«xamsat ul-mutahayyirin» tavsifi «Xamsat ul-mutahayyirin.»


Download 7.42 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi7.42 Kb.
#1561559
Bog'liq
301-g, Ergashov Kozim Xamsat ul mutaxayyirin


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti 3-kurs talabasi Ergashov Kozimning Navoiyshunoslik fanidan tayyorlagan Mustaqil ish taqdimoti
«XAMSAT UL-MUTAHAYYIRIN» tavsifi 
«Xamsat ul-mutahayyirin.» iborasi «hayratlanarli beshlik» maʼnosida. Jomiy 14-a. ning 40-y. lari oxiri va 50-y. larida Samarqandda Ulugʻbek madrasasida, soʻng boshqa madrasalarda oʻqib yurar ekan, darslarni yaxshi oʻzlashtirishda u boshliq 5 talaba «Xamsat ul-mutahayyirin ulM.» deb nom chiqargan. «Xamsat ul-mutahayyirin ulM.» deganda odatda 5 yorug yulduz (aniqrogʻi, sayyoralardan Atorud, Zuhra, Mirrix, Mushtariy, Zuhal) koʻzda tutiladi. Bunda Navoiy oʻsha iboradan foydalangan.
  • “Bismillo…” – hamd, na’t, Jomiy madhi, asarning maqsadi va rejasi.
  • “Muqaddima” – Jomiyning tug‘ilishi, nasabi, bolalik va yigitlik davri, ustozlari va piri, zohiriy va botiniy ilmda erishgan darajasi, Navoiyning bu zot bilan ilk bor uchrashgani.

“Xamsat ul-mutahayyirin”ning har bir qismi nimalardan tarkib topganini qisqacha qayd etsak, quyidagicha manzara namoyon bo‘ladi:
  • 1-maqolatda Navoiy shaxsan oʻzi bilan Jomiy orasida yuz bergan voqea va hodisalar, noyob ijodiy suhbat va uchrashuvlar haqida 16 hikoya keltirgan. Ularning har birida Jomiyning yuksak aqlzakovati, oʻz yaqinlari va shogirdlariga samimiyligi, shu bilan birga, talabchan boʻlgani, hozirjavobligi, hazilmutoyibaga moyilligi, koʻp masalalarda Navoiy bilan hamfikr boʻlgani yaqqol koʻzga tashlanadi.
  • 2-maqolatda Navoiy va Jomiyning oʻzaro yozishmalariga izoxdar berilgan. Bu ikki ulugʻ shaxs bevosita muloqot imkoniyati yoʻq vaqtlarda birbirlariga uzluksiz xat yozib, holahvol soʻrashib turishgan. Ular oʻz maktublarida baʼzan oʻz davrining muhim ijtimoiysiyosiy muammolari yuzasidan ham fikr almashishgan. Jomiyning 1472-y. haj safariga chiqib, Iroqning Dajla daryosi boʻyidan Navoiyga Vatanini sogʻinib yoʻllagan xatidagi gʻazalida shunday bir bayt bor

  • Bar kanori Dajla dur az yoru mahjur az diyor, Doram az ashki shafaqgun Dajlai xun bar kanor.

3- maqolatda Jomiy yozgan va turli adabiy janrlarga oid 40 asarning roʻyxati, bu asarlarning bir qanchalarining yuzaga kelishida Navoiy sababchi boʻlgani aniq misollar bilan izoxlab berilgan.
“Xotima” – Navoiy Jomiy huzurida o‘qigan va ta’lim olgan kitob va risolalar ro‘yxati, Jomiyning karomatlari bilan bog‘liq 5 hikoyat, Jomiy vafotining tafsilotlari, Navoiyning ustoziga atab yozgan marsiyasi.
“Xamsat ul-mutahayyirin” – Unda diniy-tasavvufiy jihatdan komil shaxs madh etiladi. Navoiy bu asarda Jomiyni faqat ustozi bo‘lgani uchungina emas, balki komillikka yetgan tasavvuf vakili va o‘zining piri bo‘lgani uchun ta’rifu tavsif etadi. Ana shu jihati bilan asar − mumtoz adabiyotimizdagi
Manoqib janriga mansub. Biroq “Xamsat ul-mutahayyirin” an’anaviy manoqiblardan ham birmuncha farq qiladi. An’anaviy manoqiblarda ham, agiografik asarlarningYevropadagi namunalarida ham madh etilayotgan diniy yoki mistik (tasavvufiy) jihatdan komil deb hisoblangan asar qahramonining ibratli hayot yo‘li, karomatlari, falsafiy xulosalari batafsil hikoya qilinadi.
“Xamsat ul-mutahayyirin” da Navoiy Jomiyning butun hayotini to‘liq emas, balki uning o‘zi ko‘rgan-bilgan jihatlarinigina yoritishni asosiy maqsad qiladi. Ikkinchidan, faqat o‘zi ishongan, guvoh bo‘lgan voqealarnigina bayon etadi. Uchinchidan esa asarda qahramonning emas, balki muallifning unga bo‘lgan munosabati, fikr-mulohazalari birlamchilik qiladi. Navoiy ustozi siymosi, ya’ni ob’ektni har taraflama emas, balki, asosan, o‘zi yaxshi bilgan jihatdan, sub’ekt nuqtai nazaridan turib tasvirlaydi. Shuning uchun hamNavoiy manoqib-holotlar an’analari negizida yangi bir janrni yaratgan, deb hisoblash mumkin.
Alisher Navoiyning “Xamsat ul-mutahayyirin”, “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad” asarlari uchchalasi ham bir tipdagi asarlar hisoblanadi. Bu uch asarni bugungi kundagi janrlar bilan muqoyasa qiladigan bo‘lsak, ular badiiy publitsistikaning portret ocherk hamda tarixiy-biografik essega juda yaqin turadi. Garchi esse dastlab Yevropa adabiyotida shakllanib, takomillashgan bo‘lsa-da, Navoiyning bu uch asariniesse janrining o‘zbek adabiyotidagi dastlabki namunalari, deb ayta olamiz.
Navoiyning bu uch asari tom ma’nodagi badiiy nasr namunasi emas. Real tarixiy shaxslar va voqealarni ifoda etgani, shuningdek, timsoliylik(obrazlilik)ni saqlab qolgani bilan, baribir, bugungi tushunchalar asosida ularni publitsistikaga mansub asarlar, deya olamiz.
Download 7.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling