Xalqaro turizm nazariyasi vaamaliyoti


Download 1.15 Mb.
bet6/14
Sana19.06.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1607714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
KURS ISHI Xitoyning Muhammadali 11111

Yaponiya Xitoy bilan o‘zining tashqi iqtisodiy aloqalarini 1972 yildayoq me’yorlashtirgan edi. 1979 yilda esa ikki davlat o‘rtasida tinchlik va do‘stlik shartnomasi imzolandi. Yapon firmalari Xitoy bozoriga faol kirib bordi. Xitoy Xalq Respublikasining tashqi savdo oborotida Yaponiya ulushi 20 % ni tashkil etadi. Yaponiya Xitoyga texnologik uskunalarni eksport qilsa, u yerdan katta hajmda xomashyo va yarimfabrikat mahsulotlarni import qiladi. Xitoyda Yaponiyaning imtiyozli kreditlari mavjud. Bir so‘z bilan aytganda barcha sohalarda bu ikki mamlakat o‘rtasida istiqbolli munosabatlar yo‘nalishida shakllangan.
Xitoy Xalq Respublikasi ning Janubiy Koreya bilan aloqallari ham yildan-yilga yaxshilanib bormoqda. Bu ikki mamlakat o‘rtasida birinchi qo‘shma korxona 1985 yilda tashkil topdi. Janubiy Koreyadan 50 dan ortiq to‘qimachilik, elektrotexnika va terini qayta ishlovchi korxonalar texnologiyalari keltirildi. 1992 yil avgustda bu mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi va bu iqtisodiy sohalar rivojiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatdi. Tovar ayirboshlash hajmi 20 mlrd. dollarga yetdi.
1.3. Xitoyning jahonda tutgan o’rni
Bugungi kunda globalizatsiya va integratsion jarayonlarning to’xtovsiz davomiyligi sababli jahon iqtisodiyotini bir butun tizim sifatida murakkablashib borayotganligini kuzatishimiz mumkin. Bu esa olimlar va mutaxassis-ekspertlar orasida jahon iqtisodiyotining kelajak istiqbollari haqida turli xil nizoli fikr va xulosalarning yuzaga keltirmoqda. Ana shunday murakkab va muhim ahamiyat kasb etuvchi mavzulardan biri hozirda jahon diqqat markazida turgan ulkan salohiyatga ega Xitoy davlati va uning istiqbollari haqida desak, xato qilmagan bo’lamiz.
Mavzuni atroflicha yoritish uchun dastlab Xitoyning iqtisodiy va resurs salohiyatiga to’xtalib o’tamiz. Xitoy jahonda aholi soniga ko’ra hamda qishloq xo’jaligi va sanoat mahsulotlari qiymatiga ko’ra yetakchi o’rinda turadi. Geostrategik jihatidan ham Yevroosiyoning eng muhim nuqtasida joylashgan. Xitoy YAIMi 1978-yildan beri yiligi 7 % dan kam bo’lmagan o’sishni ko’rsatmoqda va 2010-yilda yillik 10,3 % lik o’sish bilan $ 5,4. trln ga yetdi. Ushbu ko’rsatkich bo’yicha 2011-yilda AQShdan so’ng jahonning ikkinchi iqtisodiyotiga aylandi. Tashqi savdo balansi hajmi 1995-yildan beri ijobiy o’sishni ko’rsatmoqda va 2010-yilga kelib yillik 3 % lik o’sish bilan $ 305,4 mlrdga yetdi. So’nggi yillarda deyarli barcha makroiqtisodiy ko’rsatkichlar o’sib bormoqda. Lekin Xitoyning ushbu o’sish sur’atlari ba’zi olimlarning fikriga ko’ra ekstensiv usul bilan amalga oshirilmoqda, ya’ni “masshtab samarasi”ning kattaligi hisobiga yuz bermoqda. Taniqli rus iqtisodchisi Mixail Xazinning fikriga ko’ra, Xitoy hozirda ekstensiv omillar evaziga rivojlanmoqda va bu uning iqtisodiy silkinishlarga nisbatan sezuvchanligini pasaytirib turadi. Lekin AQSH Xitoyni o’z iqtisodiy klasteriga qo’shib olish uchun Sovet Ittifoqidan ajratib olishga harakat qilgan va 90-yillarga kelib bunga erishdi.
Xitoyning jahonda yetakchi bo’lishiga to’siq bo’luvchi asosiy omillardan biri bu uning raqobatchilarining olib borayotgan puxta siyosatidir. Xususan, hozirda AQSh Xitoyning yetakchi bo’lishini oldini olish maqsadida o’z iqtisodiyotini Xitoy iqtisodiyoti bilan bog’lashga harakat qilmoqda. Ya’ni tashqi savdo operatsiyalari va ishlab chiqarishning asosiy qismini Xitoy iqtisodiyotiga qo’yib, asosiy hamkoriga aylantirmoqda. Bu Xitoy iqtisodiyotida tashqi valyuta zahiralarini ortishiga va o’z navbatida ushbu zahiradan AQSH davlat qimmatli qog’ozlarini sotib olinishiga sabab bo’ladi. Bu haqida quyidagi raqamlar gapirmoqda. 2010-yilda Xitoy bilan AQSh o’rtasidagi tovar aylanmasi 2010-yilda yillik 24,8 % lik o’sish bilan $ 456,8 mlrd ga yetgan[6]. 2010-yilga kelib Xitoy AQSHning eng yirik kreditoriga aylandi va bu qiymat $ 789 mlrdga yetdi.
Yuz bergan global inqiroz natijasida yalpi talab keskin pasaydi va Xitoy ichki talabni ko’paytirish hisobiga iqtisodiy o’sishni saqlab qolishga harakat qilmoqda, ya’ni iqtisodiyotini “sovutmoqda”. Lekin bu davlat uchun deyarli zarar hisoblanadi, chunki asosiy daromad eksport hisobiga keladi. Bundan tashqari Xitoy ichki talabni orttirish maqsadida 2009-yilda ichki iqtisodiyotga jami $ 1,4 trln lik kredit paketini kiritdi[9]. Buning natijasida mamlakatda inflyatsiya avj olib, hech narsa bilan kafolatlanmagan pullar evaziga ba’zi sektorlarda “bo’sh ko’pik” (empty bubble)lar paydo bo’lishi mumkin. Bu inqirozning ikkinchi to’lqini kelib chiqishi mumkin degani.
Yuqoridagilarni xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, Xitoyning iqtisodiy yetakchi davlat bo’lishi uchun quyidagi omillar mavjud:

  • katta ishchi kuchi, ya’ni ulkan aholi soni nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy ustunlik ham beradi, ya’ni boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin (immigratsion daromadlar-transfertlarni oshirish; ma’naviy-ma’rifiy qarashlarini dunyoga yoyish mumkin);

  • muhim geostrategik joylashuv, ya’ni bu tabiiy iqtisodiy va siyosiy ustunlik beradi;

  • mintaqadagi qo’shni mamlakatlar bilan aloqalar, integratsion jarayonlarga tayanib iqtisodiy-siyosiy mavqeyini belgilab olishi mumkin (O’rta Osiyo bilan energetika va transport bo’yicha hamkorlik) ;

  • ulkan ishlab chiqarish salohiyati (2010-yilda $ 1,6 trln lik mahsulot eksport qilgan);

  • yuritayotgan iqtisodiy-siyosiy tizimi va islohotlari, yuqoridagi barcha omillardan oqilona foydalanish imkonini beradi (rejali aralash iqtisodiyot).

Lekin yuqoridagi omillarga qaramasdan, Xitoyning yetakchi bo’lishiga to’siq bo’luvchi omillar ham mavjud:

  • aholi ko’pligi omili, lekin to’g’ri boshqarilsa, uni foydaga ishlatish mumkin;

  • raqobatchi davlatlarning olib borgan iqtisodiy siyosatlari, ya’ni embargo, proteksionizm, tariff va boshqalar;

  • kuchli siyosiy o’zgarishlar, jahon xaritasining qayta tuzilishi yoki shu kabi holatlar (juda kam ehtimollik bilan).

Hozirgi kunda Xitoyda olib borilayotgan aralash rejali iqtisodiyot o’zining ma’lum qirralari bilan kerakli iqtisodiy o’sishni belgilab bermoqda. Yuqoridagi muammolarning mavjudligiga qaramasdan Xitoy iqtisodiyoti to’yinguniga qadar o’sishda davom etadi va yaqin 15-20 yil ichida jahonning yetakchi iqtisodiyotiga aylanishi mumkin.
O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar kengayishi drayveri – harakatlantiruvchi kuchi savdo-sotiq va iqtisodiy soha bo‘lib turibdi. Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo sherigiga aylandi va shu mavqeni saqlab qolayotir. O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, respublikaning Xitoy bilan 2019 yildagi tashqi savdo aylanmasi 7,62 milliard AQSh dollari bo‘ldi. Hozircha Xitoy savdo hajmi bo‘yicha Rossiyadan bir oz oldinda bormoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 16,8 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Undan keyin Rossiya (14,8 foiz), Qozog‘iston (7,3 foiz), Koreya Respublikasi (5,8 foiz), Turkiya (5,2 foiz), Qirg‘iziston (2,4 foiz) va Germaniya (2,1 foiz) bormoqda.
O‘zbekistonning Xitoyga eksporti ortmoqda, biroq eksportning asosiy qismini hozircha strategik xom ashyo: tabiiy gaz, uran, mis, paxta va mineral o‘g‘itlar tashkil qilyapti. Ushbu tovarlar orasida eng muhim o‘rinni tabiiy gaz egallaydi, Tabiiy gaz bo‘yicha 2011 yilda imzolangan ikki tomonlama oldi-sotdi shartnomaga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasiga uni yetkazib berish 25 yilga mo‘ljallangan.O‘tgan yil oktyabrida O‘zbekistonda Xitoyning “Alibaba” savdo platformasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish soddalashtirilgan edi.O‘zbekistonning bir qandolatchilik kompaniyasi ushbu platforma bilan birinchilardan bo‘lib 3 million AQSh dollarilik eksport shartnomasini imzoladi.
Savdo-sotiq aloqalarini kengaytirish maqsadida 2020 yil oktyabrida O‘zbekiston Guanchjou shahrida bosh konsulligini ochdi. U O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi bunday shakldagi ikkinchi vakolatxonasidir, ilk vakolatxona Shanhay shahrida faoliyat ko‘rsatmoqda. Tomonlar bosh konsullik ochilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar taraqqiyotiga qo‘shimcha turtki berishini, O‘zbekiston viloyatlari bilan Xitoyning janubiy viloyatlari o‘rtasidagi tovar aylanmasi oshishini kutmoqda.Bundan tashqari, Toshkent (Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari ham shu qatorda) Pekin bilan O‘zbekistonda koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning klinik sinovlarini o‘tkazish to‘g‘risida kelishib oldi. Muzokara vaqtida qayd etilishicha, klinik sinovlar muvaffaqiyatli yakun topgan taqdirda O‘zbekiston vaksinani o‘z muddatida va arzon narxda sotib olish uchun ustuvorlikka ega bo‘ladi.


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling