Xalqaro turizm
Reklama faoliyatini boshqarishning mohiyati, ahamiyati va funksiyalari
Download 166.61 Kb.
|
Abdujalilov
Reklama faoliyatini boshqarishning mohiyati, ahamiyati va funksiyalari
Reklamaning vujudga kelishi va rivojlanishi bozorning rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, bugungi kunda jamiyatda ilg‘or o‘rinni egallaydi. U bozorni rivojlantirishning asosiy elementlaridan biri bo‘lib, iste’molchilarni tanlash ma’lumotlari bilan ta’minlaydi, ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning raqobat qilishlari uchun qulay sharoitlarni yaratadi. Marketing bo‘yicha dunyoda eng mashhur darslik muallifi F. Kotlerning fikri bo‘yicha reklama ma’lumotlarni tarqatishning pulli vositalari yordamida amalga oshiradigan kommunikatsiyaning shaxssiz shakli hisoblanadi. M.D.Valovaya reklamani ma’lumot berishning turli vositalarida pulli joylashtiriladigan e’lon deb ta’riflagan. U. Arene, K. Bove bergan ta’rifga ko‘ra reklama deganda firma yoki realizatsiya qilinayotgan tovarga haridorlarning diqqatini tortadigan har qanday tadbir yoki tadbirlar tizimini tushunish mumkin. AQShdagi mashhur firmalar uchun reklama kompaniyalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan “Malpan Eriksson Ink” reklama agentligining ta’kidlashicha, reklama – bu yaxshi so‘zlab berilgan haqiqat. Zamonaviy reklama otasi deb tan olingan Albert Lasker: “Reklama – bu bosma ko‘rinishdagi savdo”2, – deb aytadi. Bugungi kunda reklamaning mohiyati to‘g‘risida turli qarashlar mavjud bo‘lib, u tovarlarni o‘tkazishni tashkil qilish, jamiyat bilan aloqani ta’minlaydigan iqtisodiy- ijtimoiy jarayon yoki axborot jarayoni deb ta’riflanadi. Bir paytning o‘zida reklama axborot yetkazishning shaxssiz va pullik turidir. Reklamada mahsulot va xizmatlar haqida ishontirish harakteri ham mavjud. Yuqorida keltirilgan olimlarning fikrlaridan ko‘rinib turibdiki, reklama tushunchasining yagona ta’rifi yo‘q: har kim har qaysi nuqtai-nazardan yondashgan, lekin ularning hammasi reklamaning mohiyatini ochib beradi. O‘zbekistonda reklama masalalari bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar, albatta reklamaga rasmiy manbalarda unga berilgan ta’riflardan foydalanib yondashadi. Masalan, O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida reklama quyidagicha ta’riflangan: “Reklama (lot. Reklamo – qichqirmoq) – tovarlarning sifati, ularni sotib olishdan ko‘riladigan naf haqidagi axborot; bevosita yoki bilvosita foyda(daromad) olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulot to‘g‘risida tarqatiladigan maxsus axborot. Reklama marketingning tarkibiy qismi hisoblanib, talab va iste’molchilar didining shakllanishiga xizmat ko‘rsatadi. Reklama korxona imijini yaratish(qisqa davrli ta’sir ko‘rsatish), haridorlarga nima sotib olishni va uni nima uchun sotib olish zarurligini hal qilishda yordamlashishi va boshqa maqsadlarda olib boriladi”. 1998-yil dekabr oyida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasiga binoan “Reklama – bevosita yoki bilvosita foyda(daromad) olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulot to‘g‘risida tarqatiladigan maxsus axborot”. Bu qonunda ko‘rsatilganidek, reklama aniq, haqiqiy va qonunlarga zid bo‘lmasligi kerak. Shuningdek foydalanilayotgan reklama shakl va vositalari iste’molchilarga ma’naviy va moddiy zarar keltirmasligi talab etiladi. Reklamaning jamiyatda tutgan o‘rni juda katta. Bu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar, ommaviy axborot vositalarini bog‘lovchi asosiy bo‘g‘in hisoblanadi va jamiyatning rivojlanishiga muhim hissa qo‘shadi. Reklama yangi va sifati takomillashtirilgan mahsulot va xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar beribgina qolmasdan ulardan foydalanish tartib va qoidalarini jamiyat a’zolariga yetkazib beradi. Reklamaning ko‘rsatadigan ahamiyati jamiyatda unga yuklatilgan funksiyalar bilan bevosita bog‘liq. Reklamaning jamiyatda bajaradigan funksiyalari quyidagilardan iborat: – marketing funksiyasi; – kommunikativ funksiyasi; – ijtimoiy funksiyasi; – ma’rifiy funksiyasi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan haqqoniy,
Download 166.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling