Xamsat ul mutahayyirin
Download 191 Kb.
|
navoiyshuns shpagalka
Soqiynoma---Xazoyin ul-maoniyda katta hajmli she'rlardan soqiynoma ham uchraydi. Ma'lumki, soqiynoma soqiy (may quyuvchi)ga murojaat tarzida yozilgan, masnaviy shaklida qofiyalanadigan katta hajmli she'r bolib, bir necha bandni oz ichiga oladi. Xazoyin ul-maoniy kulliyotida bitta soqiynoma mavjud bolib, Favoyid ul-kibar devoni tarkibiga kiritilgan. Alisher Navoiy soqiynomasi turli hajmdagi 32 qism(band)dan iborat. Jami 458 baytni oz ichiga oladi.
Qita---Xazoyin ul-maoniy kulliyotida qit'a janri ham yetakchi orinni egallaydi. Qit'a (ar. parcha, bolak, qism) 2 baytdan bir necha baytgacha hajmda bolgan, faqat juft misralari qofiyalanadigan (ba , da, ea ) baytli she'r shakli hisoblanadi. Turkiy adabiyotda qit'aning ilk namunalari Nosiruddin Rabguziyning Qisasi Rabguziy asarida uchraydi. Qit'a, asosan, falsafiy, ijtimoiy va axloq-odob bilan bogliq mavzularda yaratilgan. Shuningdek, qit'a nasriy asarlarda ma'lum bir masala haqidagi fikr-mulohazalarga yakun sifatida qissadan hissa tarzida keltirilgan. Adabiyotshunoslikda turkiy adabiyotdagi ilk qit'a Xorazmiy Muhabbatnomasida uchraydi degan qarash bor. Qisasi Rabguziydagi she'riy parchalarning janr xususiyatlarini organish natijalari asarda qit'a janriga mos keluvchi she'rlar mavjudligini korsatdi. Ruboiy---Xazoyin ul-maoniyda ruboiy janrining ham oziga xos orni bor. Ruboiy (ar. tortlik) ikki baytdan iborat mustaqil she'r bolib, dastlab fors-tojik she'riyatida, Abu Abdulloh Rudakiy ijodida paydo bolgan. Turkiy adabiyotda ruboiy janrining dastlabki namunalari Hofiz Xorazmiy devonida uchraydi. Uning jami 12 ta ruboiysi mavjud. Ruboiyning 2 xil turi bor: xosiy ruboiy yoki ruboiyi xosa (qofiyalanishi: a-a, b-a): taronayi ruboiy yoki ruboiya (qofiyalanishi: a-a, a-a): Muammo (ar. kor qilingan, berkitilgan) bir, ba'zan esa ikki baytdan iborat mustaqil she'r bolib, a-a yoki a-b tarzida qofiyalanadi. Muammoda biror ism yoki narsa-buyum nomi berkitiladi. Berkitilgan soz shoirning turli-tuman ishoralari: ma'nodosh yoki shakldosh sozlarni topish, bir tildagi sozning ikkinchi bir tildagi muodili (ekvivalenti)ni qollash, sozlardagi ma'lum bir harflarni tizib, yangi soz yasash, ba'zan esa abjad hisobini ishlatib, raqamlar asosida soz tuzish va boshqalar asosida topiladi. Muammoni yechish uchun dastavval asosiy e'tiborni matnda ishora qilingan kalit sozga qaratish lozim boladi. Turkiy adabiyotda muammo janri Alisher Navoiy ijodidan boshlangan. Uning Xazoyin ul-maoniy kulliyotida 52 ta muammo mavjud bolib, ularning barchasi kulliyotdagi ikkinchi devon Navodir ush-shabobga kiritilgan Download 191 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling