlangan (ShangIn davri) ilk davlat tuzumi tashkil topgan. In davlati uzoq yillar davomida qoʻshni qabilalar bilan urush olib borganligi tufayli mil. av. 11-asrga kelib uning hududi birmuncha kengaydi.
In davrida madaniyat rivojlandi, Oy kalendarining belgilari, yozuv — hozirgi xitoy iyeroglif yozuvining ibtidosi paydo boʻldi. Shu davrda In davlatining gʻarb tomonida Chjou deb nomlangan qabila kuchayib, oʻz davlatini tashkil qildi (mil. av. 1122—256) va In davlatini bosib oldi. Djou davlati gʻarbiy Djou (mil. av. 1122—771) va Sharqiy Djou (mil. av. 770—256) kabi 2 qismga boʻlingan. Ushbu davrda quldorlik yanada rivojlandi. Djou qabilasi bosib olgan katta hudud dastlabki Djou vanlari tomonidan oʻz qarindoshlari, yaqinlari va lashkarboshilariga boʻlib berildi. Shu sababli keyinchalik bu hududlarda bir-biri bilan kurash olib borgan bir qancha podsholiklar paydo boʻldi. Kurash davomida ayrim yirik podsholiklar vujudga keldi. Bu podsholiklar Djou vanlarining hokimiyatini tan olmay qoʻydi. Shundan keyin ular oʻrtasida ikki yarim asr davomida urushlar yuz berdi.
Bu davr kurashuvchi yoki urushuvchi davlatlar davri (Django davri — mil. av. 475—221) deb nomlandi. Mazkur davrda urush Sin, Chin, Chu, Xan, Jao, Vey, Yan kabi 7 davlat orasida yuz berdi. Django davrida temir ishlab chiqarish, undan kurol yasash tez rivojlandi. Bu hol dehqonchilik taraqkiyotiga taʼsir koʻrsatdi. Hunarmandchilik ixtisoslasha boshladi, savdosotiq taraqqiy etdi, shaharlar qurildi va u devorlar bilan oʻraldi. Yerga xususiy egalik paydo boʻldi. Sinfiy qaramaqarshilik va turli podsholiklar oʻrtasida avj olgan siyosiy kurash mafkurada ham oʻz aksini topdi. Mil. av. 6—3-asrlarda konfutsiychilik, daosizm, moizm (faylasuf Motszi taʼlimoti) va boshqa falsafiy oqimlar shakllandi. Django davrida podsholiklar oʻrtasida olib borilgan urushlar Sin podsholigining gʻalabasi bilan tugallandi. Natijada Xitoyda birinchi markazlashgan Sin imperiyasi (mil. av. 221—207) barpoetildi. Imperiyaning asoschisi va birinchi imperatori Sin Shixuandi mamlakatni birlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan qator islohotlar oʻtkazdi. Uning davrida xunlarga qarshi mudofaa devorini qurish maqsadida shimolidagi podsholiklar devorlari birlashtirilib, Buyuk Xitoy devori barpo etildi. Ogʻir zulmga javoban xalq gʻalayonlari koʻtarilib, mil. av. 206 yilda Sin imperiyasi tugatiddi. Lyu Ban (Gao dzu) yangi sulola va imperiya — Birinchi Xan imperiyasiga (mil. av. 206—mil. 25 ylar) asos soldi. Xan imperiyasi davrida yirik savdo markazlari (Loyan, Chendu, Xandan, Lindzi) paydo boʻldi, tovarpul munosabatlari, ichki va tashqi savdo rivojlandi. Sharqiy Turkiston orqali gʻarbga — Oʻrta Osiyo va Yakin Sharq mamlakatlariga boradigan savdo yoʻli rivojlantiridsi (qarang Buyuk ipak yoʻli). Bu davrda quldorlikning eng yuqori darajaga koʻtarilishi Gʻarbiy Xan imperiyasida ijtimoiy ziddiyatlarning avj olishiga sabab boʻldi. Dehqon, askar va qullarning qoʻzgʻolonlari ommaviy tuye oldi (bu qoʻzgʻolonlar tarixga "qizil qoshlar" va "yashil oʻrmon odamlari" qoʻzgʻoloni nomi bilan kirgan). 25 yil qoʻzgʻolonchilar poytaxt Chanʼanni egallagandan soʻng Gʻarbiy Xan imperiyasi tugatildi. Zamindor zodagonlar qoʻzgʻolonchilarga qarshi kurash mobaynida Lyu Syu boshchiligida Soʻnggi (Ikkinchi yoki Sharqiy Xan) imperiya (25—220)ga asos soldilar. 27 yil "qizil qoshlar" qoʻzgʻoloni bostirilgan boʻlsada, Lyu Syu faqat 37 yilga kelibgina mamlakatni birlashtirishga muvaffaq boʻldi. 184—204 yillardagi dehqonlar qoʻzgʻolonlaridan soʻng imperiya inqirozga uchradi. Shundan keyingi uch yarim asr davomida Xitoy Xalq Respublikasimayda podsholiklarga boʻlinish holatida boʻldi. 220 yilga kelib Sango nomini olgan uch davlat — Uch podsholik [Vey (220-265), Shu (221-263), U (222-280)] paydo boʻldi. 265 yil Uch podsholik davri tugab, mamlakat Gʻarbiy Szin sulolasi hukmronligi ostida birlashdi (265—316). Lekin 316 yil koʻchmanchi xalqlar Szin imperiyasini tormor qilib butun Shimoliy Xitoy Xalq Respublikasini bosib oldi. Natijada Shimoliy Xitoy Xalq Respublikasida turli davrlarda 16 ta noxitoy podsholiklari hukm surdi. Xitoy Xalq Respublikasizodagonlarining koʻp qismi shimolida Janubiy Xitoy Xalq Respublikasiga koʻchib oʻtib, Sharqiy Szin sulolasi (317—420)ni barpo etdilar. Noxitoy podsholiklar oʻrtasida 100 yildan ortiq davom etgan oʻzaro urushlar natijasida Toba Vey (Shimoliy Vey) davlati (386—534) gʻolib chiqib, butun Shimoliy Xitoy Xalq Respublikasini oʻz qoʻl ostida birlashtirdi.
4—6-asrlarda budda yer egaligi rivojlandi. Buddizm Xitoy Xalq Respublikasiga mil. 1-asrda Hindistondan Gʻarbiy va Sharqiy Turkiston orqali kirib kelgan. 420—581 yillarda Janubiy va Shimoliy sulolalar (Nanbey chao) xukmronlik qilgan. Bu davrda mamlakatning janubida Sun (420—479), Chi (479-502), Lyang (502-557), Chen (557—589), shimolida Shimoliy Vey (386-534), Sharqiy Vey (534-550). Shimoliy Chi (550577), Gʻarbiy Vey (535-557), Shimoliy Chjou (550-581) kabi davlatlar paydo boʻldi. Janubidagi davlatlar xitoylar tomonidan, shimolidagi davlatlar esa xitoy boʻlmagan xalqlar tomonidan tashkil etildi. 581 yilda Xitoy Xalq Respublikasidagi mayda davlatlarni birlashtirish asosida Suy sulolasi (581—618), 618 yilda Tan sulolasi (618—907) hokimiyat tepasiga keldi. Ayrim maʼlumotlarga kura, etnik jihatdan Tan sulolasi turklarga aloqador boʻlganligi sababli dastlabki mazkur sulola turklar tomonidan qoʻllabquvvatlandi. 7-asr oxirida Tan imperiyasi harbiy jihatdan yuksaldi, boskinchilik urushlari olib bordi. 630 yil Sharqiy Turk xoqonligi, 657 yil Gʻarbiy turk xoqonligiga zarba berilishi natijasida Sharqiy Turkistondagi davlatlar 100 yilga yaqin Xitoy Xalq Respublikasiga qaram boʻlib qoldi. 751 yil Tan armiyasi Talas jangish arablar tomonidan magʻlubiyatga uchragach, imperiya gʻarbga qilmoqchi boʻlgan yurishdan voz kechishga majbur boʻldi. Uygʻur xoqonligi davri (745—840)da esa uning taʼsiri ostiga tushib qoldi.
VII asr oʻrtalaridan markaziy hokimiyat bilan chekka viloyat hokimlari oʻrtasida kurash kuchaydi, 874—901 yillardagi dehqonlar qoʻzgʻolonlari natijasida Tan imperiyasi inqirozga yuz tutdi. Soʻngra tarixda turli toʻdalar kurashi va mamlakatning mayda hokimliklarga boʻlinib ketishi bilan mashhur boʻlgan U day shigo ("Besh sulola 10 ta hokimlik", 907—960) deb nom olgan davr boshlandi. 960 yil sarkarda Chjao Kuanin soʻnggi Chjou (951—960) sulolasini agʻdarib tashlab Sun imperiyasi (960—1279)ga asos soldi. Bu imperiya davrida Xitoy Xalq Respublikasihududi shimda Buyuk Xitoy devoridan, gʻarbda Xuanxe daryosining yuqori qismidan, janubida Vyetnam chegarasidan nariga oʻtmadi. Shimoliy va shimoli-sharqda Xitoy Xalq Respublikasihududining talay kismini Lyao kidanlar davlati, SiSya tangutlar davlati bosib oldi. Sun imperiyasi bu davlatlarga kumush va shoyi bilan xiroj toʻlab turdi.
Xitoyga bostirib kirgan chjurchjenlar 1125 yil Lyao imperiyasini tormor etib, chegaralari Xuanxe daryosi boʻylab oʻtadigan Szin davlatini barpo etdilar. 1141 yil Sun imperiyasi Szin davlatining vassaliga aylandi.
13-asrning birinchi oʻn yilligida moʻgʻullar Xitoy Xalq Respublikasini istilo kilishga kirishib, 1279 yilda uning barcha xududini bosib oldilar. Xitoy va Tibet xalkdari moʻgʻullarning Yuan sulolasi hukmronligi (1271—1368; Xitoy Xalq Respublikasida 1280 yildan) ostida yashadi. Xitoy xalqining moʻgʻul boskinchilariga qarshi olib borgan koʻp yillik kurashi XIV-asr oʻrtalarida Min sulolasi (1368—1644)ning vujudga kelishi bilan yakunlandi.
XVI-asrda Xitoy Xalq Respublikasida yevropaliklar paydo boʻldi. 1557 yil Portugaliya Xitoy Xalq Respublikasining Aomin xududini "ijara"ga oldi. Sinfiy qaramaqarshilik, hukmron guruhlarning ichki kurashlari, Manjuriyaning janubida yashovchi chjurchjen kabilalari (17-asr boshlaridan manjurlar)ning hujumlari natijasida 17-asr boshida Min imperiyasi chuqur inqirozga yuz tutdi. 1628—45 yillardagi dehqonlar urushi natijasida Min sulolasi barxam topdi. Xitoy Xalq Respublikasini manjur bosqinchilari bosib oldi. Hokimiyat manjurlarning Sin sulolasi (1644—1911) kuliga oʻtdi. Sin imperiyasi boskinchilik siyosatini olib borib, Ichki Moʻgʻuliston (1636), Jungʻariya xonligi (1757), Sharqiy Turkiston (1760), Tibet (18-asr oxiri) hisobiga oʻz xududini ancha kengaytirdi. Sharqiy Turkistondagi Yorkend va Jungʻoriya xonliklari yoʻq qilindi. Sharqiy Turkiston Sintszyan — "Yangi chegara" nomi bilan Sin imperiyasiga kushib olindi. Sin imperiyasida dehqonlarning antimanjur qoʻzgʻolonlari avj oldi.
17—18-asrlarda Sin imperiyasi bilan rasmiy munosabatlar urnatishda muvaffakiyatga erisha olmagan gʻarb davlatlari, birinchi navbatda, Buyuk Britaniya 18-asr oxirlaridan Xitoy Xalq Respublikasiga tazyiq oʻtkaza boshladi. Ingliz savdogarlari Xitoy Xalq Respublikasiga koʻplab afyun keltira boshladilar. 1839 yilga kelib inglizxitoy munosabatlari keskinlashdi va 1840—42 yillarda Angliya bilan Xitoy oʻrtasida birinchi "afyun" urushi boʻlib oʻtdi. Natijada inglizlar Xitoy Xalq Respublikasida bir qator imtiyozlarni qoʻlga kiritdilar. 1842 yil Nankin shartnomasiga koʻra, Xitoy Xalq RespublikasiAngliya savdosi uchun 5 ta portini ochishga, Syangan (Gonkong) o.ni Angliyaga berishga, tovon toʻlash, savdo imtiyozlari va boshqa berishga majbur boʻldi. 18-asr oxirlaridan Sin imperiyasi inqirozga yuz tutdi. Sinfiy va milliy ziddiyatlar kuchaydi. 1844 yil Xitoy Xalq RespublikasiAQSH hamda Fransiyaga ham shunday imtiyozlar beradigan shartnomalarni imzolashga majbur boʻldi. Xitoy Xalq Respublikasiyarim mustamlaka mamlakatga aylana boshladi. Ayni vaqtda Xitoy Xalq Respublikasining turli viloyatlarida xalq ommasining manjurlar zulmiga qarshi qoʻzgolonlari avj oldi. 1850 yil taypinlarning liniy mazhabi manjurlar zulmiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi (qarang Taypin qoʻzyuloni). Mazkur qoʻzgʻolondan keyin Sharqiy Turkistonda ham umumiy xalqqoʻzgoloni yuz berdi. Natijada ushbu mamlakat 14 yil davomida mustaqil boʻldi.
1856 yil Angliya, soʻngra Fransiya Xitoy Xalq Respublikasidagi mavqelarini yanada mustahkamlash maqsadida Xitoy Xalq Respublikasiga qarshi yangi urush ochdilar (ikkinchi "afyun" urushi). Ular 1858 yil shimolidagi Dagu fortlarini egallab, Tyantszin va Pekinga jiddiy xavf sodsilar. Sin hukumati taslim boʻldi. 1860 yil AngliyaFransiya ekspeditsiyasi Pekinni ishrol qidsi. 1860 yilgi Pekin shartnomalariga koʻra, Xitoy Xalq RespublikasiAngliya bilan Fransiyaga katta tovon toʻlashga, Buyuk Britaniyaga Szyulun (Koulun) o.ning bir qismini berishga, chet el savdosi uchun Tyantszinni ochib qoʻyish va boshqa shartlarga rozi boʻldi.
1860-yillardan Angliya, Fransiya va AQSH Sin hukumatiga taypinlarga qarshi kurashda yordam bera boshladi. "Afyun" urushlari va taypinlar qoʻzgʻolonining bostirilishi natijasia Angliya, AQSH va Fransiya Xitoy Xalq Respublikasidagi mavqelarini mustahkamlab oldi. 1884—85 ylardagi Xitoy Xalq RespublikasiFransiya urushida Xitoy Xalq Respublikasiyengiddi. Oʻsha yillari Xitoy Xalq Respublikasining Yaponiya bilan munosabatlari yomonlashdi. Yaponiya 1874 yilda Tayvanni bosib olishga urindi. 1879 yilda Ryukyu o.larini egalladi. 1894 yil esa Yaponiya Xitoy Xalq Respublikasiurushi boshlandi. Xitoy Xalq Respublikasibu urushda yengildi. Urush natijasida shu davrgacha Xitoy Xalq Respublikasiqoʻl ostida boʻlgan Koreya mustaqillikka erishdi, Tayvan o. va Penxuledao olari Yaponiyaga berildi. Germaniya, Fransiya, Bugok Britaniya, Yaponiya va Chor Rossiyasi Xitoyning bir qancha hududini "ijara"ga oldilar va Xitoy Xalq Respublikasida oʻz taʼsir doiralarini barpo etdilar. Xitoy Xalq Respublikasining boshqa davlatlar tomonidan bosib olinishi va Sin hukmdorlarining taslimchilik siyosati Xitoy Xalq Respublikasida katta norozilikka sabab boʻldi. 1894 yil Xitoy Xalq Respublikasida Sun Yatsen boshchiligida inqilobiy demokratik harakat maydonga keldi. 1899 yil yirik antiimperialistik Ixetuan qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. Imperialistik davlatlar (Buyuk Britaniya, Germaniya, AvstriyaVengriya, Fransiya, Yaponiya, AQSH, Rossiya, Italiya) Xitoy Xalq Respublikasiga karshi intervensiya boshlab, 1900 yil avgustda Pekinni ishgʻol qildilar. 1901 yil 7 sentabrda chet davlatlar bilan Xitoy oʻrtasida "Yakunlovchi bayonnoma" imzolanib, Sin imperiyasi yarim mustamlakaga aylantirildi. 20-asr boshida Xitoy Xalq Respublikasiyarim mustamlaka mamlakat namunasi edi. 1905 yil Sun Yatsen Yaponiyada Tunmenxoy inqilobiy partiyasini tuzdi. 1910 yilga kelib shahar va kishloqlarda qoʻzgʻolonlar yangidan avj oddi. Xitoy Xalq Respublikasida temir yoʻl qurilishini chet el monopoliyalariga topshirilishiga qarshi 1911 yil sentabrda Sichuanda boshlangan harakat hukumatga qarshi qoʻzgʻolonga qoʻshilib ketdi. Bu qoʻzgʻolonlar Sinxay inqilobining boshlanishiga sabab boʻldi.
1911 yil dekabrda Sun Yatsen 16 yillik emigratsiyadan qaytib keddi. 1912 yil 1 yanvarda Xitoy Xalq Respublikasirasman respublika deb eʼlon qilindi. 1912 yil 12 fevralda Sin sulolasi agʻdarilib, monarxiya bekor qilindi. Inqilobiy viloyatlar vakillarining Nankindagi majlisida Sun Yatsen Xitoy Xalq Respublikasirespublikasining muvaqqat prezidenti qilib saylandi. Ammo shimolidagi xitoy pomeshchiklari va g’arbi doiralari Yuan Shikay boshchiligida inqilobiy janubiga qarshi harbiy harakatlarni boshladi.
1912 yil 25 avg.da Sun Yatsen tarafdorlari Gomindan partiyasini tuzdilar. Xitoy Xalq Respublikasida Shimoliy Xitoy Xalq Respublikasiva Janubiy Xitoy Xalq Respublikasihukumatlari paydo boʻldi.
Birinchi jahon urushi (1914—18) davrida Yaponiya Xitoy Xalq Respublikasiga nisbatan oʻz ekspansiyasini kuchaytirdi. Pekinning Antanta davlatlari bilan bogʻlangan militaristik hukumati 1917 yil avg.da Germaniyaga qarshi urush eʼlon kildi. Janubiy Xitoy Xalq Respublikasihukumatini 1917 yil sentabrdan 1919 yilgacha Sun Yatsen boshqardi.
Xitoydagi inqilobiy harakatning rivojlanishida xitoy xalqining 1919 yil may—iyun oylaridagi mustamlakachilarga qarshi chiqishlari ("Toʻrtinchi may" harakati) muhim bosqich boʻldi. 1921 yil iyulda Shanxayda Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP)ning 1taʼsis sʼyezdi boʻlib oʻtdi. Sun Yatsen XKP va ishchidehqon harakati bilan yaqinlashish yoʻlini tanladi. 1923 yil fevraldan Sun Yatsen yana Guanchjouda Janubiy Xitoy Xalq Respublikasihukumatini boshqardi va Milliy inqilobiy armiya (MIA)ni tuzdi.
1924 yil kuzda inglizlar Xitoy muxolifatchi kuchlar bilan birgalikda Sun Yatsen hukumatini agʻdarib tashlamoqchi boʻldilar, lekin MIA va ishchi otryadlari bu harakatni bostirdilar.
1925—27 yillarda Xitoy Xalq Respublikasida kommunistlar rahbarligida inqilob boʻldi. 1925 yil 1 iyulda Guanchjou hukumati oʻzini Milliy hukumat deb eʼlon qildi. 1925— 26 yillarda MIA Guansi, Guychjou provinsiyalari va Xunan provinsiyasining janubiy qismida inqilobiy hokimiyat oʻrnatdi. Shundan keyin kommunistlar bilan gomindanchilar oʻrtasida hokimiyat uchun kurash boshlandi. Kommunistlar sovet hukumati, Chan Kayshi boshchiligidagi gomindanchilar AQSH yordamiga suyandi. Sovet hukumati yordamidan toʻla foydalanish maqsadida kommunistlar oʻz bazalarini shim.ga koʻchirishni lozim topdi. Shu bois 1926 yil iyulda MIA shim.ga yurish boshladi. 1927 yil martda XKP rahbarligida qoʻzgʻolon koʻtargan Shanxay ishchilari shaharni ozod qildilar. Tez orada Nankin ham ozod etildi. Gomindanning oʻng qanoti MIA Bosh qoʻmondoni Chan Kayshi boshchiligida 1927 yil 12 aprelda Shanxay va Nankinda, soʻngra Guanchjouda toʻntarish qiddi. 1927 yil 18 aprelda Nankinda aksilinqilobiy "Milliy hukumat" tuzildi. 1927 yil iyulda Uxanda ham aksilinqilobiy toʻntarish oʻtkazildi. Koʻp oʻtmay chap qanot gomindanchilar ham ularga taslim boʻldi. XKP qonundan tashqari deb eʼlon qilindi.
Xitoy milliy inqilobi magʻlubiyatdan soʻng gomindan reaksion diktaturasi qaror topdi.
Xitoyning koʻp qismida gomindan hukmronligiga qaramasdan ayrim qishloq rnlarida XKP rahbarligida Xitoy Xalq RespublikasiQizil armiyasi otryadlari, oʻsha davrda sovetlar deb ataluvchi inkilobiy demokratik hokimiyat oʻchokdari (asosan, Janubiy va Markaziy Xitoy Xalq Respublikasida) tuzildi, demokratik tadbirlar amalga oshiriddi. 1931 yil noyabrda Juyszin shahri (Szyansi provinsiyasi)da Xitoy Xalq Respublikasisoveta rnlari vakillarining 1Umumxitoy sʼyezdi boʻlib, u Xitoy Sovet Respublikasi (XSR)ning MIK va Muvaqqat markaziy hukumatini sayladi, XSR konstitutsiyasi loyihasini qabul qiddi. 1930—33 yillarda Xitoy Xalq RespublikasiKizil Armiyasi gomindan qoʻshinlarining 4 yirik yurishini qaytardi.
1931 yil oxirida yapon qoʻshinlari Shim.Sharqiy Xitoy Xalq Respublikasini ishgʻol qilib, 1932 yilda Manchjou Go qoʻgʻirchoq hukumatini tuzdi. 1933 yil yapon qoʻshinlari deyarli qarshiliksiz Jexe provinsiyasini bosib oldi. 1933—34 yillarda Chan Kayshi Xitoy Xalq Respublikasisovet rnlariga qarshi 5yirik yurish kildi. Xitoy Xalq RespublikasiQizil Armiyasi (XKP MK bilan birga) Markaziy Xitoy Xalq Respublikasini tashlab shimoli-gʻarbga koʻchib oʻtishga majbur boʻldi (1934 yil oktabr — 1936 yil noyabr) va Shensi hamda Gansu provinsiyalari chegarasiga chiqdi. 1936 yil Yaponiya agressiyasi xavfining kuchayishi va keng xalq ommasining noroziligi gomindan rahbarlarini Xitoy Xalq RespublikasiQizil Armiyasiga qarshi kurashni toʻxtatishga majbur etdi.
1937 yil iyulda Yaponiya butun Xitoy Xalq Respublikasini bosib olish rejasini amalga oshirishga kirishdi. Urushning birinchi oylaridayoq yaponlar Xitoy Xalq Respublikasining katta qismini, jumladan, Beypin (Pekin), Tyantszin, Shanxay va boshqa shaharlarini bosib oldi. Xitoy xalkining yapon bosqinchilariga qarshi ozodlik urushi (1937—45) boshlandi. Xalqning tazyiqi ostida gomindan rahbarlari 1937 yil 23 sentabrda XKP bilan gomindan oʻrtasida hamkorlik oʻrnatilganligini maʼlum qildi. Yapon qoʻshinlari 1937 yil iyuldan 1938 yil oktabrgacha Shimoliy Xitoy Xalq Respublikasining barcha hududini, Markaziy Xitoy Xalq Respublikasining bir qismini, shuningdek, Janubiy Xitoy Xalq Respublikasining muhim dengiz boʻyi rnlarini bosib oldi. XKP yaponlar bosib olgan rnlarda partizanlik harakatini keng avj oldirdi.
Sovet Armiyasi oʻtkazgan Manjuriya strategik operatsiyasi (1945) natijasida Shim.Sharqiy Xitoy Xalq Respublikasiva Ichki Mongoliya yapon militaristlaridan ozod etildi. 1945 yil 2 sentabrda Yaponiya soʻzsiz taslim boʻldi. 1945 yil 13 oktabrda Chan Kayshi hukumati qoʻshinlari ozod kilingan hududlarga hujum boshladi. Gomindan hukumati va XKP harbiy harakatlarni toʻxtatishga kelishgan (1946 yil 10 yanvar) boʻlsa ham 1946 yil iyulda Chan Kayshi tarafdorlari butun mamlakat miqyosida fuqarolar urushini yana boshlab yubordi. AKSH chankayshichilarga har tomonlama yordam koʻrsata boshladi. Biroq Xitoy Xalq RespublikasiXalq ozodlik armiyasi gomindanchilarga karshi muvaffakiyatli janglar olib borib, 1948—49 yil yanvar butun Shim.Sharqiy Xitoy, Shimoliy Xitoyni, Shim.Gʻarbiy Xitoyning koʻp qismini, Markaziy Xitoy Xalq Respublikasining Yanszi daryosigacha boʻlgan yerlarini ozod kildi. 1949 yil kuzga kelib Xitoy Xalq RespublikasiXalq ozodlik armiyasi hujumni davom ettirdi va Shim.Gʻarbiy Xitoy Xalq Respublikasiva Markaziy Xitoyni, Janubiy va Jan.Gʻarbiy Xitoyning katta qismini ozod qildi. Chan Kayshi toʻdasi esa Tayvanga qochdi. 1949 yil 1 oktabrda Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi ( Xitoy Xalq Respublikasi) tuzilganligi eʼlon qilindi. Sharqiy Turkiston, Ichki Mongoliya va Tibet ham ushbu respublikaga kiritiddi.
1.2.Xitoy davlatining iqtisodiyoti va tashqi iqtisodiy aloqalari
Xitoy Xalq Respublikasi tuzilgach, davlatni boshqarishni oʻz zimmasiga olgan Mao Szedun boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasirahbariyati va XKP Xitoy Xalq Respublikasining bosh yoʻli — mamlakatda sotsialistik jamiyat qurish ekanligini eʼlon qildi va xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish, qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish, sotsializmning sovet modeli negizini yaratish yoʻlini tanladi. 1951 yil Xitoy Xalq Respublikasihududini gomindanchilardan ozod etish (Tayvan va Penxuledaodan tashqari) tugallandi. 1952 yil Xitoy Xalq Respublikasi hukumati joylarda xalq hokimiyati organlarini tuzish, gomindanchilarni yoʻqotish, yirik kapitalni musodara qilish boʻyicha katta ishlarni amalga oshirdi. 1953 yil agrar islohotlar oʻtkazildi. 300 mln.ga yakin yersiz va kam yerli dehqonlar va ularning oilalariga sobiq zamindorlar yerlari boʻlib berildi. 1953—54 yillarda mahalliy va markaziy hokimiyat organlariga umumiy saylovlar boʻldi. 1954 yil sentabrda Umumxitoy xalq vakillari majlisining 1sessiyasi boʻlib, Xitoy Xalq Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilindi.
50-yillarning 2-yarmida Mao Szedun boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi rahbarlari 1958— 60 yillarda "katta sakrash" (besh yil mobaynida sanoat ishlab chiqarishini 6,5 marta, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini 2,5 marta koʻpaytirish) yoʻlini tutdilar. Barcha qishloq xoʻjaligi kooperativlari "xalq kommunalari"ga aylantirildi.
1966—76 yillarda "madaniy inkilob" amalga oshirildi. Mao Szedun shaxsiga sigʻinish avj oldi. Xavfsizlik organlari va armiya ishtirokida, shuningdek, siyosiy jihatdan chiniqmagan oʻquvchi yoshlar va talabalardan tuzilgan xunveybinlar ("qizil qoʻriqchilar") hamda szaofanlar ("gʻalayonchilar") otryadlari yordamida Mao Szedun koʻrsatmasiga binoan minglarcha masʼul partiya va davlat xodimlari va ziyolilar ishdan olinib, surgun qilindi yoki uy qamogʻida sakdandi. Provinsiya va uyezdlarda partiya qoʻmitalari va xalq tomonidan saylangan hokimiyat organlari amadda tarkatib yuboriddi va tepadan tayinlanadigan, armiya vakillari asosiy rol oʻynagan "inqilobiy qoʻmitalar" bilan almashtirildi, xalq xoʻjaligidagi tanglik yanada chukurlashdi. Xitoy KPning bu siyosati (keyinchalik Xitoy Xalq Respublikasida keskin tankidga uchragan) Mao Szedun vafoti (1976)dan keyin qayta koʻrib chikildi. Bunda iqtisodiy islohotlar oʻtkazish orqali 21-asr oʻrtalariga kelib Xitoy Xalq Respublikasini yuksak darajada rivojlangan davlatga aylantirish vazifasi qoʻyildi. Korxonalarning xoʻjalik yuritish faoliyatidagi mustaqilligi oshirildi, koʻp ukladli iktisodiyotga ruxsat berildi, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasida "ochiq iqshsodiy rnlar" va "maxsus iktisodiy hududlar" tashkil etildi. 1990-yillarning boshlaridan Xitoy KP tomonidan amalga oshirilayotgan "sotsialistik bozor xoʻjaligi"ga oʻtish shakllandi. Xitoy Xalq Respublikasining Buyuk Britaniya bilan tuzgan bitimi (1989)ga muvofiq Syangan (Gonkong) Xitoy Xalq Respublikasiga oʻtdi va Xitoy Xalq Respublikasining maxsus maʼmuriy rayoni makrmini oldi. Xitoy Xalq Respublikasi1971 yildan BMT aʼzosi (1945 yil SanFransisko konferensiyasida BMT ustaviga gomindan hukumati vakili imzo chekkan. Xitoy Xalq Respublikasi tuzilgach, uning BMTdagi oʻrnini Tayvan noqonuniy ravishda egallab kelgan, Xitoy Xalq Respublikasi esa bu tashkilotda vakillikdan mahrum qilingan edi. 1971 yil 25 oktabrda BMTning Bosh Assambleyasi Xitoy Xalq Respublikasining qonuniy huquklarini tiklash va BMT hamda uning barcha organlaridan Tayvan vakillarini chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qildi). Xitoy Xalq Respublikasi1991 yil 27 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va 1992 yil 2 yanvarda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 1 oktabr — Respublika eʼlon qilingan kun (1949).
Siyosiy partiya va tashkilotlari, Xitoy Xalq Respublikasixalq siyosiy maslahat kengashi, kasaba uyushmalari. Xitoy Xalq RespublikasiKommunistik partiyasi (XKP, 1921 yil tuzilgan; Bosh kotibi Xu Szintao. 50,3 mln. aʼzosi bor); Gomindan inqilobiy qoʻmitasi, 1948 yil asos solingan; Xitoy Xalq RespublikasiDemokratik ligasi, 1941 yil tuzilgan; Xitoy Xalq RespublikasiDemokratik milliy qurilish assotsiatsiyasi, 1945 yil tuzilgan; Xitoy Xalq RespublikasiDemokratiya taraqqiyotiga koʻmak beruvchi assotsiatsiya, 1945 yil tashkil etilgan; Xitoy Xalq Respublikasidexkrnishchilar demokratik partiyasi, 1947 yil asos solingan; Chjungo chjigun dan ( Xitoy Xalq Respublikasiadolatga intilish partiyasi), 1925 yil tuzilgan; Szyusan syuye she (3 sentabr jamiyati), 1946 yil tuzilgan; Tayvan muxtoriyati demokratik ligasi, 1947 yil asos solingan; Xitoy Xalq Respublikasixalq siyosiy maslahat kengashi; 1949 yil tuzilgan. Umumxitoy kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1925 yil tuzilgan.
Transport yoʻli transportning asosiy turi. Ularning uz. 73 ming km. Xitoy Xalq Respublikasining sharqiy portlari temir yoʻl orqali Mongoliya, Rossiya, Markaziy Osiyo davlatlari, Eron va Yevropa mamlakatlari bilan bogʻlangan. Avtomobil yoʻllari uz. 1,278 mln. kilometr. Soʻnggi yillarda tez yurar avtomobil yoʻllari qurish rivojlangan. Ularning uz. 8733 km.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling