Xalqaro turizm nazariyasi vaamaliyoti
Download 1.15 Mb.
|
KURS ISHI Xitoyning Muhammadali 11111
- Bu sahifa navigatsiya:
- «davlatning tuganmas quvvatlari majmuasi»
- «bir davlatda ikki tizim»
- «Katta Xitoy»
- «savdo urushi»
Ichki suv yoʻllarining uzunligi 150 ming km dan ortiq. Yirik dengiz portlari: Shanxay, Dalyan, Sinxuandao, Sindao, Guanchjou (Xuanpu bilan), Tyantszin (Singan bilan). Xitoy Xalq Respublikasining koʻp shaharlari jahondagi yirik shaharlar havo yoʻllari bilan bogʻlangan.
Xitoy chetga koʻmir, choy, baliq, toʻqimachilik xom ashyosi, shoyi mahsulotlari, traktor va avtomobil, volfram rudasi, elektron, toʻqimachilik va mashinasozlik sanoati mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashina va jihozlar, murakkab hisoblash texnikasi, neft, gʻalla, kimyoviy oʻgʻit, yogʻoch va boshqa oladi. Tashqi savdoda Yaponiya, AQSH, Germaniya, Rossiya, Pokiston bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — yuan. Xitoyda 1978 yildan boshlab oʻtkazila boshlagan iktisodiy islohotlar natijasida tibbiy xizmat koʻrsatish tarmogʻida ham tub oʻzgarishlar yuz berdi. Shuni aytish mumkinki, tashqi iqtisodiy siyosat har qanday milliy iqtisodiyot taraqqiyotini ta’minlashning muhim vositasidir. Shu ma’noda Xitoyning tashqi iqtisodiy siyosati jahon bozori bilan mustahkam bog‘liq holda eksportga ishlaydigan tarmoqlari ustunlik qiladigan ochiq iqtisodiyotni vujudga keltirishga qaratildi. Xitoy iqtisodiy islohatlar davrida katta hududga, ko‘p millionli aholiga va xilma-xil resurslarga ega bo‘lgan har qanday mamlakat ham boshqa davlatlar bilan doimiy va keng ko‘lamdagi iqtisodiy aloqallarni yo‘lga qo‘ymas ekan rivojlanish haqida o‘ylash ham ortiqcha, degan qarorga kelgandi. Xitoy tashqi iqtisodiy aloqalarida «davlatning tuganmas quvvatlari majmuasi» degan aqida mavjud. Bu aqida tufayli mamlakat ichkarisidagi ishlab chiqarish korxonalarini yanada mukammalroq texnikalar bilan qurollantirishga, ilg‘or texnologiya va ilmiy-texnik tajribasi hamda ishlab chiqarishning yanada unumliroq tuzilishini joriy etishga tabiiy resurslarni o‘zlashtirishga, chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirishga yordam berib, yangi buyumlar chiqarishni tashkil etishga ketadigan vaqtni qisqartirib, ishlab chiqarish va butun xo‘jalik faoliyatini oshirishga, hosil qilingan milliy daromadni ko‘paytirishga erishilmoqda. Xitoyning tashqi iqtisodiy aloqalari taraqqiyotida tashqi savdo muhim rol o‘ynaydi. Xitoy Xalq Respublikasi ning tovar ayirboshlash hajmi 325 mlrd. dollarni tashkil etdi. (Bu dunyoda 10 o‘rin deganidir). Har yili xorijga mahsulot chiqarish 4 % dan 20 % gacha oshib boradi. Tovar eksporti mamlakatga 75 % valyuta tushumini ta’minlaydi. Eksport hajmi jihatidan Xitoy jahonda 13-o‘rinda, import hajmi jihatidan esa 16-o‘rinni band etadi. Xitoy tashqi savdosi uchun eng muhim vazifa bu texnik va texnologiyalar yaratib, uni chetga sotishdir. Bu borada ham mamlakat ancha yuqori ko‘rsatkichga ega. Shuningdek, Xitoy chetdan zamonaviy texnikalar harid qilishni ham kanda qilmaydi. So‘nggi yillarda shunday texnologiyalar mamlakatga kiritilgani sababli 8 ming xildan ziyod yangi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishga erishildi. Xitoy Xalq Respublikasi dunyoda paxta mahsulotlari va tabiiy ipak gazlamalari hamda elektronika va mashinasozlik tovarlarini eksport qilish bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Xitoy eksportida tayyor mahsulotlar jami tashqi savdoga chiqarilgan mahsulotlarning 2/3 qismini tashkil etadi. Tashqi savdoda Xitoyning eng ishonchli sheriklari AQSH, Yaponiya va G‘arbiy Yevropa davlatlaridir. Masalan, Yaponiya bilan mashinasozlik va texnologiya bo‘yicha savdolar 50 % ni tashkil etsa, AQSH yuqori texnologik mahsulotlar, samolyot va elektron hisoblash texnikasini harid qilish bo‘yicha yetakchi sanaladi. Xitoy Xalq Respublikasi da chet el investitsiyasi 200 mlrd. dollarni tashkil etadi. Shuning 70 foizi xalqaro tashkilotlar va xorij korxonalari kreditlari va zayomlari hajmida ko‘rinadi. Dengizbo‘yi rayonidagi 80 % korxonalar xorij kapitali hisobiga faoliyat yuritadi. Bu yer erkin iqtisodiy hudud sanalib, chet ellik ishbilarmonlar uchun bir qator imtiyozlar rejimi ishlab chiqarilgan. Ko‘p yillar davomida Xitoy hukumati uchun Gangkong (Syangan), Makao (Aomin) va Tayvan singari yirik hududlarni teng huquqli a’zo sifatida mamlakatga qo‘shib olish siyosati o‘z ishini yurgizdi. Chunki, Gonkong hududlari XIX asr oxirlarida Buyuk Britaniyaga uzoq muddatli ijaraga berilgandi. Bu muhim siyosat tufayli Gongkong 1997 yil 3 iyulda Xitoy ixtiyoriga qaytdi. Faqat hozirda «bir davlatda ikki tizim» formulasi mujassam. Tan olish kerakki, Gongkong so‘nggi 50 yil ichida kuchli rivojlandi. Bugun bu yerdagi mavjud imkoniyatlar Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiyotining muhim ustunlaridan biri sanaladi. Syanganda chet el investitsiyasi hajmi mamlakatning qariyib 3 dan 2 qismiga teng. Investitsion kontraktlar esa 80 % ni tashkil etadi. Tashqi iqtisodiy aylanma (oborot)da esa uning ulushi 40 % ni tashkil etadi. Tayvan hududi esa 1940 yilgacha Xitoyning bir bo‘lagi sifatida bo‘lib, ko‘p yillar Xitoy Xalq Respublikasi oppozitsiyasi hisoblandi. 1990 yilda ikki mamlakat o‘rtasida aloqallar yaxshilandi. Tayvan bugungi Xitoy iqtisodiyotida investitsiya hajmi jihatidan Syangandan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Resurslarning qo‘shilishi, Tayvan kapitali va texnologiyalari, Syangan va Makao (Aomin)ning tashqi savdo aloqalari birlashishi «Katta Xitoy» ni yaratilishini ta’minladi va yangi iqtisodiy taraqqiyotga erishgan hudud bo‘lib qoldi. AQSH Xitoy bilan 1979 yilda diplomatik aloqalarni o‘rnatdi. 1980 yillar boshida Xitoy va AQSH o‘rtasida tovar ayirboshlash keskin kuchaydi. Xitoy xalq xo‘jaligini zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash uchun mashinasozlik va elektronika mahsulotlari import qilindi. O‘z navbatida AQSH ga birinchi darajali xomashyo mahsulotlari yetkazildi. O‘sha paytda Xitoy va AQSH savdo saldo balansi barqarorlashdi va bu 60 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Ikki tomonlama iqtisodiy aloqalar siyosiy munosabatlarning yaxshilanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Boshqa sohalar bo‘yicha ham keng ko‘lamdagi ayirboshlash siyosati amalga oshirildi. Ammo, 1992 yillarda Xitoy rivojlanish yo‘liga chikib olgach, har qanday ishlab chiqarish sohasida Amerika bilan raqobatlashish darajasiga yetdi. Oqibatda ikki davlat o‘rtasida «savdo urushi» avj oldi. Bunga Xitoyning AQSH dan import qilinadigan tovarlar yo‘lidagi bevosita taqiqlashlar, kvotalar, litsenziyalar, sifat andozalariga rioya qilishga ortiqcha talablardan iborat g‘ovlarni olib tashlashdan bosh tortgani sabab bo‘ldi. Chunki XXP ma’murlari AQSH bilan savdoda katta ustunlikka erishgan edi va o‘zaro savdodagi ahvol xitoyliklar foydasiga hal bo‘lardi. Oxir-oqibat AQSH xalqaro savdoda eksportni sezilarli tarzda cheklashni lozim ko‘rdi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling