Xamrayev shaxzod sheraliyevich


Download 84.59 Kb.
bet16/22
Sana15.06.2023
Hajmi84.59 Kb.
#1486576
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
Hamroyev Shahzod B.P.

O'z-o'zini hurmat qilish - bu o'z qadr-qimmatini his qilish va uni har qanday sharoitga qaramay tasdiqlash. Inson qadr-qimmati tushunchasi insonning alohida qadriyati haqida gapirib beradi.
Demak, etika boy tarixga ega maxsus falsafiy fandir. U axloq sohasidagi bilimlarni beradi, axloqiy madaniyatning asosiy me'yorlari va tamoyillarini ochib beradi, insoniy munosabatlarning axloqiy tomonlarini ochib beradi, turli hayotiy vaziyatlarda, ham shaxsiy, ham kasbiy munosabatlarda muayyan xatti-harakatlar normalarini ongli ravishda tanlashni shakllantirishga yordam beradi. vaziyatlar.
2.2 Inson, uning hayoti va erkinligi qadriyat sifatida
Qadriyatlar jamiyat taraqqiyotining, moddiy va ma'naviy boyliklar rivojining yakuni, inson kamolotining kelajak uchun ham katta ahamiyat kasb etadigan ijobiy maxsulidir. Insonning ob'ektiv olamiga nisbatan aktiv faoliyati, moddiy va ma'naviy muhit, yashash shart-sharoitlarining rivojlanishi vorislik asosida sodir bo'lib, yangi- yangi qadriyatlaming shakllanishiga, o'tmishdan meros bo'lib o'tganlari esa davr ruxi, yangi ijtimoiy extiyoj talablari asosida rivojlanishiga olib keladi. Buning natijasida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, manaviy taraqqiyotning imkoniyatlari xam kengayadi.
Jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakillangan xar qanday xodisa o'tmishda ijobiy axamiyat kasb etgani uchungina emas, balki kelajak istiqboli uchun yangi imkoniyatlar yaratib berishga qodir bo'lganligi sababli xam qadiriyat deb ataladi. Qadiriyatlar olamni bilish va uning amaliy o'zgartirishning muxim omilidir. Xar bir qadriyatning moxiyati taraqqiyot, jamiyat va ruxiy olam xodisalarini bilish, ilmiy umumlashtirish, ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyot ta’sir etish imkoniyatlari asosida belgilanadi.
Qadiryatlaming ko'pligi, mavzuni, ularni aniqlash va ularga e’tiqod qilish insoning bilish qobiliyati va amaliy imkoniyatlaritakomilashib, chukirlashib, kengayib borayotganini ifodalaydi. YAngi qadiriyatlarning yuzaga kelishi insoning ob’ektiv olam, ma’naviyatborasidagi bilimlari vorislik asosida davom etayotganining ifodasidir. Qadiryatlar inson ma’naviy kamolatining muxim omili xamdir. Xar bir millat rivojlanishdagi tarixiy voqealar, unga ijobiy xisa qo'shgan shaxslar xam milliy qadriyatlar jumlasiga kiradi. qadiryatlarda ular yuzaga kelgan davirning ruxi, imkoniyatlari, talab va extiyojlari o'zining yaqqol ifodasini topadi. Xar bir kadriyat ma’lum kankret davr, sharoit va extiyojlaming maxsuligina emas, balki uning ko'zgusi xamdir. qadriyatlarga baxo berishdan oldin ular yuzaga kelgan konkret tarixiy sharoitlar, usha davirlarga xos bo'lgan imkoniyat va extiyojlarni xam bilmoq kerak. Kechagi voqealarni bugungi talab bilan o'lchash mumkin bo'lmagani dek, xar bir qdriyatning ishtimoiy axamiyatini bilishda muayan tarixiy sharoitlami xisobga olib yondoshmoq kerak.
Qadriyatlaming shakilanishi, ularga amal qilish imkoniyatlari kishilar yashagan muxit, tabiy sharoitlar, ishonch usuli, kasb malakalari yoki turmush tarzi bilan xam bog'liqdir. Umuman olganda, qadriyatlar jamiyat tarixiy taraqiyoti jarayonida shakilangan va rivojlangan, utmishida, xozirgi kunda va kelajakda xam ijtimoiy taraqiyotiga ijobiy tasir etadigan, kishilar ongiga singib ijtimoiy axamiyat kasb etadigan modiy va manaviy boylikdir.
Qadiryatlaming ob'ektiv va sub'ektiv tomonlari mavjud. Qadriyatlar kishilaming modiy turmush darajasi, sharoiti, imkoniyatlari asosida shakilanadi va rivojlanadi. Bu qadriyatlaming obektiv zaminidir. Qadriyatlar ijtimoiy, modiy, manaviy, xodisa bo'Isa xam, ularning axamiyati va moxiyati kishitlaming ularga nisbatan bo'lgan munosabati asosida belgilanadi. Qadriyat degan tushunchani uzi xam qadr-qimmat degan manoni bildiradi. Xar bir ijtimoiy xodisaga kishilar o'z duny qarashi, taraqiyot va istiqbol muamolarining xisobga olib yondashadilar va baxo beradilar. Qadriyatlaming baxolash turli xildagi manfatlar bilan xam bog'liqdir. Muayan qadriyatlarga amal qilishiga, ulami baholashga shaxsiy, gumhiy, miliy va umuminsoniy manfatlar ham bevosita tasir etishi shubxasizdir. Bular qadriyatlarga baxo berishning subektiv omili xisoblanadi.
Qadiriyatlarga baxo berishda jamiyat azolarining umumiy manaviy kamoloti ijtimoiy, miliy ongining etugligi xam kata axamiyatga ega. Ma'naviy jixatdan etuk shaxs, jamiyat miliy va umuminsoniy qadriyatlarning mazmuni va moxiyatini tug'ri baxolash imkoniyatiga egadir. Qadriyatlar va meros tushunchalari uzaro yaqin bo'Isa xam u bir xil manoni bildirmaydi. Qadriyat va meros bir-biriga uzviy bog'liq bo'lishiga qaramay, xar qanday meros qadriyat bo'la olmaydi. Meros tushunchasining moxiyati qadriyatga nisbatan kengdir bundan tashqari, qadriyat faqat o'tmishdan qolgan merosgina emas. Xozirgi kun talablari, yangi sharoit va imkoniyatlar asosida shakilanayotgan ijtimoiy, ma'naviy siyosiy xodisalar xam qadriyat xisoblanadi. Xozir O'zbekistonda miliy istiqbol mafkurasining rivojlantirishi uchun kata ishlar olib borilmoqda. Taroqiyotning xozirgi vazifalari va milat manfatlariga mos keluvchi bunday mafkura yaratilmoqda. Bu mafkuraning yaratishda utmish merosidan unumli foydalanilsa xam u yangi davirda shakilangan qadiriyat sifatida yuzaga kelmoqda. Meros o'tgan avlodlar tamonidan yaratilgan, bizgayaa etib kelgan ijtimoiy - ma'naviy xodisalar madaniy boyliklar, urf odatlar, marosimlar, axloq normalaridir.
Meros taraqiyot uchun xam zarur omil bo'lgandagina qadriyat darajasiga kutarila oladi. Meros xozirgi kun uchun xam bo'lgan axamiyatini bilish- uni qadriyatlar jumlasiga kiritishdir. Ijtimoiy taraqqiyot-doim yangilanib, takomilashib turadigan uzluksiz jarayon ekan, buning negizida muayyan qadiryatlami baxolash mezonlari xam o'zgarib boradi. Qadriyatlarning baxolashda taraqqiyotning muayyan bosqichida maydonga chiqqan ijetimoiy kuchlaming manfatlari xam ma lum axamiyat kasb etadi.
Qadriyatlarga tor siyosiy guruxlaming manfatlari asosida yondashish ularning axamiyati va imkoniyatlarini notug'ri tushunishga olib keladi. Qadriyatlar o'zining mohiyatiga ko ra bir necha turga bo'linidai. Jumladan, inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo'q joyda biron narsaning qadr-qimmati xaqida so'zlash bema'nilikdir. SHuning uchun ham inson qadr- qimmatini e'zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini o'stirish, sog'lig'ini saqlash xayotini himoya qilish davltimiz siyosatining asosiy yo'nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro'y berayotgan tub o'zgarishlarning, islohotlarning barchasi kishilar hayoti to'q, boy, go'zal bo'lishi, inson o'zini chinakam erkin his etishi, o'z mehnati natijasining, o'z taqdirining, o'z mamlakatining egasi bo'lishini ta'minlashga qaratilgandir. Muayyan jamiyatdagi har bir millatning ongi ma'naviy qiyofasi o’shha jamiyatning tabiiy, tarixiy sharoitlariga qarab o’zgarib boradi.
Millatning ruhiy, ma'naviy qiyofasi mavjud ijtimoiy ong shakllarida o’z ifodasini topadi. Ijtimoiy ongning an'anaviy shakllari har bir millat kishilarning ruhiy, ma'naviy qiyofasi asta- sekinlik bilan o’zgarib borishiga olib keladi. Mana shu regressiv bilishi mumkin. Bunday tarzda ijtimoiy ong shakllarining o’zgarishlari o’z navbatida ko’p millatli jarayonga ham ijobiy, ham salbiy ta sir ko’rsatishi muqarrardir.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, «jamiyatni isloh qilish va yangilash bo'yicha ko'p qirrali faoliyatimiz markazida inson, suversi O'zbekistonning fuqarosi turadi. Islohotlarning mazmuni har bir fuqaro shaxs sifatida o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lishga qaratilgan. Siyosiy va ijtimoiy xayotdagi barcha o'zgarishlar ayni mana shu oliy maqsadga erishishga - har bir kishining hayotini yaxshiroq, munosibroq, ma'naviy jihatdan bayroq qilishga bo'ysundirilgan». Istiqlol tufayli jumhuriyatimizda keyingi yillarda shaxsiy haq-huquqlari, erkinliklari va qadriyatlarini muhofaza qilish masalasida juda katta ishlar amalga oshirildi. Imzosiz xatlar yozish, tuhmat uyushtirish yo'li bilan kishlarni nohaq bezovta qilish, ulaming qadr-qimmati va or-nomusiga tajovuz qilishlar mamlakatimizda qonun yo'li bilan taqiqlangan. Asosli, adolatli tanqid uchun o'ch olishga harakat qiladigan shaxslar, kimligidan qat'iy nazar, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Vazifani suiste'mol qilgan mansabdorlar g'ayriqonuniy hatti-harakatlari uchun qonun qonun oldida javob beradi. Nogironlar, ruhiy kasal kishilar, mehnat qobiliyatini yo' qotgan, boquvchisidan mahrum bo'lib qolganlar, yolg'iz ayollar, qariyalarning haq-huquqlari davlat yo'li bilan muhofaza qilinadi, ularga moddiy, ma'naviy yordam ko'rsatiladi.
Bizda odamlaming shaxsiy hayotlari, uy-joyining dahlsizligi, telefon so'zlashuvlari, yozishmalar pochta va telegraf orqali jo'natilgan narsalarning sir saqlanishi kafolatlanadi. O'zbekiston Respublikasi qonunlari fuqarolar or-nomusi, qadr- qimmatini saqlash va muhofaza etishga muhim vazifalardan biri sifatida qaraydi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasiga muvofiq fuqarolar o'z hayotlari va sog'liqlari, mulklariga va shaxsiy erkinliklariga, or-nomuslari va qadr- qimmatlariga tajovuzlardan sud orqali himoya qilish huquqiga egadirlar. Kishilaming turmush farovonligini oshirish, ularning talab-extiyojlarini qondirish, ijtimoiy sohani tez sur'atlar bilan rivojlantirish masalasida ham O'zbekistonda juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Inson farovonligini yaxshilashning eng asosiy masalalaridan biri ulami uy-joy, ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasi, radio va telefidenie bilan ta'minlashdir. O'zbekiston rahbariyati tashabbusi bilan bu borada dastlabki jiddiy qadamlar qo'yildi. Qishloq aholisiga shaxsiy xo'jaliklarini kengaytirish va uy-joy qurish uchun er va mablag'lar ajratildi. Qurilish materiallari bilan yordam berildi. Jumhuriyatimizda yaqin-yaqinlardan boshlab paxta terimiga qo'shimcha haq to'lashning joriy etilganligi paxta va boshqa qishloq xo'jaligi maxsulotlarining xarid narxini oshirish ustida ish olib borilayotganligi, boshlang'ich sinf o'quvchilariga bepul ovqat, homilador, bemor ayollarni qo'shimcha yuqori sifatli oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta'miniash yo'lga qo'yilganligi, veteranlaming nafaqasini oshirish, nogiron, yolg'iz qolgan qariyalar va uy-internatlarining sharoitlarini yaxshilash uchun qo'shimcha mablag' sarf etilayotganligi anashularning hammasi insonga bo'lgan munosabatlar yaxshilanayotganligining amaliy isbotidir. Inson ehtiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlar katta ahamiyat kasb etadi. Tabiiy qadriyatlarga er va er osti boyliklari, suv, xavo, o'rmonlar, o'simliklar, hayvonot dunyosi va boshqalar kiradi.
Markaziy Osiyo, xususan, O'zbekiston zamini hilma-xil qazilmalarga boy. Er yuzasiga yaqin yotgan qazilmalaming aksariyati ochilgan va ular xalq xo'jaligi fan va texnika taraqqiyoti uchun xizmat qilmoqda. SHu bilan birga hali ochilgan, ro'yodga chiqmagan konlar ham ko'p. Bu krlaming juda oz qismi bevosita er yuziga chiqqan bo'Isa, aksariyati er ostida yashirinib yotibdi. Iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lgan tabiiy xom ashyo buyumlari -«foydali qazilmalar» O'zbekiston Respublikasining milliy boyligi, uning asosiy qadiriyatlaridandir. O'zbekiston behisob tabiiy boyliklarga, qulay geografik muhitga ega. Tabiat tabiiy resurslar manbaidir. Tabiiy resurslar, ya'ni yonilg'i, har hil metallar, rudalar, havo, suv, o'simliklar dunyosi bo'lmasa, insoniyat yashay olmaydi.
Tabiat biz uchun moddiy ne'matlarining bosh manbai sifatida ham, sog'lik, shodlik, turmushga mexr muxabbatning va har bir kishidagi ma'naviy boyliklaming bitmas- tuganmas omili sifatida ham o'zining g'oyat zo'r ahamiyatini hech qachon yo'qotmaydi. Ona- er kishilar usun moddiy ne'matlar manbai, dastlabki mehnat vositalarining hazinasidir, insoniyat taraqqiyotining beshigidir. Erdan inson o'zi uchun zarur narsalarni undiradi. Er insonni boqadi.

Download 84.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling