Kurs ishining obyekti va predmeti. Ushbu kurs ishining obyekti bo‘lib “Xitoy turizmining demografiyasi” hisoblanadi.Predmeti sifatida Xitoy turizmining barqaror yo’nalishlarni mamlakatimizda qo’llash olingan.
Kurs ishining nazariy va metodologik manbalari. kurs ishi bir qator xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar hamda mutaxassislarning Xitoy turizmiga bag‘ishlangan asarlari va ilmiy ishlaridan foydalanilgan holda amalga oshirilgan.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi. Ish kirish, ikki ta bob, xulosa, ilova va adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan. Kurs ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning ob’ekti va predmeti, maqsadi va vazifasi yoritilgan. Yakunda xulosalangan.
I BOB.XITOY XALQ DEMOKRATIK RESPUBLIKASI HQAIDA UMUMIY MA’LUMOT
1.1.Xitoy davlati va hududi haqida umumiy tushuncha
Xitoy, Xitoy Xalq Respublikasi (xitoycha 中華人民共和國 - 中华人民共和国 - Zhōnghuá Rénmín Gònghéguó), Xitoy Xalq Respublikasi — Markaziy va Sharqiy Osiyoda joylashgan davlat. Dunyoda aholisi eng kup va maydoni jihatidan eng yirik davlatlardan biri. Sharqda Tinch okeanning Sariq, Sharkay Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydoni 9,6 mln. km². Aholisi 1 mlrd. 394mln. kishi (2003). Poytaxti — Pekin shahri Maʼmuriy jihatdan 23 provinsiya (Xitoy Taypeyi ham shu hisobga kiradi), 5 muxtor rn va markazga boʻysinuvchi 4 shahar (Pekin, Shanxay, Tyendzin, Chunsin)ga boʻlinadi.
Xitoy Xalq Respublikasi. Amaldagi konstitutsiyasi 1988 yil 4 dekabrda qabul qilingan; 1988, 1993, 1999 yillarda ayrim tuzatishlar kiritilgan. Konstitutsiyaga koʻra, Xalq vakillari Umumxitoy majlisi (XVUM) davlat hokimiyatining oliy organi. XVUM davlat boshligʻi — Xitoy Xalq Respublikasi raisi (2003 yildan Xu Jintao) va uning oʻrinbosarlarini saylaydi. Krnun chiqaruvchi hokimiyatni XVUM amalga oshiradi. XVUM provinsiya, muxtor rn, markazga boʻysunuvchi shaharlar va qurolli kuchlar tomonidan saylanadigan deputatlardan iborat. XVUMning doimiy ishlovchi organi Doimiy qoʻmitadir. XVUM vakolat muddati 5 yil Ijroiya hokimiyatni Davlat kengashi (hukumat) amalga oshiradi. U XVUM va uning doimiy qoʻmitasi oldida hisob berib turadi. Davlat kengashining vakolat muddati 5 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |