Xalqaro valyuta-kredit va moliya bozorlari


Download 53.37 Kb.
bet5/18
Sana05.01.2022
Hajmi53.37 Kb.
#226407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
XVK 2

32.1.1-rasm .

Jahon moliya bozorining asosiy subyektlari

Jahon moliya bozori subyektlari operatsiyalarda ishtirok etish xarakteriga



ko‘ra bevosita va bilvosita ishtirokchilarga ajratiladi. Birja (boshqariladigan)

jahon moliya bozorlarida bevosita ishtirokchilar guruhiga o‘z hisobidan, mijozlar

hisobi va topshiriqnomalariga ko‘ra operatsiyalarni amalga oshiruvchi brokerlar,

maklerlar kiradi. Birjaning a’zosi bo‘lmagan mijozlar brokerlarga murojaat

qilishadi va ular o‘z navbatida bilvosita ishtirokchilar guruhiga kiradi. Birjadan

tashqari (boshqarilmaydigan) bozorlarda bevosita ishtirokchilar guruhiga

yirik marketmeykerlardan2 tashqari barcha ishtirokchilar bilvosita ishtirokchilar

guruhiga kiradi.

1 Offshot — kredit tashkilotlari (milliy va xorijiy) norezidentlar bilan chet el valyutasida operatsiyalarni amalga

oshiruvchi jahon moliya markazi. Ssuda kapitallarining ichki bozori rezidentlarning hisob-raqamlarini

norezidentlar hisob-raqamlaridan ajratish yo'li bilan tashqi (xalqaro) bozordan ajratib qo'y iladi hamda norezidentlarga

soliq imtiyozlari, valyuta nazoratidan ozod qilish va boshqa shu kabi imtiyozlar beriladi.

2 Doimiy ravishda valyutalarni olish va sotish kurslari kotirovkalarini ham da shu kotirovkalar bo'yicha

operatsiyalarni amalga oshiruvchi moliya tashkilotlari.

508

32-BOB. XALQARO VALYUTA-KREDIT VA MOLIYA BOZORLARI



Jahon moliya bozori ishtirokchilari ishtirok etish maqsadiga ko‘ra xedjerlar

va spekulyantlarga bo‘linadi. Spekulyantlar o‘z navbatida treyderlar va arbitrajlarga

ajratiladi. Xedjerlar — valyuta kurslarining kelgusida salbiy tomonga o‘zgarishidan

ko‘riladigan moliyaviy zararning oldini olish bilan shug‘ullanuvchi ishtirokchilardir.

Spekulyantlar — moliyaviy instrumentlarning kurslaridagi farq hisobiga

foyda olishni ko‘zlagan ishtirokchilar. Treyderlar — moliyaviy instrumentlarning

kurslari o‘zgarishidan foydalangan holda bir yoki bir nechta shartnomalar asosida

foyda olishni ko‘zlagan jahon moliya bozori ishtirokchilari. Bunday operatsiyalar

moliyaviy resursning kursi oshishi kutilayotgan sharoitda sotib olish va ko‘zlangan

nuqtada sotish, moliyaviy resursning kursi tushishi kutilayotgan sharoitda esa uni

sotish va ko‘zlangan nuqtada sotib olish kabi shartnomalar bilan amalga oshiriladi.

Treyderlar bozorning likvidligini oshiradi. Arbitrajchilar — bir vaqtning o‘zida

turli bozorlarda, turli narxlar asosida moliyaviy resursni sotib olish va sotish orqali

foyda ko‘radigan jahon moliya bozori ishtirokchilari. Arbitrajchi moliyaviy dastaklarni

yuqori narx bo‘lgan bozorda sotadi va narxi past boigan bozorda esa sotib

oladi. Narxlardagi farq esa uning foydasi hisoblanadi. Arbitrajchi o‘zining faoliyati

orqali turli moliyaviy bozorlardagi narxlar va kurslarning tenglashishiga, shu bilan

birga jahon moliya bozorining turli segmentlaridagi o‘zaro bogiiq moliyaviy dastaklarning

paritet nisbatlaridagi daromadliligini tiklashga turtki beradi.

Jahon moliya bozori investorlar turiga ko‘ra xususiy va institutsional ishtirokchilarga

ajratiladi. Xususiy investorlar — moliyaviy instrumentlar bilan operatsiyalarni

amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan iborat. Keyingi guruh investorlari

— institutsional investorlar yoki jamoaviy investitsiyalash bilan shug‘ullanuvchi

moliya institutlari guruhi hisoblanadi. Oxirgi 20 yil davomida investitsion faoliyatda

tijorat banklari, pensiya fondlari, sug‘urta, investitsion va moliya kompaniyalari,

jamg‘arma banklari, o‘zaro jamg‘arma kompaniyalari va boshqa moliya-kredit

institutlari, xalqaro moliya institutlarining roli oshib bormoqda.

Jahon moliya markazlari xalqaro moliyaviy resurslar oqimlarining bir joyga

jamlanishi va eng foydali tarmoqlarga taqsimlanishini ta’minlab beradigan markazlar

hisoblanadi. Tarixan ular milliy bozorlar, keyinchalik esa jahon valyuta, kredit,

fond, oltin bozorlari asosida tashkil topgan. Shuning uchun jahon moliya markazlari

tarkibida jahon moliya bozorining barcha segmentlari mavjud.




Download 53.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling