Korxonalarda reklama faoliyatini tashkil etish
Xorijiy va mamlakatimiz tajribasiga muvofiq reklamani quyidagicha tasniflash mumkin:
Obyektlar bo‘yicha reklama qilish:
• nufuzli tadbirkorlik reklamasi. Bu reklamaning asosiy maqsadi tadbirkorni uning raqiblaridan farq qilishining reklamasidir;
• tovar reklamasi, ya’ni tovarga talabni shakllantirish va rag‘batlantirish;
• tovar reklamasiga aniq markali tovarni uzoq vaqt ajralib turish uchun qo‘llaniladigan marka reklamasini ham kiritish mumkin;
• sarlavhali reklama – bu xizmatlar yoki hodisalarni sotish haqidagi axborotlarni tarqatish;
• sotish reklamasi – bu arzonlashtirilgan narxlar bo‘yicha sotish haqida e’lon;
• tushuntirish – tashviqot qilish reklamasi bu aniq maqsadni himoya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |