Xalqaro turizm nazariyasi vaamaliyoti
-Rasim . Xitoy Xalq Respublikasi davlat bayrog’i
Download 1.15 Mb.
|
KURS ISHI Xitoyning Muhammadali 11111
1.1.1-Rasim . Xitoy Xalq Respublikasi davlat bayrog’i
Xitoy Xalq Respublikasi, asosan, moʻʼtadil va subtropik mintaqalarda (janubiy qismida kichikroq hudud tropik mintaqada) joylashgan. Tabiati jihatidan Sharqiy Osiyoda joylashgan sharqiy va Markaziy Osiyoda joylashgan gʻarbiy qismlarga boʻlingan. Mamlakatning sharqi dengiz boʻyi pasttekisliklari, past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar bilan band. Xitoy Xalq Respublikasining gʻarbi esa baland togʻlik, kata tizmalar, keng yassitogʻlik va botiqlardan iborat. Xitoy Xalq Respublikasiqirgʻoq chizigʻining uz. 15 ming km chamasida. Kichik qoʻltiq va buxta kup. Yirik yarim orollari: Shandun va Lyaodun. Xitoy Xalq Respublikasi— murakkab orografiyaga ega boʻlgan togʻli oʻlka. Mamlakatning janubi-gʻarbida Tibet togʻligi, undan shim.roqsa Markaziy Osiyo tekisliklari va yassitogʻliklar mintaqalari va atrofi togʻlar bilan oʻralgan Sharqiy Xitoy pasttekisliklari yaqqol ajralib turadi. Tibet togʻligi Xitoy Xalq Respublikasining eng baland qismidir (oʻrtacha bal. 4500 m ga yaqin). Markaziy Osiyo tekisliklari va yassitogʻliklari gʻarbda bir-biridan Sharkiy Tyaninan togʻlari bilan ajralgan Hashqar tekisligi va Jungʻariya tekisligshsh oʻz ichiga oladi. Ularga janubi-sharqdan Turfon soyligi (tubi dengiz sathidan 154 m past) tutashgan. Sharqroqda esa Gashun Gobisi, Alashan va Ordos plato va tekisliklari, ular orasida Beyshan, Alashan va Inshan togʻlari joylashgan. Sharqiy Xitoy pasttekisliklari, asosan, Sariq dengiz sohili boʻylab shimolidan jan.ga choʻzilgan va tog tizmalari bilan oʻralgan. Xitoy Xalq Respublikasida foydali qazilmalardan toshkoʻmir va yonuvchi slanets, neft, temir va marganets rudalari, boksit, qalay, volfram, simob, mis va polimetall rudalari, oltin, toshtuz konlari bor. Xitoy Xalq Respublikasi iqlimi gʻarbda kontinental, sharqda, asosan, mussonli. Mavsumlar davomida havo temperaturasining farqi katta. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Xarbinda —20,4°, Pekinda —4,6°, iyulniki xuddi shu joylarda 23° va 26°. Yillik yogʻin Sharqiy Xitoy Xalq Respublikasida 500–2000 mm (koʻp qismi yozda yogʻadi). Gʻarb va shimoli-gʻarbga tomon ikdimning kontinentalligi ortib boradi. Yoz issiq (Turfon botigʻida iyulning oʻrtacha temperaturasi 34°), kish sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Xitoy Xalq Respublikasishimolida (Xaylar) — 28°, gʻarbida (Urumchi) — 14,9°. Yillik yogin 250 mm dan kam, Qashqar tekisligi va Saydamda 50 mm dan kam. Tibet togʻligida kish juda sovuq, yozi esa salqin. Gartokda (Hind daryosining yuqori qismi) yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 11,8°, iyulniki 11,8°. Traning sutka davomidagi farqi katta. Kuchli shamollar esadi. Xitoy Xalq Respublikasining baland togʻlarida muzliklar bor, lekin yogʻin kamligidan ularning maydoni katta emas (100 ming km² chamasida). Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling