Xamrayev shaxzod sheraliyevich


Download 84.59 Kb.
bet21/22
Sana15.06.2023
Hajmi84.59 Kb.
#1486576
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Hamroyev Shahzod B.P.

Milliy qadriyatlar - millat uchun muhim ahamiyat kasb etadigan, etnik jihat va xususiyatlar bilan bog`liq bo`lgan qadriyatlar shakllidir. Dunyoda o`ziga xos qadriyatlari bo`lmagan millat yo`q. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma`naviyati hamda madaniyati bilan uzviy bog`liq holda namoyon bo`ladi.
Milliy o`zlikni anglash aynan ma`naviy qadriyatlarni o`zlashtirish, o`z xalqining tarixi, madaniy merosini o`rganish, bugungi holati va ertangi istiqbolini aniq tasavvur etishdan boshlanadi. Aksiologiya - qadriyatlar xaqidagi fan. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo`lgan barcha narsalarga qadriyatlar deyiladi. Qadriyatlar - narsa va voqealar, jamiyat, moddiy va ma`naviy boyliklarning ahamiyatini ifodalash uchun qo`llanadigan tushuncha. Qadriyatlarni Farb mamlakatlarida "Aksiologiya" fani o`rganadi. Bu atama ilmiy bilimlar sohasiga XX asrning ikkinchi yarmida nesim aksiologi Ý. Gartman va frantsuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan.
Aksiologiyani qadriyatlar to`g`risidagi fan yoki to`g`ridan-to`g`ri "qadriyatshunoslik" deb atash ham mumkin. Har bir fanga o`z nomini bergan asosiy tushunchalar bo`lgani kabi "qadriyat" tushunchasi ham "qadriyatshunoslik" atamasi uchun shunday asos bo`la oladi. Garbda bu atama yunoncha "axio" (qadriyat) va "Logos" (fan, ta`limot) tushunchalaridan tashkil topgan. Qadriyat va qadriyatlar milliy g`oyaning muhim kategoriyalaridan biri, bo`lib, qadriyatlar axloqiy qoida va me`yorlar, ideallar va maqsadlardagi baholash mezoni va usullarini ham o`zida aks ettiradi. Ular halollik, poklik, o`zaro yordam, adolatlilik, haqiqatgo`ylik, ezgulik, tinchlik, shaxs erkinligi, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar, burch, vijdon, or-nomus, mas`uliyat kabi axloqiy tushunchalar shaklida namoyon bo`ladi. Qadriyat - o`z tabiatiga ko`ra, ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida u o`zgaradi va takomillashadi. SHuning uchun qadriyat to`g`risidagi ta`limotlar ham takomillashib, rivojlanib boradi.
Milliy-ma`naviy qadriyatlar tushunchasi - judà keng tushuncha bo`lib, uning bir qismi - ma`naviy qadriyatlardir. Milliy-ma`naviy qadriyatlar - "milliylik", "Ma`naviyat" va "qadriyat" tushunchalari kesishgan nuqtada jamlangan ijtimoiy hodisalarni o`z ichiga oladi.

Download 84.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling