XALQARO VALYUTA-KREDIT VA MOLIYA BOZORLARI
32.1. Jahon moliya bozorining mohiyati va funksiyalari
Keng ma’noda jahon moliya bozori — mamlakatlar o‘rtasida kapital resurslarini
jamlash va taqsimlashni ta’minlab beruvchi bozor munosabatlari yig‘indisi. Umuman,
bu tushuncha xalqaro moliyaviy shartnomalarning mazmunini tashkil qiluvchi
ishtirokchilar manfaatlarining o‘zaro ta’sirini anglatadi.
Tor ma’noda jahon moliya bozori — bu fond bozori, ya’ni qimmatbaho qog‘ozlar
bilan operatsiyalar amalga oshiriladigan bozordir.
Jahon moliya bozorini turli mezonlar bo‘yicha tasniflash mumkin. Jahon moliya
bozori unda amalga oshiriladigan operatsiyalar obyektiga ko‘ra quyidagi segmentlarga
ajratiladi:
• valyuta bozori;
• ssuda kapitallari bozori;
• fond va sug‘urta bozori;
• oltin bozori.
32.1.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |