Xalqaro valyuta-kredit va moliya bozorlari
Jahon valyuta, kredit va moliya bozorlari: ishtirokchilari va tarkibi
Download 53.37 Kb.
|
XVK 2
Jahon valyuta, kredit va moliya bozorlari: ishtirokchilari va tarkibi
Milliy ishtirokchilar Bozorlarning tarkibi Xalqaro ishtirokchilar Korporatsiyalar Valyuta bozorlari, shu jumladan yevrovalyutalar bozori Xalqaro korporatsiyalar, TMK Banklar va maxsus moliya-kredit institutlari, shu jumladan sug'urta kompaniyalari Ssuda kapitallari bozori: Xalqaro banklar, TMB Maxsus moliya-kredit institutlari, shu jumladan sug'urta kompaniyalari a) pul bozori; b) kapitallar bozori; d) yevrobozor. Fond va tovar birjalari Moliya bozorlari Yirik fond va tovar birjalari Sug'urta bozorlari Davlat Davlat Oltin bozori Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari Manba: Международные валютно-кредитные и финансовые отношения: Учебник / Под ред. Л. Н. Красавиной. — 2-е изд., перераб. и доп. — М.: Финансы и статистика, 2002. С. 332. Jahon moliya bozorining segmentlari o‘zaro bog'liq bo‘lib, ular o'rtasida doimiy ravishda moliyaviy resurslarning oqib o'tishi sodir bo‘ladi. Jahon moliya bozorlari tashkiliy jihatdan quyidagi turlarga ajratiladi: 1. Rasmiy tashkil etilgan yopiq moliya bozorlari. Ushbu bozorlarga kirish imkoniyati cheklangan. 2. Norasmiy tashkil etilgan ochiq moliya bozorlari. Ushbu bozorlarga kirish imkoniyati cheklanmagan. 3. Birlamchi bozor. Bu bozorda yangi chiqarilgan moliyaviy aktivlar savdosi amalga oshiriladi. 4. Ikkilamchi bozor. Bu bozorda mavjud moliyaviy aktivlar savdosi amalga oshiriladi. 5. Doimiy bozor. Bu bozorlarda operatsiyalar maxsus xonalarda, uskunalarda va informatsion texnologiyalar yordamida xohlagan vaqtda amalga oshiriladi va doimiy bo‘lmagan bozorlar, masalan, kimoshdi savdolar (auksionlar) o'tkaziladi. Miqyosiga ko‘ra moliyaviy bozorlar: milliy; hududiy va jahon bozorlariga bo'linadi. 506 32-BOB. XALQARO VALYUTA-KREDIT VA MOLIYA BOZORLARI Jahon moliya bozori jahon bozorining raqobatchi subyektlari o‘rtasida tovarlar, xizmatlar va kapitallarning harakatini ta’minlab beradi. Bundan tashqari moliya bozorlari konyunkturaning holati to‘g‘risida menejerlarga zarur qarorlarni qabul qilishda yordam beruvchi turli signallarni beradi. Moliyaviy resurslar quyidagi kanallar bo‘yicha harakatlanadi: • tovarlar (maxsus tovar — oltinni ham hisobga olgan holda) va xizmatlar savdosini amalga oshirishdagi valyuta-kredit va hisob-kitob xizmatlari; • asosiy va aylanma kapitallarga xorijiy investitsiyalar; • kredit operatsiyalari; • valyuta operatsiyalari; • qimmatbaho qog‘ozlar va hosilaviy moliyaviy dastaklar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar; • rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam hamda xalqaro tashkilotlarga a’zolik badali shaklida milliy daromadning davlat byudjeti orqali qayta taqsimlanishi va boshqalar. Jahon moliya bozori turli milliy moliya bozorlari asosida yuzaga kelgan bo‘lib, ular bir-biri bilan uzviy bogiangan. Jahon moliya bozorining tarkibini o‘rganish va tahlil etish jahon moliya bozorining mohiyatini tizimli o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Jahon moliya bozorining tarkibini savdo qilinadigan moliyaviy dastaklar, boshqaruv va nazorat imkoniyatlari, moliyaviy operatsiyalar amalga oshiriladigan joy va institutsionallik kabi omillar asosida o‘rganish mumkin. Institutsional nuqtayi nazardan esa jahon moliya bozorining tarkibi unda ishtirok etish xarakteri, maqsadi va investorlarning turiga ko‘ra tahlil etiladi. Download 53.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling