Xalqaro turizm
Tanlangan strategiya bo‘yicha
Download 166.61 Kb.
|
Abdujalilov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Tarqatish vositalari bo‘yicha
4. Tanlangan strategiya bo‘yicha:
• bir turdagi reklama turli mamlakatlarda faqat bitta reklama vositasini ko‘zda tutadi, bu reklama tadbirlarini o‘tkazish sarf va xarajatlarni tejashga olib keladi; • bir turda bo‘lmagan reklama yagona reklama konsepsiyasini berishida turli xil reklama vositalaridan foydalanishni ko‘zda tutadi.
• shaxsiy reklama ishi, ya’ni e’lonlarni jurnallar, umumiy yo‘nalishdagi jurnallar, ro‘znomalar, maxsus jurnallar, tadbirkor bulletenlarida, axborotnomalarga joylashtirish; • nashriy reklama kataloglar, bukletlar, tabriknomalar, yilnomalar; • dalirect mail – reklama materiallarini pochta, telegraf, teleks orqali tarqatish; • rolikli reklama – kino, televideniye, slayd-proeksiya; • TV – marketing televideniyesi kanali bo‘yicha reklama; • radio bo‘yicha reklama berishni ko‘zda tutuvchi radio-reklama; • tashqi reklama yirik hajmdagi plakatlar, elektrlashtirilgan pannolarni tayyorlashni ko‘zda tutadi; • transportdagi reklama. Bunday reklama butun transportning tashqi sirtiga o‘rnatiladi; • eng keng tarqalgan reklama tovarni sotish joyida, do‘konlarda, savdo zallarida bo‘ladi. Reklamalarning boshqa shakllari ham mavjud bo‘lib ular – esdaliklar ishlab chiqarish, tabriknomalar va taklifnomalar taqdim qilish, turli xil o‘yinlar o‘tishi davrida esdaliklarni sovg‘a qilish. Tovarlar va xizmat ko‘rsatishni reklama qilishda har bir reklama beruvchi shaxs, avvalambor, zarur reklama vositalarini tanlaydi, ya’ni gazeta, jurnallar, radio, televideniye, tashqi reklama vositalari, transportdagi reklama, to‘g‘ridan to‘g‘ri pochta orqali reklama va hokazolar orasidan to‘g‘ri kelganini ajratib oladi. Bu yerda qandaydir umumiy qonuniyatlar deyarli bo‘lmaydi, chunki reklama vositalarining har bir turining o‘ziga xos tomonlari mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘z navbatida boshqasidan farq qiladi. Reklama vositalarini tanlashda 4 ta savolga javob berish lozim: 1. Kimni qamrab olmoqchimiz? 2. Ular qayerda joylashgan? 3. Murojaat qanday ahamiyat kasb etadi? 4. E’lonni qachon berish kerak? Reklama bilan kimni qamrab olmoqchimiz, degan savolga javob berish uchun potensial xaridorlarni aniq bilishimiz kerak. Hech bir tovar, hech bir xizmat ko‘rsatish birvarakayiga hamma tomondan, bir xil me’yorda foydalanilmaydi. Ba’zi odamlar boshqalarga qaraganda aniq potensial xaridor hisoblanadi. Shuning uchun reklama beruvchining o‘zi yoki reklama agenti xodimi bozorni segmentlaydi, ya’ni demografiya sotsial holati, hayot tarzi, mahsulotdan foydalanish darajasi nuqtayi nazaridan eng aniq potensial xaridorlarni ta’riflaydi. So‘ngra bozor xarakteristikasiga to‘liq javob beruvchi va eng ko‘p potensial xaridorlarni jalb qilishni ta’minlovchi reklama vositalarini ta’minlaydi. Reklamani potensial xaridorlar ko‘p to‘plangan joyda berish lozim, nashrda chop etilishi uchun tushunarli bo‘lgan tilda yozilishi kerak. Qachon reklama qilish kerakligini hal qilishda yil fasllari, oylar, hafta, kun, soat, minutlar haqida so‘z borishi mumkin. Kommunikatsiya jarayoni. Har qanday kommunikatsiya uzatish va qabul qilish o‘rtasida yozish va tanib olish maqsadida kodlash va kodni o‘qish tizimidan foydalangan holda signallar almashinuvini ko‘zda tutadi. Quyida bu jarayonning sakkiz elementi ko‘rsatilgan: – uzatish – alohida shaxs yoki tashkilot axborot manbai; – kodlash – fikrlar, tasvirlar, rasmlar, shakllar, tovushlar, tillar va hokazolarga aylantirish jarayoni; – axborot uzatish orqali berilayotgan belgilar majmui; – uzatish kanallari signallarni uzatishdan qabul qilishgacha; – kodni o‘qish – qabul qilishning uzatishdan kelib tushgan belgilarga ma’lum ma’no berish jarayoni; – qabul qilish – mo‘ljaldagi auditoriya; – javob – qabul qilishning axborot bilan tanishgandan keyingi reaksiyalari majmui; -teskari aloqani qabul qilishdan chiqayotgan javoblarni uzatishga kelib tushadigan qismi; – kommunikatsiya maqsadlari uzatkich qaysi auditoriyalarga qarata axborot uzatishni va qanday ko‘rinishdagi javob olishni aniq bilishi kerak; Download 166.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling