Xalqaro valyuta-kredit va moliya bozorlari
Savdo qilinadigan moliyaviy dastaklarga asosan
Download 53.37 Kb.
|
XVK 2
Savdo qilinadigan moliyaviy dastaklarga asosan jahon moliya bozorining tarkibi
valyuta, kredit, investitsiyalar, sug‘urta va fond bozorlariga bo‘linadi. Ushbu segmentlarning yagona jahon moliya bozoriga birlashtirilishiga sabab ularda amalga oshiriladigan operatsiyalarning barchasi moliyaviy resurslar oqimini yuzaga keltirishi bilan bogiiq. Jahon moliya bozorining barcha segmentlari moliyaviy resurslarning erkin harakatini ta’minlab berishga xizmat qiladi. XX asr oxiri XXI asr boshlarida jahon moliya bozori jadal sur’atlarda rivojlanib, savdo operatsiyalarida turli yangi moliyaviy dastaklar paydo boidi. Ushbu moliyaviy dastaklar tarkibiga derivativlarni kiritish mumkin. Derivativlar biror-bir moliyaviy dastakning hosilaviy shakli hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, bir tomondan derivativlarning paydo boiishi valyuta va qimmatbaho qog‘ozlarning kurslari bo‘yicha yuzaga keladigan risklarning oldini olish hamda risklarni qayta taqsimlash imkoniyatini bergan boisa, boshqa tomondan derivativlar jahon moliya bozorida spekulyativ savdolar hajmining ortib ketishiga sabab boidi. Valyutalar va qimmatbaho qog‘ozlar kurslari bo‘yicha yuzaga keladigan risklarning oldini olish imkoniyatining yuzaga kelishi tovar va xizmatlar bozorining rivojlanishiga, bu esa jahon iqtisodiyotining real sektori rivojlanishiga olib keldi. Spekulyativ savdolar jahon moliya bozorlarida kunlik savdo hajmining ortib ketishi, bozorga qo‘shimcha spekulyativ resurslarning kirib kelishi, «iqtisodiyotda sovun pufagi»ning paydo boiishi va 1994, 1997-1998, 2002, 2008-yillarda xalqaro moliyaviy inqirozlarning yuzaga kelishiga sabab boidi. 2008-yilning ikkinchi yarmidan boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi bugungi kunda jahon moliya tizimini butunlay tang holatga keltirib qo‘ydi. Download 53.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling